5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari
Advokatura toʻgʻrisida (349-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish maqsadida advokat:
huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar beradi;
huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlari hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;
jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;
tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatadi.
hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.
Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mumkin.
