114-modda. Muassis huquqlari va majburiyatlarining tugatilishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (405-II-son) · Sana: 30.08.2002 · Amalda
Muassisning huquqlari va majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi:
ommaviy axborot vositasi uchinchi shaxs foydasini koʻzlab boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
muassis — yuridik shaxs bankrotga uchraganda yoki tugatilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmi bilan sudlanganda;
vafot etganda.
Muassisning huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin”;
5) 12-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Arizaga taʼsis hujjatlari ilova qilinadi”;
toʻrtinchi qismidagi “uch” degan soʻz “olti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki sudning qarori bilan tugatilishi (yoki toʻxtatilishi) mumkin.
Ommaviy axborot vositasi ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muntazam rioya etmay kelgan taqdirda vakolatli organ ommaviy axborot vositasini tugatish (uning faoliyatini tugatish) haqida sudga murojaat etishga haqli”;
ikkinchi qismi tegishincha uchinchi qism deb hisoblansin;
7) 17-moddasining:
nomidagi “yoki uning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qaror” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “shuningdek ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qaror” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda) 5-moddasi birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini” degan soʻzlar “chiqindilarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda) 17-moddasi:
