2022-2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-55-son)
21.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, farmatsevtika tarmogʻiga ilgʻor ilmiy-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish maqsadida:
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan, mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan:
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda farmatsevtika sohasida hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika sohasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Komissiya (S. Umurzakov):
2022-yil 31-yanvarga qadar mazkur Farmonga 2-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ustidan oylik monitoring oʻrnatish va ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash choralarini belgilasin;
bir oy muddatda mazkur Farmonga 3-ilovada nazarda tutilgan istiqbolli loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda ularni amalga oshirishni tashkil qilish boʻyicha aniq choralar va masʼullarni belgilasin;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha tashabbuskorlari, shuningdek, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
loyihalarni amalga oshirish holatini muntazam ravishda tahlil qilib, mavjud muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻrsin va natijalari yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga loyihalar va hududlar kesimida axborot kiritib borsin.
Komissiyaga jahon bozorining konyunkturasi va rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, mazkur Farmonga 2-3-ilovalarda keltirilgan investitsiya loyihalar roʻyxatini muntazam ravishda yangi loyihalari hisobiga toʻldirib borish, zarur hollarda, ularga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini shaxsan nazoratga olsin;
har oyda loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda har bir loyiha amalga oshirilishini muhokama qilib, ularni belgilangan muddatda ishga tushirishda amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrib borsin.
3. 2024-yil 1-yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat budjeti mablagʻlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida oʻn yilgacha boʻlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etilsin. Bunda:
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kafolatli xarid uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab ishlab chiqiladi;
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya tomonidan avval respublika hududida ishlab chiqarilmagan, istiqbolda mahalliylashtiriladigan substansiyalar, dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlari (bunday nom boʻlmagan taqdirda, mansub dori vositalari guruh nomlari), tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari roʻyxati) tasdiqlanadi;
farmatsevtika mahsulotlari roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi hamda yangilanib boriladi;
Komissiya huzurida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan talab asosida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi;
texnik topshiriqlar asosida kafolatli xarid qilish shartnomalarini imzolash uchun gʻoliblar ochiq tanlovlar orqali aniqlanadi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu tanlovlarda davlat buyurtmachisi va benefitsiar mulkdor hisoblanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga tuzilayotgan kafolatli xarid qilish shartnomalari doirasida oldindan boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishga ruxsat beriladi.
4. Belgilansinki:
a) farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
2022-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatli tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”ga ega mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini va “ISO:13485” sertifikatiga ega ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy buyum va tibbiy texnikani majburiy sertifikatlashtirish tartibi bekor qilinadi. Bunda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining talablarga muvofiqligi postmarketing nazorati va ixtiyoriy sertifikatlashtirish orqali amalga oshiriladi;
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun qabul qilingan buyurtmalarga koʻra namunalar tanlashni hududlardagi sertifikatlashtirish organlari ekspertlari orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi;
b) farmatsevtika sohasidagi cheklovlarni kamaytirish yoʻnalishida:
donor qonini toʻplash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiq;
dori vositalarining klinik tadqiqotlarini sogʻlom koʻngillilarda oʻtkazishga cheklov;
xalqaro brendlar asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan toʻliq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarini bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarishga cheklovlar bekor qilinadi;
v) zarur amaliyotlar (GxP) talablarini tizimli joriy etish yoʻnalishida:
2022-yil 1-apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” va “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablariga muvofiq ravishda tashkil etiladi;
farmatsevtika tarmogʻi va respublika sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlash muddatlari 2024-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi;
2022-yil 1-fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarining 75 foizi ular roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasidan qoplab beriladi;
2023-yil 1-yanvardan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xarid tanlovlarida faqatgina “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” standartlari asosida dori vositalarini, “ISO:13485” standartlari asosida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishni tashkil etgan tashkilotlar va “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” standartlarini joriy etgan ulgurji savdo tashkilotlari qatnashishiga ruxsat beriladi.
5. Farmatsevtika mahsulotlari, kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilari, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan, dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinsin.
6. Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining:
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga (keyingi oʻrinlarda — Klaster) tutash hududdan qoʻshimcha 80 gektar yer maydonini ajratish hisobiga Klaster hududini kengaytirish;
Klaster hududini kengaytirish uchun ajratiladigan 80 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalarini sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 80 gektar yer maydonining yer fondi toifasini oʻzgartirishda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi kompensatsiya toʻlovlarini, istisno tariqasida undirmaslik toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev) ikki oy muddatda:
mazkur bandda koʻrsatilgan yer uchastkalarini konturlarini belgilagan holda amaldagi foydalanuvchilardan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyish va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Kadastr agentligi (Umarov) bilan birgalikda yer uchastkasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish;
Qurilish vazirligi (Zakirov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Saifnazarov) bilan birgalikda yangi ajratiladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish hamda transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi va Klaster uchun qoʻshimcha ajratilgan yer maydonida oʻrnatilgan tartibda tashkil etiladigan ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi ““Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4574-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi va 11-bandi tatbiq etilsin.
8. Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov, Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) ikki oy muddatda mahalliy farmatsevtika tashkilotlarining respublika hududida biofarmatsevtika yoʻnalishidagi dori vositalarini toʻliq sikl asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, substansiyalar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va xalqaro standartlar joriy qilinishini jadallashtirish doirasidagi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish boʻyicha “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqib, amalga oshirsin.
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda har bir investitsiya loyihasini muddatida va sifatli amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi choralarini koʻrsin.
11. 2022 — 2026-yillarda farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
retseptsiz farmatsevtika mahsulotlari savdosini erkinlashtirish boʻyicha;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov va sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-yanvar,
PF-55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha
prognoz parametrlari
Maqsadli parametrlar Amaldagi holat Kutilayotgan koʻrsatkichlar 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (mlrd.soʻm)* 3,2 3,6 3,9 4,2 5,9 8,2 Oʻzlashtirilgan mahsulotlar soni (dona) 3350 3450 3800 4150 4800 5100 Dori vositalariga boʻlgan yillik talabni qoplash darajasi (mahsulot koʻrinishida) 45% 55% 59% 63% 78% 80% Farmatsevtika mahsulotlari eksporti (mln.dollar)* 60 90 100 110 122 130
* 2021-yil narxlarida koʻrsatilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 2-ILOVA
2022 — 2024-yillarda farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
MANZILLI DASTURI
T/r Loyiha tashabbuskorlari va loyiha nomi Tuman va shaharlar nomi Loyiha quvvati Loyihaning umumiy qiymati (mln. doll.) shundan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha Ishga tushish muddati Yaratiladigan ish oʻrinlari soni oʻz mablagʻlari tijorat bank kreditlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar kafolatlanmagan xorijiy kreditlar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 72. Jami 370,95 74,23 31,61 32,0 83,7 40,63 108,78 3905 6. Andijon viloyati 59,89 4.75 4.80 50.34 650 1. “Cadila Pharmaceuticals Uzbekistan” LTD tomonidan inyeksion shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (3-bosqich) Andijon viloyati, Andijon tumani 250 mln. qadoq 19,50 0,00 0,00 0,00 0,00 19,50 2024-yil noyabr 250 2. “Cadila Pharmaceuticals Uzbekistan” LTD tomonidan Substansiyalar va dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) Andijon viloyati, Andijon tumani 90 mln. qadoq 15,90 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 15,90 2024-yil oktabr 150 3. “Cadila Pharmaceuticals Uzbekistan” LTD tomonidan Tabletka va kapsula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (1-bosqich) Andijon viloyati, Andijon tumani 60 mln. qadoq 14,60 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 