Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-112-son)
02.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning musiqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga boʻlgan muhabbatni shakllantirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:
a) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:
oʻquvchilarga mazkur qarorga 1-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy ijro etish koʻnikmalari oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;
musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir oʻquv soati hamda unga qoʻshimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish amaliy toʻgaraklari va fakultativ darslari oʻtkaziladi;
mazkur qarorga 1-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan milliy cholgʻulardan kamida bittasida, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega boʻlish musiqa fani oʻqituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;
musiqa fani uchun ajratilgan oʻquv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida cholgʻu ijrochiligi dars mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi;
notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan taʼminlash umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tizimiga kiritiladi;
oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga koʻra milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy sanʼat, hunarmandchilik yoʻnalishlarida amaliy toʻgaraklar (keyingi oʻrinlarda — amaliy toʻgaraklar) tashkil etiladi;
amaliy toʻgaraklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qoʻllaniladi;
amaliy toʻgaraklarni olib borish hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda toʻgarak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;
musiqa sanʼati boʻyicha professional taʼlim hamda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholgʻularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan boʻsh vaqtida u yerdagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda oʻrindoshlik asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari musiqa fani oʻqituvchisi va musiqa yoʻnalishidagi toʻgarak rahbari lavozimiga toʻliq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
musiqa fani oʻqituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etishga oʻrgatish xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashgʻulot olib borish uchun madaniyat va sanʼat sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi;
b) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida:
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;
lektoriy konsertlari taʼlim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda oʻquvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻladi;
lektoriy konsertlarining oʻtkazilganligi haqida tegishli taʼlim, madaniyat muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa masʼul tashkilot rahbari va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi;
lektoriy konsertlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida) va budjetdan tashqari mablagʻlar (oliy taʼlim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi;
Madaniyat vazirligi hayʼati qarori bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida madaniyat va sanʼat sohasidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning “mahorat maktablari” tashkil etiladi;
“mahorat maktablari” rahbari boʻlgan ijodkorlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirib boriladi;
v) umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlari:
2022 — 2024-yillarda mazkur qarorga 1a-ilovada belgilangan reja-jadvalga muvofiq 3 tadan milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari bilan taʼminlanadi;
milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va tegishli mahalliy budjetlardan teng ulushlarda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tegishli davlat muassasalariga yetkazib beriladi, bunda xarid komissiyasining tarkibiga milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro eta oluvchi yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi, cholgʻular ular tomonidan sinab koʻriladi;
g) har yili:
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida mazkur qarorga 2-ilovadagi roʻyxat boʻyicha “taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika” kesimida madaniyat va sanʼat sohasidagi respublika koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi;
respublika koʻrik tanlovlarining “taʼlim muassasasi” bosqichida tegishli taʼlim muassasasi joylashgan mahalladagi yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash yoshlar yetakchilari va madaniyat markazlari zimmasiga yuklanadi.
2. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Xalq taʼlimi vazirligi (B.O. Saidov) 2022-yil 1-iyunga qadar:
har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida direktor buyrugʻi bilan amaliy toʻgaraklar tashkil etilishini, bu haqida oʻqituvchi va oʻquvchilarning xabardor qilinishini taʼminlasin;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida musiqa fani oʻqituvchilariga boʻlgan talab va kelgusidagi ehtiyojni muntazam ravishda tahlil qilib borsin, zaruratga koʻra, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda musiqa fani oʻqituvchilarini tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga buyurtmalar berib borsin;
b) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ikki oy muddatda:
musiqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan lektoriy konsertlarining badiiy dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N. Sattarov) bilan birgalikda musiqa cholgʻularini ishlab chiqaruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda mazkur qarorga 1-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan milliy musiqa cholgʻularini ishlab chiqarish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasin.
21. Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarining:
direktori, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlarining ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab 10 foizga oshirilsin;
2025-yil 1-fevraldan boshlab kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha belgilangan har oylik xarajatlar limiti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar:
a) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Bunda mazkur mablagʻlar bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, barcha toifadagi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirib borish, oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni respublika hamda xalqaro tanlovlar, festivallar, ijodiy mashgʻulotlarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin;
b) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan kommunal toʻlovlar boʻyicha har oylik limitni tasdiqlasin.
Belgilansinki:
mazkur bandning ijrosi uchun talab etiladigan xarajatlar Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha belgilangan limitdan ortiq sarflangan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar ota-onalar badali toʻlovlari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Quyidagilardan iborat 2022-yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda — 2022-yil uchun kalendar reja) tasdiqlansin:
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosidagi festivallarni oʻtkazish reja-jadvali 3a-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvali 3b-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalar tomonidan uning hududiy boʻlimlari bilan birga konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvali 3v-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Oʻzbekiston milliy va davlat simfonik orkestrlari, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi ijodiy (badiiy) jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3g-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish reja-jadvali 3d-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri va Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining Toshkent shahrida yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3e-ilovaga muvofiq;
2022-yilda respublika miqyosida kasb bayramlarini nishonlash munosabati bilan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari roʻyxati 3j-ilovaga muvofiq;
2022-yilda hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan oʻzarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 3z-ilovaga muvofiq.
4. 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
2022-yil 1-iyunga qadar “Madaniyat karvoni” uchun moʻljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilsin;
vazirlik tizimidagi konsert-tomosha muassasalari, sirk va teatr xodimlari orasidan “Madaniyat karvoni” tarkibiga kiritiladigan ijodkorlar (doimiy aʼzolar va muayyan tadbirlarda ishtirok etuvchilar) roʻyxatini shakllantirsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarni oʻtkazish joyi, vaqti, ishtirok etadigan ijodkorlar haqida ommaviy axborot vositalari va axborot tarqatishning boshqa manbalari orqali, shu jumladan tadbir oʻtkaziladigan hududlar aholisini kamida ikki oy oldin xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻysin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
bir oy muddatda oʻz hududlarida 2022-yilda oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini tasdiqlasin;
2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal qilsin;
oʻzarolik tamoyili asosida oʻz hududida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalari jamoalarining boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “madaniyat kunlari” tadbirlarining samarali tashkil etilishini taʼminlasin;
v) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov) 2022-yil uchun kalendar rejaga kiritilgan tadbirlarni mahalliy va xorijiy turistlar orasida keng targʻib qilish choralarini koʻrsin, turistlar oqimining oʻzgarishini inobatga olib kalendar rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni doimiy ravishda Madaniyat vazirligiga taqdim etib borsin;
g) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Madaniyat karvoni” uchun moʻljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish uchun Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan qoʻshimcha 20 mlrd soʻm ajratilishini taʼminlasin.
