Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlarini jalb qilish orqali “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (51-son)
02.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mehnat bozori va professional taʼlim tizimi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, aholi bandligini taʼminlash va professional taʼlim tizimlarini boshqarishni takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 2020-yil 11-dekabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining imtiyozli resurslari hisobidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 93 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullaganligi va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2021-yil 30-sentabr kuni qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 162 mln AQSH dollarini, jumladan:
93 mln AQSH dollari — Osiyo taraqqiyot banki qarzini;
69 mln AQSH dollari — loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushini tashkil etishi, bunda:
20,490 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — loyiha bilan qamrab olingan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 6 ta professional taʼlim muassasalarida qurilish/montaj ishlarini, jumladan, binolar va asbob-uskunalarni saqlab turish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni moliyalashtirishga;
15,603 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — soliq (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan tashqari) va bojxona imtiyozlarini berish hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashga;
4,250 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — oʻrnatilgan asbob-uskunalar va jihozlarga texnik xizmat koʻrsatish qiymati, konsalting xizmatlari va mehnat resurslari bilan bogʻliq xarajatlarga;
18,000 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — loyiha doirasida belgilangan kasblar yoʻnalishlari boʻyicha jalb etilgan oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash xarajatlariga;
5,328 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlashga;
5,328 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ — kutilmagan xarajatlarni toʻlashga yoʻnaltirilishi;
v) loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil etishi (2022 — 2026-yillar) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻz tizimidagi muassasalarda loyihani amalga oshirish boʻyicha masʼul organ hisoblanadi;
Loyihaga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish, jumladan, energiya samaradorligini oshirish maqsadida isitish tizimini yangilash, shuningdek, loyiha doirasidagi binolar va asbob-uskunalardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini soʻndirish, ular boʻyicha foizlar va majburiyat boʻyicha boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” investitsiya loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish, foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2021-yil 30-sentabr kuni imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi:
bir oy muddatda loyihani amalga oshirish davrida faoliyat yuritish uchun saqlab turish xarajatlarini Osiyo taraqqiyot banki va budjet mablagʻlaridan (Budjet kodeksiga muvofiq) belgilangan tartibda toʻlashni nazar tutgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhini hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
loyiha doirasidagi asbob-uskunalarni sotib olgunga qadar loyiha bilan qamrab olingan obyektlarning tegishli maydonlarini (xonalarini) asbob-uskunalar oʻrnatish va montaj qilish uchun tayyorlashni taʼminlasin;
loyiha boʻyicha oʻzlashtirilgan mablagʻlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlar majburiy tarzda oʻzlarining rasmiy veb-sahifalarida muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini;
2022-2023-yillarda loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish uchun zarur miqdordagi markazlashgan kapital qoʻyilmalarning jami 23,397 mln AQSH dollari, jumladan, 2022-yilda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga 3,587 mln AQSH dollari va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga 1,092 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda mablagʻlarini ajratilishini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Davlat budjeti parametrlariga Osiyo taraqqiyot bankining ushbu loyiha boʻyicha asosiy qarzini soʻndirish va foizlarini toʻlashni nazarda tutsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta va maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-fevral,
51-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 51-son qaroriga 1-ILOVA
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkich Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbai, jumladan: Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston Respublikasi 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSH dollari 162 000,00 93 000,00 69 000,00 2. Umumiy kapital qoʻyilmalar miqdori ming AQSH dollari 141 068,03 93 000,00 48 068,03 shu jumladan: 2.1. qurilish ishlari ming AQSH dollari 20 490,12 - 20 490,12 2.2. asbob-uskuna, dasturiy taʼminot va mebel ming AQSH dollari 47 423,98 47 423,98 - 2.3. sarflanadigan material ming AQSH dollari 6 619,73 6 619,73 - 2.4. konsalting xizmati ming AQSH dollari 12 499,50 12 345,80 153,70 2.5. mahalliy oʻqitish va material ishlab chiqarish ming AQSH dollari 9 336,62 9 336,62 - 2.6. xorijda oʻqish ming AQSH dollari 4 048,10 4 048,10 - 2.7. mehnat resurslari ming AQSH dollari 1 391,71 1 242,60 149,11 2.8. oʻqituvchilar ish haqi ming AQSH dollari 18 000,00 - 18 000,00 2.9. maʼmuriy xarajatlar ming AQSH dollari 1 715,00 1 715,00 - 2.10. texnik xizmat koʻrsatish qiymati ming AQSH dollari 3 946,98 - 3 946,98 2.11. kutilmagan xarajatlar ming AQSH dollari 15 596,30 10 268,18 5 328,12 3. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar** ming AQSH dollari 5 328,40 5 328,40 4. Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona bojlaridan belgilangan tartibda ozod qilish koʻrinishda imtiyozlari hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish ming AQSH dollari 15 603,56 15 603,56 5. Loyihani amalga oshirish muddati muddat 2022 — 2026 yy. 7. Kredit muddati yil 25 Jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri yil 5
Izoh.