14,60 2023-yil noyabr 100 4. “Akson Laboratories” MCHJ tomonidan Inyeksiya va infuziya shaklidagi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Andijon viloyati, Andijon tumani 20 mln. qadoq 8,30 3,50 0,00 0,00 0,00 4,80 0,00 2023-yil noyabr 70 5. “Makon Mirzo” MCHJ tomonidan Bandaj va karset shaklidagi tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish Andijon viloyati, Andijon tumani 2,3 mln. dona 1,00 1,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil noyabr 30 6. “Zamin Med Tech” MCHJ tomonidan Tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish Andijon viloyati, Andijon tumani 200 ming dona 0,59 0,25 0,00 0,00 0,00 0,00 0,34 2023-yil oktabr 50 7. Buxoro viloyati 50,24 4,95 2,72 12,88 266 7. “Tibtexnika” MCHJ tomonidan Tibbiyot buyumlari (koronar stent, provodniklar introdyuserlar) ishlab chiqarishni kengaytirish Buxoro viloyati, Buxoro shahri 20 mln. qadoq 7,20 0,20 0,00 0,00 0,00 7,00 0,00 2023-yil noyabr 66 8. “Le Uat De Bukhara” MCHJ tomonidan Tibbiy doka hamda tibbiyot paxtasi ishlab chiqarishni tashkil etish Buxoro viloyati, Buxoro shahri 3000 p.m 4,86 2,14 2,72 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 40 9. “Shoxmirzo” XK tomonidan tabletka va kapsula shakldagi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil qilish Buxoro viloyati, Vobkent tumani 1000 mln dona 3,45 0,55 0,00 0,00 0,00 2,90 0,00 2022-yil dekabr 30 10. “Baxsh Savdo Biznes” MCHJ tomonidan nitril qoʻlqoplar ishlab chiqarishni tashkil etish Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 12 mln dona 2,24 1,32 0,00 0,00 0,00 0,92 0,00 2023-yil oktabr 25 11. “Mirzamedsavdo” MCHJ tomonidan Tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Buxoro viloyati, Buxoro shahri 5 mln dona 1,46 0,46 0,00 0,00 0,00 1,00 0,00 2023-yil oktabr 80 12. “Mariteks Buxara” qoʻshma korxonasi tomonidan tibbiyot bintlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Buxoro viloyati, Jondor tumani 12,5 mln. dona 1,18 0,18 0,00 0,00 0,00 1,00 0,00 2024-yil oktabr 10 13. “Maxmud max medikal” MCHJ tomonidan Tibbiy bint ishlab chiqarishni tashkil etish Buxoro viloyati, Peshku tumani 47 tonna 0,15 0,10 0,00 0,00 0,00 0,06 0,00 2022-yil dekabr 15 2. Jizzax viloyati 3,86 1,48 1,38 45 14. “Nighland Pharm” MCHJ tomonidan Bir marotaba ishlatiladigan tibbiyot va kosmetologik qoʻlqoplar ishlab chiqarishni tashkil etish Jizzax viloyati, Zomin tumani 19,2 ming dona 2,86 1,48 1,38 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil oktabr 30 15. “Ukor Zomin” UK tomonidan Tibbiy uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish Jizzax viloyati, Zomin tumani 100 dona 1,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 1,00 2023-yil noyabr 15 4. Qashqadaryo viloyati 5,00 1,25 3,13 0,62 132 16. “Gold Biomed” MCHJ tomonidan inyeksion va infuzion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani 7 mln.dona 3,89 0,97 2,92 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil noyabr 100 17. “Modern Galen Farm” MCHJ tomonidan Galen preparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani 20 tonna 0,76 0,14 0,00 0,00 0,00 0,62 0,00 2022-yil noyabr 20 18. “Xushvaqt Shoximardon qizi” ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Tibbiy buyum va nam salfetkalar ishlab chiqarishni tashkil etish Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani 1 mln.dona 0,31 0,13 0,18 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil oktabr 6 19. “Meda Denta med” x/k tomonidan tibbiyot vatasi ishlab chiqarish va shifobaxsh isiriqni qadoqlashni tashkil etish Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani 64 tonna 0,04 0,01 0,03 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 6 2. Navoiy viloyati 1,28 0,91 0,37 30 20. “Standart Diagnostika Ray” MCHJ tomonidan Tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 3 mln. dona 1,00 0,81 0,19 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil dekabr 20 21. “Avisenna” MCHJ tomonidan Galen dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish Navoiy viloyati, Navoiy shahri 684.5 tonna 0,28 0,10 0,18 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil dekabr 10 7. Namangan viloyati 10,94 5,62 2,62 0,90 1,80 282 22. “AX Medical Farm” MCHJ tomonidan Tibbiyot sistemalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Uychi tumani 30 mln.dona 3,64 0,64 1,20 0,00 0,00 0,00 1,80 2023-yil sentabr 30 23. “Synergy” MCHJ tomonidan Tibbiy uskunalar, tibbiy vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 3 mln. dona 1,75 1,75 