4097-modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-748-son) · Sana: 01.02.2022 · Amalda
Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan eʼtiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
OʻRQ-748-son