5. Barcha davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan tashqari mablagʻlari hamda kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etsin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), xoʻjalik jamiyatlari muassisi boʻlgan boshqa davlat organlari bir oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining boshqaruv organlari yigʻilishlarida ushbu tashkilotlar buyurtmasi asosida xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish vazifasini biznes-rejaga kiritish boʻyicha tashabbus bilan chiqsin.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda har oyning 25-sanasiga qadar barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari, muassasalari, korxonalari va xoʻjalik jamiyatlariga ular joylashgan hududda kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari haqida maʼlumot berib borsin.
6. Belgilansinki, 2022-yildan boshlab madaniyat va sanʼat sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi qoʻshimcha choralari joriy etiladi:
a) Madaniyat vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida har yili quyidagilar uchun davlat buyurtmalari beriladi:
teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga;
kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asarlari, shu jumladan, opera, simfoniya, oratoriya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar, xususan, estrada boʻyicha asarlar yaratishga;
kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun moʻljallangan audiovizual asarlar yaratishga (keng ommalashgan 20 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat vazirligi hayʼatining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi);
kamida 150 ta eng yaxshi milliy qoʻshiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga;
atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega sanʼat va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishga (bir yillik reja-jadval hamda Madaniyat vazirligi bilan tuziladigan fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida);
taʼlim muassasalari (tanaffus paytida), aeroport, temir yoʻl va avtovokzallar, savdo-koʻngilochar majmualar, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlarning lokal tarmoqlari orqali eshittiriladigan va tashrif buyuruvchilarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladigan milliy kuylardan iborat musiqiy albomlarni tayyorlash va ommalashtirish ishlariga (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda);
b) aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalar tashkil etilib, ular orqali Jamgʻarma mablagʻlari hamda sahifalarni yuritishdan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan oʻzbek xalqi milliy madaniyatini targʻib etuvchi quyidagi tanlovlar joriy etiladi:
musiqa cholgʻularida (milliy, opera, simfoniya, oratoriya, estrada, boshqa mumtoz va zamonaviy janrlarda) bajarilgan eng yaxshi 100 ta ijro;
eng yaxshi 100 ta milliy qoʻshiq;
eng yaxshi 100 ta milliy musiqiy klip;
karaoke yordamida qoʻshiq ijro qilishga moʻljallangan, eng yaxshi 100 ta musiqiy kompozitsiya (qoʻshiq matni bilan);
davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi 50 ta spektakl.
Bunda, har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar yil davomida joylashtirilgan va har yili 15-dekabr holatiga foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp koʻrilgan ijrolar orasidan aniqlanadi hamda Madaniyat vazirligi hayʼatining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
v) yuridik shaxslarning foyda soligʻi hamda aylanmadan soliqni hisoblashda soliq solinadigan baza ushbu tashkilot xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish, shu jumladan ushbu tadbirlarga kirish uchun biletlar xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi, bunda mazkur chegiriladigan mablagʻlar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;
g) milliy musiqa cholgʻu asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi;
d) Madaniyat vazirligiga oʻz tizimidagi barcha tashkilotlar uchun budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash nisbatini (moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga) mustaqil belgilash huquqi beriladi.
7. Mazkur qarorning 6-bandida belgilangan madaniyat va sanʼat sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha choralarini oʻz vaqtida va toʻliq joriy etish maqsadida:
a) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
yuksak badiiy saviyadagi audiovizual asarlarga davlat buyurtmalarini joylashtirishda ularning milliy adabiyot va sheʼriyatimizning nodir durdonalari asosida yaratilishi, isteʼdodli ijodkorlar tomonidan mahorat bilan badiiy oʻqish, monolog va boshqa shakllarda, shuningdek xorijiy tillarda ijro qilinishiga, alohida eʼtibor qaratsin;
bir oy muddatda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalarni tashkil etsin, ularni doimiy ravishda keng jamoatchilik orasida ommalashtirish choralarini koʻrsin, sahifalarni tashkil etishda mualliflik huquqlariga rioya qilinishini qatʼiy nazorat qilsin;
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda tegishli soliq imtiyozlarini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga asosan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
a) Jamgʻarma mablagʻlari respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar foydasining muassisga yoʻnaltiriladigan qismi hamda qonunchilikda belgilangan yoki taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
b) quyidagi tadbirlar Jamgʻarmaga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi:
“mahorat maktablari” rahbari boʻlgan ijodkorlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish;
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi asosida “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi, davlat teatrlari, Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri va Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri tomonidan konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish;
“Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida Madaniyat vazirligi tomonidan beriladigan davlat buyurtmalarini moliyalashtirish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” nomli sahifalar orqali tashkil etiladigan tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash;
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining reklamasini tashkil qilish, telekanallardan efir vaqtini sotib olish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
ushbu qarorda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga 2022-yilda jami 50 mlrd soʻm, shundan, 25 mlrd soʻmni 2022-yil 1-martga qadar, qolgan 25 mlrd soʻmni ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishiga qarab, Madaniyat vazirligining soʻroviga asosan ajratsin;
ushbu qaror bilan Madaniyat vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarmaga 50 mlrd soʻm ajratilishini nazarda tutsin.
10. Madaniyat va sanʼat sohasidagi ijodkorlarni har yili bir marotaba taqdirlash maqsadida Madaniyat va sanʼat milliy mukofoti taʼsis etilsin.
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Madaniyat va sanʼat milliy mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.
12. Hududiy madaniyat organlari tuzilmasidagi namunaviy maqom ansambllari negizida amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining hududiy boʻlimlari tashkil etilsin.
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va maʼrifat” telekanali Madaniyat vazirligining Bosh axborot hamkori etib belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Madaniyat vazirligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallar “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida tomoshabinlar uchun qulay boʻlgan vaqtlarda bepul efirga uzatiladi;
respublika telekanallaridan tomoshabinlar uchun qulay boʻlgan efir vaqtlari Madaniyat vazirligi tomonidan sotib olinadi va ushbu vaqtda vazirlik taqdim etgan materiallar efirga uzatiladi;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarda har haftada aniq bir vaqtda Madaniyat vazirligi uchun efir vaqti ajratiladi;
telekanallar faoliyatiga taalluqli tegishli litsenziya talablari va shartlariga milliy madaniyatimiz durdonalarini, shu jumladan milliy cholgʻularda asarlar ijro etilishini efirga berish talablari kiritiladi.
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) bir oy muddatda telekanallar faoliyatini litsenziyalash boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat teatrlari va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini avtobus va yuk transport vositalari bilan taʼminlash rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarini maxsus avtotransport vositasi bilan taʼminlash rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu bandda tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” va rejalarda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
15. Moliya vazirligi 2022-yil olti oylik yakuni boʻyicha Davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin, 2023-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
16. Muassasa va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha oʻzlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yoki taʼminlash maqsadida xorijdan import qilib olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan musiqa cholgʻulari, ovoz kuchaytirgich moslamalar, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus libos va oyoq kiyimlar, “Madaniyat karvoni” uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositalari, ularga oʻrnatiladigan musiqa texnikasi va sahnalar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Madaniyat vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
20. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari A.A. Joʻraboyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-fevral,
PQ-112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 1-ILOVA
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari taʼminlanishi lozim boʻlgan milliy musiqa cholgʻulari
ROʻYXATI
1. Dutor
2. Doʻmbira
3. Doira
4. Tanbur
5. Rubob
6. Gʻijjak
7. Nay
Izoh:
Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining takliflari asosida ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ushbu roʻyxatda keltirilmagan boshqa musiqa cholgʻularida kuy ijro etish koʻnikmalari oʻrgatilishi ham tashkil etilishi mumkin.
Oʻquvchining qoʻshimcha oʻrgangan, shu jumladan ushbu roʻyxatda keltirilmagan musiqa cholgʻularida kuy ijro etish koʻnikmasiga egaligi haqida ham uning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga tegishli qoʻshimcha qayd kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 1a-ILOVA
Umumtaʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlarini milliy cholgʻu asboblari bilan taʼminlash
REJA-JADVALI*
T/r Hududlar nomi Jami xarid qilinadigan cholgʻu asboblari soni** Umumtaʼlim maktablari uchun Bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun Madaniyat markazlari uchun Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 33 837 30 390 10 130 10 130 10 130 969 323 323 323 2 478 826 826 826 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 421 2 178 726 726 726 69 23 23 23 174 58 58 58 2. Andijon viloyati 2 601 2 301 767 767 767 87 29 29 29 213 71 71 71 3. Buxoro viloyati 1 812 1 611 537 537 537 54 18 18 18 147 49 49 49 4. Jizzax viloyati 1 815 1 659 553 553 553 45 15 15 15 111 37 37 37 5. Qashqadaryo viloyati 3 906 3 651 1 217 1 217 1 217 75 25 25 25 180 60 60 60 6. Navoiy viloyati 1 239 1 104 368 368 368 39 13 13 13 96 32 32 32 7. Namangan viloyati 2 442 2 136 712 712 712 66 22 22 22 240 80 80 80 8. Samarqand viloyati 4 131 3 801 1 267 1 267 1 267 96 32 32 32 234 78 78 78 9. Surxondaryo viloyati 3 081 2 799 933 933 933 60 20 20 20 222 74 74 74 10. Sirdaryo viloyati 1 098 954 318 318 318 45 15 15 15 99 33 33 33 11. Toshkent viloyati 2 964 2 652 884 884 884 99 33 33 33 213 71 71 71 12. Fargʻona viloyati 3 216 2 877 959 959 959 90 30 30 30 249 83 83 83 13. Xorazm viloyati 1 899 1 647 549 549 549 54 18 18 18 198 66 66 66 14. Toshkent shahri 1 212 1 020 340 340 340 90 30 30 30 102 34 34 34
* Har bir muassasa 3 yil davomida har yili bir toʻplamdan cholgʻular bilan taʼminlanadi.
** Har bir muassasada mavjud cholgʻular xatlovdan oʻtkaziladi, xatlov natijasiga koʻra mazkur rejada belgilangan cholgʻular soni oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan madaniyat va sanʼat sohasidagi respublika koʻrik-tanlovlari
ROʻYXATI
T/r Koʻrik-tanlov nomi Taʼlim muassasasi bosqichi Tuman (shahar) bosqichi Viloyat (Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahar) bosqichi Respublika bosqichi Oʻtkazish uchun masʼul vazirlik va idoralar 1. “Sanʼatim senga, obod yurtim!” ijodiy koʻrik-tanlovi mart mart aprel may Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi 2. “Yoshlar ovozi” tanlovi mart aprel may iyun Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 3. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivali mart aprel may iyul Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi 4. “Ranglar jilosida — ona diyor” rasmlar tanlovi aprel may iyul avgust Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi 5. “Yosh havaskorlar” amaliy sanʼat koʻrik-tanlovi sentabr sentabr oktabr noyabr Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi 6. Yosh maqomchilar tanlovi sentabr sentabr oktabr noyabr Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 7. “Xalq cholgʻulari ijrochilari” koʻrik-tanlovi sentabr oktabr noyabr dekabr Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 8. Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari koʻrik-tanlovi sentabr oktabr noyabr dekabr Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 9. Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilar tanlovi sentabr oktabr noyabr dekabr Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 10. Bolalar va yoshlar teatr jamoalari tanlovi sentabr oktabr noyabr dekabr Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 11. “Yosh ijrochilar” tanlovi dekabr yanvar fevral mart Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
Izoh:
Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi barcha tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, barcha shaharlar va tumanlar hokimliklari tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirlarni taʼlim muassasasi, tuman (shahar), viloyat (Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahar) bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etadi.
Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlanishini hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tez tibbiy xizmat koʻrsatishni bepul tashkil qiladi, shuningdek, sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qiladi.
Koʻrik-tanlovlar masʼul vazirlik va idoralarning qarori bilan boshqa muddatlarda oʻtkazilishi mumkin.
Vazirlik va idoralar tegishli hujjatlarga muvofiq ushbu roʻyxatda keltirilmagan boshqa koʻrik-tanlov va tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3a-ILOVA
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosidagi festivallarni oʻtkazish
REJA-JADVALI
T/r Tadbir nomi Tadbir oʻtkaziladigan joyi va vaqti* Tadbirni moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar 2022-yilda xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan tadbirlar 1. Respublika qoʻgʻirchoq teatrlarining anʼanaviy XIII koʻrik festivali Toshkent shahri, iyun Respublika budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 2. “Kelajak bolalari” folklor festivali Guliston shahri, mart Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev) 3. Milliy cholgʻu asboblari hunarmandchilik festivali Guliston shahri, may-iyun Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev) 4. “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali Toshkent shahri, aprel Respublika budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 5. “Lazgi” xalqaro raqs festivali Xorazm viloyati, may Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 6. “Boysun bahori” ochiq folklor festivali Surxondaryo viloyati, may Mahalliy budjet mablagʻlari Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 7. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali Buxoro viloyati, may Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 8. “Gullar bayrami” xalqaro gullar festivali Namangan viloyati, may Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi (Abdurazakov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 9. Anʼanaviy xalqaro etnofestival Toshkent viloyati, iyun Mahalliy budjet mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 10. “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali Samarqand viloyati, sentabr Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov) 11. II Xalqaro hunarmandchilik festivali Fargʻona viloyati, oktabr Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov) 12. II Xalqaro maqom sanʼati anjumani Buxoro viloyati, oktabr Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov) 13. “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivali Toshkent shahri, oktabr Respublika budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 2022-yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlar 14. “Vodiy folk” respublika festivali Namangan viloyati, iyun Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar K?ngashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 15. “Debyut — 2022” respublika koʻrik-festivali Toshkent shahri, sentabr Respublika budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 16. Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika festivali Surxondaryo viloyati, oktabr Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov) 2022-yilda tayyorgarlik ishlari boshlanib, 2023-yilda xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan tadbirlar 17. “Bahor nafasi” xalqaro sanʼat festivali Toshkent viloyati, may Respublika budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 18. “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali Andijon viloyati, aprel Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Andijon viloyati (Abduraxmanov) 19. “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro musiqa folklor festivali Fargʻona viloyati, may Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov) 20. “Nurli navolar” xalqaro folklor festivali Navoiy viloyati, iyun Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov) 21. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Sirdaryo viloyati, sentabr Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev) 22. Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali Toshkent shahri, noyabr Respublika budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 23. “Xalqaro sirk sanʼati” festivali Toshkent shahri, noyabr Respublika budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 2022-yilda tayyorgarlik ishlari boshlanib, 2023-yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlar 24. “Maydon tomoshalari” respublika festivali Jizzax viloyati, aprel Mahalliy budjet mablagʻlari, homiyliklar mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 25. “Kelajak” bolalar folklor jamoalari festivali Andijon viloyati, fevral Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmanov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)
Izoh: tadbirlarning oʻtkazish muddatlariga Vazirlar Mahkamasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3b-ILOVA
2022-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish
REJA-JADVALI
T/r Hududlar nomi Oʻtkazish muddati Masʼullar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iyun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi (Sariyev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 2. Xorazm viloyati iyun Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 3. Buxoro viloyati iyul Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 4. Navoiy viloyati avgust Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 5. Surxondaryo viloyati avgust Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 6. Qashqadaryo viloyati sentabr Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 7. Samarqand viloyati sentabr Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 8. Jizzax viloyati sentabr Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 9. Sirdaryo viloyati sentabr Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 10. Toshkent viloyati oktabr Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 11. Fargʻona viloyati oktabr Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 12. Andijon viloyati oktabr Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 13. Namangan viloyati noyabr Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzakov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3v-ILOVA
2022-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalar tomonidan uning hududiy boʻlimlari bilan birga konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish
REJA-JADVALI
T/r Ijodiy jamoalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Surxondaryo viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati 1. “Soʻgʻdiyona” Oʻzbek davlat xalq cholgʻulari kamer orkestri 2022-yil oktabr 2022-yil aprel 2022-yil avgust 2022-yil aprel 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2. B. Zokirov milliy estrada simfonik orkestri 2022-yil may 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2022-yil aprel 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 3. Davlat akademik xalq cholgʻulari orkestri 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil iyul 4. “Oʻzbekiston” ashula va raqs ansambli 2022-yil sentabr 2022-yil aprel 2022-yil aprel 2022-yil oktabr 2022-yil mart 2022-yil aprel 5. “Navbahor” ashula va raqs ansambli 2022-yil oktabr 2022-yil sentabr 2022-yil oktabr 2022-yil fevral 2022-yil oktabr 2022-yil mart 6. “Lazgi” ashula va raqs ansambli 2022-yil sentabr 2022-yil oktabr 2022-yil oktabr 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2022-yil sentabr 7. “Navroʻz” ashula va raqs ansambli 2022-yil noyabr 2022-yil aprel 2022-yil aprel 2022-yil iyun 2022-yil iyul 2022-yil iyun
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3g-ILOVA
2022-yilda Oʻzbekiston milliy va davlat simfonik orkestrlari, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi ijodiy (badiiy) jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish
REJA-JADVALI
T/r Ijodiy jamoalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Surxondaryo viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati 1. Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri may iyun aprel sentabr aprel may may 2. Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri iyun oktabr avgust avgust avgust oktabr 3. Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli may oktabr avgust iyun avgust oktabr may 4. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi mart may aprel iyun sentabr aprel may oktabr sentabr iyun oktabr may mart
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3d-ILOVA
2022-yilda Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish
REJA-JADVALI
T/r Teatr nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Surxondaryo viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahri 1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aprel oktabr oktabr aprel 2. Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston musiqali teatri may sentabr may sentabr 3. Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri may may oktabr may 4. Oʻzbekiston davlat drama teatri sentabr aprel aprel sentabr 5. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri oktabr aprel aprel oktabr 6. Oʻzbekiston davlat satira teatri sentabr may sentabr may 7. Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri may aprel aprel oktabr may 8. Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri oktabr oktabr may oktabr 9. Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri sentabr may may sentabr 10. “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi iyun aprel iyun iyun 11. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sentabr sentabr may may 12. Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri iyun iyun sentabr sentabr 13. Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri sentabr oktabr sentabr oktabr 14. Andijon viloyati musiqali drama teatri may may iyun iyun 15. Andijon viloyati yoshlar teatri iyun oktabr oktabr iyun 16. Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri iyun oktabr iyun oktabr 17. Buxoro viloyati musiqali drama teatri aprel aprel aprel aprel aprel 18. Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri aprel sentabr aprel sentabr 19. Jizzax viloyati musiqali drama teatri may iyun iyun iyun may 20. Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri may may iyun may iyun 21. Namangan viloyati musiqali drama teatri oktabr iyun oktabr iyun 22. Samarqand viloyati musiqali drama teatri oktabr iyun iyun oktabr iyun 23. Samarqand viloyati rus drama teatri iyun mart iyun mart 24. Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri oktabr sentabr aprel oktabr 25. Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri aprel aprel may aprel 26. Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri iyun sentabr iyun sentabr iyun 27. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri may may oktabr may oktabr 28. Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri aprel may may aprel 29. Fargʻona viloyati musiqali drama teatri sentabr aprel aprel sentabr aprel 30. Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri oktabr may oktabr may 31. Fargʻona viloyati rus drama teatri aprel iyun iyun oktabr aprel oktabr 32. Margʻilon shahar musiqali maqom teatri aprel sentabr aprel sentabr 33. Qoʻqon shahar musiqali drama teatri may may sentabr sentabr 34. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri oktabr iyun iyun oktabr oktabr 35. Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri sentabr sentabr may may 36. Xorazm viloyati musiqali drama teatri aprel aprel sentabr sentabr sentabr 37. Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri sentabr aprel aprel sentabr
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3e-ILOVA
2022-yilda Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri va Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining Toshkent shahrida yirik konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish
REJA-JADVALI
T/r Tadbir oʻtkaziladigan joy Tadbirni oʻtkazish sanasi Masʼullar Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri davlat muassasasi 1. “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi mart Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 2. “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi iyun Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 3. “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” majmuasi sentabr Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi huzuridagi Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri 4. “Humo arena” muz saroyi aprel Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 5. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldi maydoni iyun Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 6. “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi oktabr Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 7. “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi dekabr Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan majmualar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3j-ILOVA
2022-yilda respublika miqyosida kasb bayramlarini nishonlash munosabati bilan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari
ROʻYXATI
T/r Soha vakillari Xodimlar kuni Tadbir buyurtmachilari 1. Mahalla tizimi xodimlari kuni 22-mart Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 2. Geologiya sohasi xodimlari kuni Aprel oyining birinchi yakshanbasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 3. Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni 15-aprel Madaniyat vazirligi 4. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni 18-aprel Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 5. Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni May oyining uchinchi yakshanbasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 6. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni 27-iyun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 7. Temir yoʻl transporti xodimlari kuni Avgust oyining birinchi yakshanbasi Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 8. Qurilish sohasi xodimlari kuni Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Qurilish vazirligi 9. Tadbirkorlar kuni 20-avgust Savdo-sanoat palatasi 10. Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni 26-sentabr Davlat xavfsizlik xizmati 11. Oʻqituvchi va murabbiylar kuni 1-oktabr Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 12. Ichki ishlar organlari xodimlari kuni 25-oktabr Ichki ishlar vazirligi 13. Tibbiyot xodimlari kuni Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 14. Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Izoh:
Mazkur roʻyxatda nazarda tutilgan konsert-tomosha tadbirlarini moliyalashtirish buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur roʻyxatda nazarda tutilgan konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish uchun vazirlik va idoralarga (buyurtmachilarga) 2022-yilda Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan holatlarda, ushbu tadbirlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 3z-ILOVA
2022-yilda hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan oʻzarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish
REJA-JADVALI
T/r Ijodiy jamoalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Surxondaryo viloyati Sirdaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahri 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil avgust 2022-yil sentabr 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 2022-yil avgust 2022-yil oktabr 2022-yil iyun 2022-yil may 2. Andijon viloyati 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil avgust 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2022-yil avgust 2022-yil iyun 2022-yil avgust 3. Buxoro viloyati 2022-yil aprel 2022-yil sentabr 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil sentabr 2022-yil sentabr 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil avgust 2022-yil sentabr 2022-yil avgust 4. Jizzax viloyati 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil aprel 5. Qashqadaryo viloyati 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil iyun 2022-yil sentabr 2022-yil may 6. Navoiy viloyati 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil iyun 7. Namangan viloyati 2022-yil may 2022-yil aprel 2022-yil aprel 2022-yil iyun 2022-yil sentabr 2022-yil sentabr 2022-yil may 2022-yil iyun 8. Samarqand viloyati 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil may 9. Surxondaryo viloyati 2022-yil avgust 2022-yil iyun 2022-yil iyun 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil aprel 2022-yil may 10. Sirdaryo viloyati 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil avgust 2022-yil aprel 11. Toshkent viloyati 2022-yil mart 2022-yil oktabr 2022-yil iyun 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 2022-yil iyun 2022-yil aprel 2022-yil oktabr 2022-yil may 12. Fargʻona viloyati 2022-yil may 2022-yil avgust 2022-yil may 2022-yil avgust 2022-yil aprel 2022-yil iyun 2022-yil iyun 13. Xorazm viloyati 2022-yil aprel 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil oktabr 2022-yil iyun 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil may 14. Toshkent shahri 2022-yil iyun 2022-yil sentabr 2022-yil may 2022-yil iyun 2022-yil may 2022-yil oktabr 2022-yil mart 2022-yil mart 2022-yil may
Izoh:
Madaniyat vazirligiga zaruratga koʻra ushbu reja-jadvalda koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu reja-jadvalga asosan gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 4-ILOVA