2022-yil dekabr 50 24. “Axsikent sof sanoat” MCHJ tomonidan Tibbiyot qoʻlqoplari va tibbiyot vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 15 mln dona 1,45 0,55 0,90 2023-yil iyun 60 25. “Texno farm” MCHJ tomonidan Tabletka, ampula va kapsula shaklidagi tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 3,5 mln dona 1,39 1,39 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil oktabr 60 26. “Namangan Pharm Plant” MCHJ tomonidan Tabletka, kapsula va ampula shaklidagi tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Namangan shahar 80 mln. dona 1,00 0,50 0,50 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil iyun 22 27. “Kamol Med Farm” MCHJ tomonidan maz va suppozitoriya, sirop shaklidagi tayyor dori vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 20 mln. dona 1,11 0,19 0,92 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil dekabr 20 28. “Spring Pharmaceutical” MCHJ tomonidan 30 turdagi tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) Namangan viloyati, Kosonsoy tumani 15 mln. dona 0,60 0,60 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil iyun 40 3. Samarqand viloyati 29,28 1,78 7,49 20,00 195 29. “Multi Fruite Korea” MCHJ XK tomonidan qandli diabet kasalligiga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Samarqand viloyati, Samarqand tumani 275 tn 20,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 20,00 2024-yil noyabr 150 30. “Samarkand England Eco-Medical” MCHJ QK tomonidan infuzion eritmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish Samarqand viloyati, Samarqand shahri 20 mln dona 9,00 1,60 7,40 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 30 31. “Sifat elegant servis” MCHJ tomonidan tibbiy qoʻlqoplar, bolalar tagliklari ishlab chiqarishni tashkil etish Samarqand viloyati, Payariq tumani 1,2 mln dona 0,28 0,18 0,09 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 15 2. Sirdaryo viloyati 6,62 0,92 5,70 110 32. “Omonmedfarm” MCHJ tomonidan inyeksion va infuzion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) Sirdaryo tumani, Guliston shahar 15 mln dona 5,23 0,83 0,00 0,00 0,00 4,40 0,00 2022-yil dekabr 60 33. “River Med Farm” tomonidan infuzion eritmali dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani 20 mln dona 1,39 0,09 0,00 0,00 0,00 1,30 0,00 2024-yil noyabr 50 5. Surxondaryo viloyati 8,05 4,36 0,11 2,00 1,58 193 34. “Osiyo Dori” MCHJ tomonidan infuzion sistemalar, infuzion eritmalar va tibbiyotda qoʻllaniladigan suyuqliklar ishlab chiqarishni tashkil etish Surxondaryo viloyati, Muzrabod tumani 60 mln dona 3,61 2,61 0,00 0,00 0,00 1,00 0,00 2022-yil dekabr 50 35. “Osiyo Darmon Servis” MCHJ tomonidan Tibbiyot qoʻlqoplari ishlab chiqarishni tashkil etish Surxondaryo viloyati, Muzrabod tumani 40 mln dona 2,71 1,71 0,00 0,00 0,00 1,00 0,00 2023-yil noyabr 100 36. “Baysun White Road” MCHJ tomonidan Bir martalik tibbiyot shpritslari ishlab chiqarishni tashkil etish Surxondaryo viloyati, Boysun tumani 35 ming dona 1,58 0,00 1,58 2023-yil noyabr 25 37. “Hayotbek Boysun” MCHJ tomonidan Galen preparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish (yod, brilliant koʻki, menovazin) Surxondaryo viloyati, Boysun tumani 10 tonna 0,08 0,02 0,06 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil noyabr 10 38. “Zaynab Giyoh” KTXF tomonidan Tibbiyot binti va tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni tashkil etish Surxondaryo viloyati, Denov tumani 15000 dona 0,07 0,02 0,05 0,00 0,00 0,00 0,00 2023-yil noyabr 8 12. Toshkent viloyati 179,68 29,47 9,95 32,00 83,70 4,00 20,56 1394 39. “Zuma Pharma” MCHJ tomonidan Liofil va ishlatishga tayyor shprits-ruchka shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Parkent tumani 20 mln. qadoq 8,50 2,00 5,80 0,00 0,00 0,00 0,70 2022-yil dekabr 150 40. “Radiks” MCHJ tomonidan Tibbiy buyumlar (tibbiyot dokasi va bint) ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani 25 mln. sh.b. 7,70 3,85 0,00 0,00 0,00 0,00 3,85 2023-yil noyabr 30 41. “Lekhim Astarta” MCHJ QK tomonidan inyeksiya shaklidagi dori vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Qibray tumani 25 mln. sh.b. 7,70 3,85 0,00 0,00 0,00 0,00 3,85 2023-yil noyabr 30 42. “Deutche Servis” MCHJ tomonidan Stafilokokk kasalligiga qarshi korpuskulyar vaksinasi hamda bir martalik meditsina shpritsi mahsulotlarini ishlab chiqarish Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani 200 mln. dona 6,32 1,58 3,74 0,00 0,00 1,00 0,00 2023-yil noyabr 74 43. “Solyphar Laboratories” MCHJ XK tomonidan