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi;
** investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar amaldagi sarf-xarajatlar va qarzni haqiqatda oʻzlashtirish sanalari va miqdorlaridan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 51-son qaroriga 2-ILOVA
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” investitsiya loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish, foizlarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi — 93000 ming AQSH dollari Qarz muddati — 25 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 2 Toʻlov sanasi Ishlatilishi Kreditning oʻzlashtirilmagan qismi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar miqdori Qoldiq qarzning umumiy miqdori Foizlar boʻyicha toʻlovlar Jami toʻlanadigan summa* 2022 yil 15-aprel 200 000,00 92 800 000,00 200 000,00 - - 2022 yil 15-oktabr 993 013,66 91 806 986,34 1 193 013,66 2 000 2 000 2023 yil 15-aprel - 91 806 986,34 1 193 013,66 11 930 11 930 2023 yil 15-oktabr 13 427 314,24 78 379 672,11 14 620 327,89 11 930 11 930 2024 yil 15-aprel - 78 379 672,11 14 620 327,89 146 203 146 203 2024 yil 15-oktabr 25 983 049,01 52 396 623,09 40 603 376,91 146 203 146 203 2025 yil 15-aprel - 52 396 623,09 40 603 376,91 406 034 406 034 2025 yil 15-oktabr 28 183 388,56 24 213 234,53 68 786 765,47 406 034 406 034 2026 yil 15-aprel - 24 213 234,53 2 325 000 66 461 765,47 687 868 3 012 868 2026 yil 15-oktabr 14 766 036,30 9 447 198,23 2 325 000 78 902 801,77 664 618 2 989 618 2027 yil 15-aprel 9 447 198,23 2 325 000 86 025 000,00 789 028 3 114 028 2027 yil 15-oktabr 2 325 000 83 700 000,00 860 250 3 185 250 2028 yil 15-aprel 2 325 000 81 375 000,00 837 000 3 162 000 2028 yil 15-oktabr 2 325 000 79 050 000,00 813 750 3 138 750 2029 yil 15-aprel 2 325 000 76 725 000,00 790 500 3 115 500 2029 yil 15-oktabr 2 325 000 74 400 000,00 767 250 3 092 250 2030 yil 15-aprel 2 325 000 72 075 000,00 744 000 3 069 000 2030 yil 15-oktabr 2 325 000 69 750 000,00 720 750 3 045 750 2031 yil 15-aprel 2 325 000 67 425 000,00 697 500 3 022 500 2031 yil 15-oktabr 2 325 000 65 100 000,00 674 250 2 999 250 2032 yil 15-aprel 2 325 000 62 775 000,00 651 000 2 976 000 2032 yil 15-oktabr 2 325 000 60 450 000,00 627 750 2 952 750 2033 yil 15-aprel 2 325 000 58 125 000,00 604 500 2 929 500 2033 yil 15-oktabr 2 325 000 55 800 000,00 581 250 2 906 250 2034 yil 15-aprel 2 325 000 53 475 000,00 558 000 2 883 000 2034 yil 15-oktabr 2 325 000 51 150 000,00 534 750 2 859 750 2035 yil 15-aprel 2 325 000 48 825 000,00 511 500 2 836 500 2035 yil 15-oktabr 2 325 000 46 500 000,00 488 250 2 813 250 2036 yil 15-aprel 2 325 000 44 175 000,00 465 000 2 790 000 2036 yil 15-oktabr 2 325 000 41 850 000,00 441 750 2 766 750 2037 yil 15-aprel 2 325 000 39 525 000,00 418 500 2 743 500 2037 yil 15-oktabr 2 325 000 37 200 000,00 395 250 2 720 250 2038 yil 15-aprel 2 325 000 34 875 000,00 372 000 2 697 000 2038 yil 15-oktabr 2 325 000 32 550 000,00 348 750 2 673 750 2039 yil 15-aprel 2 325 000 30 225 000,00 325 500 2 650 500 2039 yil 15-oktabr 2 325 000 27 900 000,00 302 250 2 627 250 2040 yil 15-aprel 2 325 000 25 575 000,00 279 000 2 604 000 2040 yil 15-oktabr 2 325 000 23 250 000,00 255 750 2 580 750 2041 yil 15-aprel 2 325 000 20 925 000,00 232 500 2 557 500 2041 yil 15-oktabr 2 325 000 18 600 000,00 209 250 2 534 250 2042 yil 15-aprel 2 325 000 16 275 000,00 186 000 2 511 000 2042 yil 15-oktabr 2 325 000 13 950 000,00 162 750 2 487 750 2043 yil 15-aprel 2 325 000 11 625 000,00 139 500 2 464 500 2043 yil 15-oktabr 2 325 000 9 300 000,00 116 250 2 441 250 2044 yil 15-aprel 2 325 000 6 975 000,00 93 000 2 418 000 2044 yil 15-oktabr 2 325 000 4 650 000,00 69 750 2 394 750 2045 yil 15-aprel 2 325 000 2 325 000,00 46 500 2 371 500 2045 yil 15-oktabr 2 325 000 0,00 23 250 2 348 250 Itogo 93 000 000 93 000 000 19 616 598 112 616 598
Izoh.
*Qarzni haqiqatda oʻzlashtirilish miqdori va sanasidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.
