“71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son)
“71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son) · Sana: 01.02.2022 · Amalda
Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin.
Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi”;
2) 22-moddaning:
ikkinchi qismi:
“d” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar”;
quyidagi mazmundagi “j” band bilan toʻldirilsin:
“j) bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi”;
3) 32-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
4) 36-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 38-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi”;
6) 39-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha birinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni bojxona organiga taqdim etmasdan amalga oshiriladi”;
7) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “bojxona organining ruxsatnomasi asosida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 58-moddaning:
beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 61-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
10) 63-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi”;
11) 64-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha birinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi:
ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
toʻrtinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
oltinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati mazkur kelishuvlarning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
sakkizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “bundan buyongi” degan soʻzlar “keyingi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli boʻlmasiga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
12) 69-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan soʻng olib chiqilishi mumkin”;
13) 72-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi:
olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash;
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash;
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish;
olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi.
Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi oʻzgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi”;
14) 74-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin:
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi”;
15) 76-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi.
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi”;
16) 109-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
17) 113-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi”;
18) 116-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “bojxona chegarasida joylashgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
19) 118-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi”;
20) 121-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
21) 128-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 129-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “joylashtirishga ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizaning” degan soʻzlar “joylashtirishning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnoma bergan bojxona organi” degan soʻzlar “Bojxona organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 131-moddaning ikkinchi qismidagi “ruxsatnoma bergan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24) 132-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
25) 133-modda chiqarib tashlansin;
26) 134-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son). neolex.uz/uz/laws/law-5844853/71 (lex.uz/docs/-5844851)