Tabletka va kapsula shaklidagi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani 100 mln dona 5,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 5,00 2023-yil noyabr 100 44. “Magnit Grand Farm” MCHJ tomonidan tayyor dori vositalari (gemsitabin, bisoprorol, seftraksion) ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Parkent tumani 16,17 mln. dona 4,20 1,20 0,00 0,00 0,00 3,00 0,00 2022-yil dekabr 50 45. “Binovatis Agro” MCHJ tomonidan Biologik va mikrobiologik himoyani tashkil qilish vositalarini tayyorlash ilmiy ishlab chiqarish markazini tashkil etish Toshkent viloyati, Piskent tumani obyekt 4,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 4,00 2022-yil dekabr 45 46. “Beta Ubk International Private Limited” MCHJ tomonidan onkologik dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Bekobod shahar 72 mln. dona 2,20 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2,20 2023-yil noyabr 50 47. “Ultra Nealth Care” MCHJ QK tomonidan Dori vositalari inyeksion vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati, Chirchiq shahar 30 mln. dona 2,18 2,18 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 25 48. “Angren Medic Medical Equipment” MCHJ tomonidan Tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarish Toshkent viloyati, Angren shahar 100 ming dona 1,04 0,08 0,00 0,00 0,00 0,00 0,96 2022-yil dekabr 20 49. “MAX and TOP” MCHJ tomonidan Tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish Toshkent viloyati, Toshkent tumani 28,8 mln.dona 0,64 0,23 0,41 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 20 50. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish (I bosqich), shu jumladan: Farmatsevtika universiteti; farmakopeya markazi; ilmiy tadqiqot markazi; ekspertiza markazi; BSL-3 laboratoriyasi; vivariy; tajriba ishlab chiqarish liniyalari. Toshkent viloyati, Zangiota tumani 7 ta obyekt 130,20 14,50 32,00 83,70 2024-yil noyabr 800 6. Fargʻona viloyati 15,18 6,41 2,81 4,46 1,50 187 51. “Afrosiyob shifo” MCHJ tomonidan natriy xlor ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri 15 mln. dona 7,12 3,12 0,00 0,00 0,00 4,00 0,00 2022-yil dekabr 30 52. “Zamin Aziya Farm” MCHJ tomonidan Infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Toshloq tumani 20 mln. dona 3,50 1,10 2,40 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 60 53. “GNT Care” MCHJ QK tomonidan Tibbiy himoya vositalar va jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani 2 ming dona 2,50 1,00 0,00 0,00 0,00 0,00 1,50 2022-yil dekabr 20 54. “Ferghana Invicta Pharm” MCHJ tomonidan Tibbiy buyumlar va dori vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Quvasoy shahar 10 mln. dona 1,09 0,80 0,29 0,00 0,00 0,00 0,00 2024-yil noyabr 30 55. “Vita Nova Diagnostic”MCHJ tomonidan Qandli diabet kasalligi bosimini oʻlchash texnologik testlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Fargʻona shahar 1 mln dona 0,71 0,24 0,00 0,00 0,00 0,46 0,00 2022-yil oktabr 35 56. “Zunnur service farm” MCHJ tomonidan Dori-darmon (Svecha maz) ishlab chiqarishni tashkil etish Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani 700 ming dona 0,26 0,15 0,12 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 12 5. Xorazm viloyati 5,07 2,80 2,27 79 57. “Perfect Platinum” tomonidan tibbiy qoʻlqoplar ishlab chiqarishni tashkil etish Xorazm viloyati, Gurlan tumani 2,5 mln juft 2,00 0,40 0,00 0,00 0,00 1,60 0,00 2023-yil noyabr 20 58. “Urganch DVTBTTESDM” shuʼba korxonasi tomonidan laboratoriya binosini qurish va modernizatsiya qilish Xorazm viloyati, Urganch shahri 6 ming shartli birlik 1,87 1,87 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 30 59. “Xiva Kryptex” XK tomonidan Tibbiyot doka (bint) ishlab chiqarishni tashkil etish Xorazm viloyati, Xiva tumani 500 ming shartli birlik 1,01 0,41 0,00 0,00 0,00 0,60 0,00 2022-yil dekabr 15 60. “Gulshan Gulibonu” XK tomonidan Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish Xorazm viloyati, Xonqa tumani 3,6 mln dona 0,10 0,03 0,00 0,00 0,00 0,07 0,00 2022-yil dekabr 6 61. “Yolmon Teks Farm” XK tomonidan Bogʻlov vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Xorazm viloyati, Xiva shahri 3600 ming dona 0,09 0,09 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 8 11. Toshkent shahri 25,56 9,53 1,03 3,00 12,00 342 62. “Belpharm” MCHJ XK tomonidan Qattiq turdagi dori vositalari va karbopenemlar ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Yunusobod tumani 570 mln.dona 10,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 