26-modda. Joriy va tubdan taʼmirlash
Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida (351-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Davlatga qarashli va xususiy uy-joy fondlarini joriy va tubdan taʼmirlash, shuningdek ulardan foydalanish uy-joy fondidan foydalanish, uni taʼmirlashning yagona qoidalari va normalariga soʻzsiz rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Davlatga qarashli uy-joy fondidan foydalanish va uni taʼmirlash tasarrufida va balansida ushbu uy-joy fondi boʻlgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy binolaridan foydalanish va ularni taʼmirlash uy egalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Xususiylashtirilgan kvartiralar va uylardan, uy-joy va uy-joy-qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi kvartiralardan foydalanish va ularni taʼmirlash, shu jumladan tubdan taʼmirlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