2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Madaniyat va sanʼat sohasida qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish 1. Madaniyat va sanʼat sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash, jihozlash, musiqa cholgʻulari bilan taʼminlashni moliyalashtirish; sohadagi taʼlim muassasalarining madaniyat tashkilotlari va ijodiy faoliyat bilan uygʻunligini taʼminlash; bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat va sanʼatga ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlar oʻqituvchi (konsertmeyster)larining mehnatiga toʻlanadigan haq miqdorini koʻrib chiqish; madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarining malakasini oshirish institutini tashkil qilish, jumladan unda, madaniyat tashkilotlari xodimlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa fanlari oʻqituvchilari malakasini oshirish tizimini yaratish hamda uning moliyalashtirish manbalarini belgilash; ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablari hamda kollejlar faoliyatini uch yillik oʻquv dasturi asosida tashkil etish, ushbu yoʻnalishda taʼlim jarayonini boshlangʻich va oʻrta professional taʼlim bosqichlarida amalga oshirish; tegishli ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari negizida madaniyat texnikumlarini tashkil qilish; madaniyat va sanʼat sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash; aktyorlik, rejissorlik, sanʼatshunoslik, xalq ijodiyoti va madaniyatshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislarini xorijda oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkaga yuborish, ular uchun yurtimizda va chet elda xorijiy malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Milliy musiqa cholgʻularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Shu jumladan, milliy musiqa cholgʻulari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish va rivojlantirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil avgust Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 3. Madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil noyabr Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 4. Teatr sanʼatini rivojlantirish va teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning erishgan yutuqlari uchun maqom berish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2023-yil iyun - Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorining 3-bandida (tegishli ilovalarda) belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida 2022-yilda oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasini tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi 2022-yil 1-mart Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, barcha shaharlar va tumanlar hokimliklari Ushbu kalendar rejani tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilish. 2023-yilda va kelgusi yillarda oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini tasdiqlashda bunday tadbirlar 2022-yilda belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda tashkil etilishini nazarda tutish. har yili 6. Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilash. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorida belgilangan tegishli respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish tartiblarini tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: koʻrik-tanlovlarning maktab bosqichini oʻtkazishda mahallalardagi Yoshlar yetakchilarining faol ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek tanlov gʻoliblari va Yoshlar yetakchisini munosib ragʻbatlantirish; tadbirlarni keng yoritish maqsadida hududiy va markaziy telekanallarda efir vaqti ajratish; koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish; tegishli respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazishga oid amaldagi tartiblarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Ijrochilarning qarori, tegishligi boʻyicha zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), EOAVMA (Qudratxoʻjayev) 8. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy xodimlarining oylik ijro meʼyorlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Ijrochilarning qoʻshma qarori 2022-yil may Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) 9. Madaniyat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan balet artisti, raqqos va raqqosalarning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi maxsus ish stajini qisqartirish masalasini oʻrganib chiqish hamda uning natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Takliflar 2022-yil may Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Adliya vazirligi (Davletov) 10. Nukus shahrida Qoraqalpoq davlat opera va balet teatrini tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 11. Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining badiiy saviyasi va mazmundorligini oshirish, ssenariy, repertuarlarini koʻrib chiqish va baholash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: tadbirlar ssenariysi, repertuarning gʻoyaviy badiiy darajasi milliy qadriyat va anʼanalarga xosligini koʻrib chiqish; ijrochilar tomonidan nojoiz xatti-harakatlar, tomoshabinlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar va yot gʻoyalar sodir etilishini oldini olish; ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlariga ruxsat berish tartiblarini ixtisoslashtirish hamda bu jarayonni toʻliq ochiq va shaffof boʻlishini taʼminlash. Takliflar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentabr Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar 12. Andijon yoshlar simfonik orkestri faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash, bu borada Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Takliflar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentabr Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar 13. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufida Oʻzbekiston Djaz orkestrini tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil dekabr Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 14. Teatrlar, konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash reyting tizimini hamda ularni ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2023-yil iyun Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 15. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda madaniyat va sanʼat sohasida nou-xau loyihalarni amalga oshirgan holda, madaniyat tashkilotlariga zamonaviy menejment tizimini joriy etish hamda madaniy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil dekabr Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar 16. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlimi tasarrufida “Nurafshon” simfonik orkestrini tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2024-yil sentabr Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar II. Madaniyat va sanʼat muassasalarining faoliyati mazmundorligini oshirish 17. “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida Toshkent shahridagi barcha mahallalarda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral — dekabr Mahalliy budjet manbalari Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov) 18. Umumtaʼlim maktablari va madaniyat markazlarida “Maktabda madaniyat markazi” loyihasi asosida ixtiyoriylik asosida shartnoma bilan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart oyidan boshlab muntazam Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 19. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy qism va muassasalarida maqom va baxshichilik sanʼatini keng targʻib etish. Harbiy xizmatchi va xodimlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ular uchun maqom va baxshichilik sanʼati boʻyicha mahorat darslari va toʻgaraklar tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart oyidan boshlab muntazam Ijrochilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar 20. Madaniyat va sanʼatning barcha yoʻnalishlarini qamrab oluvchi quyidagi: “Isteʼdodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovini; “Yangi Oʻzbekistonning Yangi taronalari” iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovini tashkil etish. Ijrochilar qoʻshma qarori 2022-yildan boshlab har yili: aprel — noyabr may — dekabr Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilarning oʻz mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari 21. Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarining musiqiy savodxonligini oshirish maqsadida shartnoma asosida lektoriy konsertlarini tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil aprel Taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq ta?limi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 22. Madaniyat vazirligi muassisligida (ishtirokchiligida) Media marketing markazini tashkil etish (masʼuliyati cheklangan jamiyat). Media marketing markazining Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalar bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida quyidagi yoʻnalishlarda davlat xaridlarini amalga oshirishiga ruxsat berish: milliy madaniyat va sanʼat namunalari va sohada amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib qilish, taʼlim va tarbiya mazmunidagi media va boshqa materiallarni tayyorlash hamda chop etish; axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va ularning doimiy ishlashini taʼminlash. Bunda, davlat buyurtmachisi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart hisoblanadi. Amaliy chora-tadbirlar, zarurat boʻlsa normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun oyidan boshlab muntazam Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) 23. Oʻzbek va jahon adabiyotining sara namunalari asosida maxsus ovoz yozish studiyalarida taniqli sanʼatkorlarga oʻqitgan holda “Siz sevgan ijodkordan tuhfa” turkumida audiokitoblar tayyorlash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyun oyidan boshlab yil davomida Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) 24. “Oʻzbekkonsert” va “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasalari faoliyatini takomillashtirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentabr - Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar 25. Respublikadagi hayvonot bogʻlarida saqlanayotgan hayvonlarni koʻpaytirish tizimini takomillashtirish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda bittadan koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bogʻlarini tashkil etish va doimiy faoliyat yuritishini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr Mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 27. Iqtidorli va ijodkor yoshlarni izlab topish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uch bosqichli “Boychechak” bolalar, “Parvoz” oʻsmirlar, “Iftixor” yoshlar sanʼat koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha yaxlit tizim yaratish. Ijrochilarning qoʻshma qarori 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) 28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-112-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda har bir shahar, tuman boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Jumladan, bunda: mahallalar kesimida 2022-yilda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasini tasdiqlash; hududlardagi madaniyat va sanʼat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; hududlardagi jamoalarni, sanʼatkorlarni va madaniyat xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish; madaniyat va sanʼat muassasalari va umumtaʼlim maktablarida tegishli toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish; mahallalar, umumtaʼlim maktablari hamda madaniyat va sanʼat muassasalarida faoliyat yuritayotgan havaskorlik jamoalarining konsert dasturlarini tashkil qilish. Ijrochilar qarori 2022-yil 10-fevral Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar hokimliklari 29. Yoshlar hayoti, orzu-intilish va muvaffaqiyatlarini keng yoritish, muammo va kamchiliklari yechimiga qaratilgan koʻrsatuv, maqola va eshittirishlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish masalasini atroflicha koʻrib chiqish, uning samarali faoliyat koʻrsatish imkoniyatlarini tahlil etgan holda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Birgalikdagi taklif 2022-yil avgust Yoshlar ittifoqi (Zayniddinov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov) 30. Har bir shahar, tumanda bittadan madaniyat tashkiloti faoliyatini namunali tashkil etish va ularning ilgʻor tajribalarini respublika boʻyicha ommalashtirish. Eng yaxshi madaniyat tashkilotlari respublika tanlovini tashkil etish va ularni munosib ragʻbatlantirish. Respublika tanlovi gʻolibi boʻlgan madaniyat tashkilotlariga aholiga madaniy xizmat koʻrsatish uchun maxsus avtotransport vositasi ajratish. Amaliy chora-tadbirlar Namunali tashkil etish — 2022-yil oktabr, tanlov tashkil etish — 2022-yil dekabr Mahalliy budjet mablagʻlari, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) III. Madaniyat va sanʼat sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish 31. Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portalini quyidagi bosqichlarda ishga tushirish: 2022-yil sentabrga qadar: respublikada oʻtkaziladigan barcha madaniy tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash; muayyan sanada oʻtkaziladigan madaniy tadbirlarga chiptalarni xarid qilish; sayohat marshrutini (“Google”, “Yandex” va boshqa ommabop elektron xaritalardan foydalangan holda) tuzish, “Online-karaoke” xizmatini joriy etish; 2023-yil 1-sentabrga qadar: konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilari reyestri va ular faoliyati toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish; konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining ijodiy faoliyatiga oid yangiliklarga bagʻishlangan elektron sahifalarini (lentalarini) tashkil qilish; audiovizual kontentlarini jamlash hamda qonunchilik talablariga mos ravishda tarqatish va ommalashtirish; konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilari faoliyatini keng targʻib qilish va onlayn baholab borish tizimini yaratish. Bunda, davlat mukofotlari Madaniyat va sanʼat milliy mukofotiga tavsiya etish uchun nomzodlarni tanlab olishda yagona onlayn portal orqali toʻplangan ballar inobatga olinishini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil sentabr Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 32. Aholi, xususan, yoshlarga milliy musiqa cholgʻulari boʻyicha dastlabki tushunchalarni beruvchi hamda ularni ijro etishni oʻrgatuvchi Cholgu.uz mobil ilovasini ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil iyun Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 33. “Onlayn madaniyat markazi” platformasini yaratish va ommalashtirish. Bunda: anʼanaviy shaklda faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat markazlaridagi toʻgaraklarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar asosida videodarslarning elektron bazasini yaratish; toʻgaraklarni zamonaviy texnologiyalar orqali va masofaviy oʻqitish tizimi (elektron va videodarsliklar) asosida tashkil qilish hamda elektron kutubxona resurslarini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil noyabr Davlat budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 34. Tegishli axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish Madaniyat vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini: tashkil qilish, faoliyatini keng ommalashtirish, monitoring qilish va resurslarini boshqarish; barcha jarayonlarni raqamlashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini onlayn monitoring qilish; statistik maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish. Amaliy chora-?adbirlar 2024/2025 oʻquv yili Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 35. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida “Golografik teatr” shou loyihalarini amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil noyabr Mahalliy budjet mablagʻlari, xususiy investitsiya Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi (Azimov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 36. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga milliy musiqa cholgʻulari boʻyicha dastlabki tushunchalarni berish maqsadida QR kodli uslubiy qoʻllanma va darsliklar tayyorlash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil noyabr Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) IV. Madaniyat muassasalarini qurish, taʼmirlash va jihozlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 37. Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti binosidagi organ cholgʻu asbobini taʼmirlash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil noyabr Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 38. Toshkent shahar, Yashnobod tumani hududidagi “Aviasozlar” madaniyat saroyi (sobiq) binosidan samarali foydalanish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: madaniyat saroyi binosini Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish; 2022-yilda madaniyat saroyi binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; 2023-2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida madaniyat saroyi binosini belgilangan tartibda taʼmirlash. Takliflar, zarurat boʻlsa, normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil noyabr Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (A?tikxodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) 39. Hududlarga jalb etilgan teatr sohasi mutaxassislarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarga bittadan 2 yoki 3 xonali xizmat uylarini operativ boshqaruv huquqi asosida ajratish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi mavjud teatrlarda faoliyat olib borayotgan ehtiyojmand mutaxassislarga xizmat uylari ajratish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yil Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 40. Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Bunda: Madaniyat vazirligini uyushmaning muassislaridan biri sifatida kiritish taklifini koʻrib chiqish; uyushmaga 2022-2023-yillarda 5 mlrd soʻm miqdorida bir martalik mablagʻ ajratish; uyushmani Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 30-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar, zarurat boʻlsa, normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-2023-yillar - Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) 41. Notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni chop etish hamda ularni taʼlim tashkilotlariga yetkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yillar Davlat budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Moliya vazirligi (Ishmetov) 42. Dorbozlar guruhlari faoliyatini koʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda respublika boʻylab gastrol safarlarini tashkil etish. Ijrochilar qarori 2022-2023-yillar mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) Shu jumladan, Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi ilgʻor dorbozlar guruhlarini maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash. Viloyat hokimi qarori 2022-yil iyun mahalliy budjet mablagʻlari Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari 43. Oʻzbekiston davlat drama teatri binosini taʼmirlash-tiklash va jihozlash ishlarini amalga oshirish. Bunda: 2022-yilda teatr binosini taʼmirlash-tiklash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; 2023-yilda teatr binosini belgilangan tartibda toʻliq taʼmirlash-tiklash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-2023-yillar Taʼmirlash-tiklash — madaniy meros sohasiga, jihozlash — Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida Madaniy meros agentligi (Nurulloyev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov)