10,00 2024-yil noyabr 120 63. “Progressmed” MCHJ tomonidan Tibbiyot buyumlari, galen preparatlari, probiotiklar va dori vositalarini ishlab chiqarish Toshkent shahri, Bektemir tumani 50000 Dona 5,86 2,86 0,00 0,00 0,00 3,00 0,00 2022-yil dekabr 50 64. “Radiks” MCHJ tomonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish Toshkent shahri, Chilonzor tumani 7,5 ming dona 2,29 2,29 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 50 65. “Nobel Farmsanoat” MCHJ XK tomonidan Tibbiyot mahsulotlari va buyumlarini saqlash bazasini tashkil etish Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani 300 ming komplekt 2,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2,00 2023-yil noyabr 10 66. “Dent Med tehnology” tomonidan tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Chilonzor tumani 1000 dona 1,24 0,92 0,32 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil oktabr 10 67. “Astess Atramatik Steril Jarrohlik Iplari” MCHJ tomonidan jarrohlik uchun tibbiy iplar ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani 50000 dona 1,11 0,83 0,28 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 15 68. “Avikon Tex” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Mikrobiologik diagnostik vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Uchtepa tumani 100 tonna 1,01 1,01 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil iyun 15 69. “Laxisam Pharmaceuticals” MCHJ tomonidan Tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Olmazor tumani 20 ming dona 0,88 0,88 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2024-yil oktabr 30 70. “Active Asia Gold” MCHJ tomonidan Tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish Toshkent shahri, Yunusobod tumani 330 ming dona 0,51 0,51 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil dekabr 35 71. “Donnur Farm” MCHJ tomonidan Tabletka va kapsula shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish Toshkent shahri, Shayxontohur tumani 324 ming dona 0,38 0,05 0,34 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil oktabr 3 72. “Parnas Pharm Group” MCHJ tomonidan Dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish Toshkent shahri, Yashnobod tumani 10800 ming dona 0,28 0,18 0,09 0,00 0,00 0,00 0,00 2022-yil oktabr 4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 3-ILOVA
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika sohasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalarining
ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskorlari va loyiha nomi Xorijiy hamkor/kreditor Loyihaning prognoz qiymati (mln.doll.)* Texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish muddati Amalga oshirish muddati Jami: (18 ta loyiha) 804,8 Toshkent viloyati (9 ta loyiha) 294,8 1. Koronavirus infeksiyasiga (COVID-19) va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina ishlab chiqarishni tashkil etish “V-Gen Biopharma” MCHJ (Oʻzbekiston) 20,0 2022-yil I chorak 2023-yil 2. Yuqori texnologiyali biofarmatsevtika majmuasi negizida genetik-muhandislik preparatlarni ishlab chiqarish GOR Investment (Buyuk Britaniya) 120,0 2023-yil II chorak 2024-yil 3. Yurak kasalliklariga qarshi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish (“Boʻstonliq-farm” EIZ) RG General Trading Fze (BAA) 12,0 2022-yil IV chorak 2024-yil 4. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida (6 ta loyiha) 154,8 4.1. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida klinik sinovlar oʻtkazish markazini tashkil etish EDCF Jamgʻarmasi (Janubiy Koreya) 52,3 2022-yil III chorak 2024-yil 4.2. Onkologik steril dori vositalari, immun tanachalarini ishlab chiqarish, fraksiyalash va qon plazmasini qayta ishlash (I bosqich) Rafarma Pharmaceuticals (AQSH) 45,0 2023-yil I chorak 2024-yil 4.3. Antibiotiklar, oshqozon-ichak va yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish World Medicine (Turkiya) 17,0 2022-yil IV chorak 2024-yil 4.4. Travmatologiyada ishlatiladigan tibbiy buyumlar va himoya vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish Prospon (Chexiya) 13,5 2022-yil IV chorak 2024-yil 4.5. Kardiologik va endokrinologik preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish Farmak (Ukraina) 10,0 2023-yil I chorak 2024-yil 4.6. Ogʻriq qoldiruvchi, antibiotiklar, zamburugʻga qarshi va revmatizmga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish “Kusum Nealthcare” (Hindiston) 5,0 2022-yil IV chorak 2024-yil Namangan viloyati (1 ta loyiha) 3,0 5. Infuzion eritmalar asosida dori ishlab chiqarishni tashkil etish Citi Pharma (Pvt.) Ltd (Pokiston) 3,0 2023-yil II chorak 2025-yil Sirdaryo viloyati (1 ta loyiha) 7,0 6. Oshqozon-ichak yoʻli kasalliklarini davolash uchun dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish NCG Engineering (Koreya) 7,0 2023-yil I chorak 2024-yil Respublikaning boshqa hududlarida (7 ta loyiha) 500,0 7. Onkologik kasalliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 62,0 2023-yil II chorak 2026-yil 8. Gormonal preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 48,0 2023-yil II chorak 2026-yil 9. Vaksinalar ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 59,0 2023-yil II chorak 2026-yil 10. Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 47,0 2023-yil II chorak 2026-yil 11. Qon plazmasi asosida dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 85,0 2023-yil II chorak 2026-yil 12. Monoklonial antitanachalar asosida innovatsion biovositalar ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 147,0 2023-yil II chorak 2026-yil 13. Yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 52,0 2023-yil II chorak 2026-yil
* Loyihaning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan loyiha hujjatga asosan aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 4-ILOVA
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha
KOMISSIYA TARKIBI
1. J.A. Xodjayev — Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya rahbari 2. A.Sh. Inoyatov — sogʻliqni saqlash vaziri 3. U.A. Egamov — Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori 4. A.B. Voitov — qishloq xoʻjaligi vaziri 5. N.Q. Xolmurodov — investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari 6. B.B. Xodjayev — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 7. N.J. Bakirov — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori 8. B.T. Norqobilov — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi 9. D.S. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil 10. D.N. Sattarov — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori 11. A.A. Akbarjonov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi 12. U.S. Salixbayeva — “Dori-darmon” kompaniyasi boshqaruv raisi 13. K.S. Rizayev — Toshkent farmatsevtika instituti rektori 14. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi inv?stitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari 15. D.T. Sultanov — Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 5-ILOVA
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha
“yoʻl xaritasi”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1. “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi”ni yaratish. 1. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligida “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi”ni yaratish. 2. “Farmatsevtika sohasida muvofiqlikni baholash qoidalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat 2022-yil aprel Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Sattarov) 2. “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi” ekspertlarining muvofiqlikni baholovchi tegishli organlarni akkreditatsiyadan va texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdagi muntazam ishtiroki amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 1. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda ishtirok etish uchun daʼvogar boʻlgan muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan va texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash uchun texnik ekspertlarni tanlash. 2. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda ishtirok etish uchun daʼvogar boʻlgan muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan va texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashda tegishli ekspertlarning muntazam ishtirokini taʼminlash. Chora-tadbirlar 2022-yil mart Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 3. Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarining postmarketing nazoratini amaliyotga joriy etish. “Dori vositalarining postmarketing nazoratini amalga oshirish qoidalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoraviy hujjat 2022-yil mart Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 4. Oʻzbekiston Respublikasida “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot bazasini yaratish. 1. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK qoshida ushbu korxonaning xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlari hisobidan “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot tizimini yaratish. 2. Dori vositalarining nojoʻya taʼsirlari boