Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida (351-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Uy-joy fondi mulkdorlari har qanday maydonga ega boʻlgan kvartiralar va uylarni ulardan bevosita vazifasiga muvofiq foydalanish uchun ijara shartnomasiga asosan yuridik shaxslarga berish huquqiga ega.
Ijara tartibi, muddatlari va shartlari ijaraga oluvchi bilan mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs (organ) oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylar ularda yashovchi voyaga yetgan barcha fuqarolarning roziligisiz boshqa shaxslarga ijaraga berilishi, shuningdek maxsus uylar hamda ulardagi uy-joy binolari ijaraga berilishi mumkin emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-55558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 17-modda. Uy-joy binolarini ijaraga berish Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida (351-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-58387/17 (lex.uz/docs/-55558)