Izoh: Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ushbu “yoʻl xarita”da ishlab chiqilishi belgilangan qonunchilik hujjatlari loyihalari birlashtirilishi va (yoki) qonunchilik hujjat turi oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat teatrlari va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini avtobus va yuk transport vositalari bilan taʼminlash
REJASI*
mln soʻm T/r Tashkilot nomi Avtobus maxsus avtotransport vositasi (Isuzu) Yuk maxsus avtotransport vositasi (Isuzu) Jami talab etiladigan mablagʻ Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil soni* summasi** soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi soni summasi Jami 20 9 000 5 2 250 7 3 150 8 3 600 38 20 140 7 3 710 15 7 950 16 8 480 29 140 1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 2. Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 3. Oʻzbekiston davlat drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 4. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya teatri 0 0 1 530 1 530 530 5. Oʻzbekiston davlat satira teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 6. Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 7. Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri 0 0 1 530 1 530 530 8. Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 9. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri 0 0 1 530 1 530 530 10. “Diydor” yoshlar eksperimentalteatr-studiyasi 1 450 1 450 1 530 1 530 980 11. “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi 1 450 1 450 1 530 1 530 980 12. Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 13. Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 14. Andijon viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 15. Andijon viloyati yoshlar teatri 0 0 1 530 1 530 530 16. Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 17. Buxoro viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 18. Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri 0 0 1 530 1 530 530 19. Jizzax viloyati musiqali drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 20. Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 21. Namangan viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 22. Samarqand viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 23. Samarqand viloyati rus drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 24. Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri 0 0 1 530 1 530 530 25. Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 26. Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 27. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 28. Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri 0 0 1 530 1 530 530 29. Fargʻona viloyati musiqali drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 30. Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 31. Fargʻona viloyati rus drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 32. Margʻilon shahar musiqali maqom teatri 0 0 1 530 1 530 530 33. Qoʻqon shahar musiqali drama teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 34. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 35. Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 36. Xorazm viloyati musiqali drama teatri 0 0 1 530 1 530 530 37. Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri 1 450 1 450 1 530 1 530 980 38. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi 1 450 1 450 1 530 1 530 980
* Davlat teatrlari va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida mavjud avtotransport vositalari xatlovdan oʻtkaziladi. Xatlov yakunlari boʻyicha mazkur rejada belgilangan avtotransport vositalari soni oʻzgarishi mumkin;
** Avtotransport vositasining narxi oʻzgarganda, ushbu rejada koʻzda tutilgan mablagʻ miqdori oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarini maxsus avtotransport vositasi bilan taʼminlash
REJASI*
mln soʻm T/r Tashkilot nomi Avtotransport vositasi (Damas)** Jami 2022-yil 2023-yil 2024-yil soni* summasi** soni summasi soni summasi soni summasi Jami 201 16 080 44 3 520 77 6 160 80 6 400 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17 1 360 3 240 7 560 7 560 2. Andijon viloyati 17 1 360 3 240 7 560 7 560 3. Buxoro viloyati 13 1 040 3 240 5 400 5 400 4. Jizzax viloyati 13 1 040 3 240 5 400 5 400 5. Qashqadaryo viloyati 15 1 200 3 240 6 480 6 480 6. Navoiy viloyati 7 560 2 160 2 160 3 240 7. Namangan viloyati 14 1 120 3 240 5 400 6 480 8. Samarqand viloyati 16 1 280 3 240 6 480 7 560 9. Surxondaryo viloyati 14 1 120 2 160 6 480 6 480 10. Sirdaryo viloyati 11 880 3 240 4 320 4 320 11. Toshkent viloyati 20 1 600 4 320 8 640 8 640 12. Fargʻona viloyati 19 1 520 5 400 7 560 7 560 13. Xorazm viloyati 13 1 040 3 240 5 400 5 400 14. Toshkent shahri 12 960 4 320 4 320 4 320
* Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida mavjud avtotransport vositalari xatlovdan oʻtkaziladi. Xatlov yakunlari boʻyicha mazkur rejada belgilangan avtotransport vositalari soni oʻzgarishi mumkin;
** Avtotransport vositasi narxi oʻzgarganda, ushbu rejada koʻzda tutilgan mablagʻ miqdori oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3391-son qarorida:
a) 8-bandning beshinchi xatboshisidagi “namunali ansambllarini” soʻzlari “hududiy boʻlimlarini” soʻzlariga almashtirilsin;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda viloyatlarda Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan hududiy boʻlimlarini tashkil etsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3892-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov oʻtkazilmaydi”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida” soʻzlari “Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4730-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va axborot-multimedia” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guliston” va “Teatr” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtirilsin”;
b) 91-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividentlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;
teatrlar, sirk va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni oʻtkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;
vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisob raqamidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi-oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Samarkand Nalf Marathon” soʻzlari “Samarkand Marathon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 25-pozitsiyasida:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Samarkand Nalf Marathon” soʻzlari “Samarkand Marathon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turizm va sport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qarorida:
a) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-iyuldan boshlab Teatr xodimlari lavozim maoshlarini mehnatga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 1,5 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi”;
b) 7-ilovada:
3-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari va summasi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari, homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi”;
4-pozitsiyaning rus tilidagi matnida “Istochniki i summa finansirovaniya” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sredstva respublikanskogo budjeta, blagotvoritelnie pojertvovaniya, metsenatskaya podderjka”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibi 29-bandining yettinchi xatboshisi “xalq taʼlimi” soʻzlaridan keyin “hamda madaniyat” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-sentabrdagi “Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida”gi 595-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning 8-sinfiga 25 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilinadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3178-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi va qarorga 2-ilova;
b) 3-band.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 700-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 109-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 400-son qaroriga ilovaning 35-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi 161-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)”gi 397-son qaroriga ilovaning 63-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)”gi 411-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori)”gi 7-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
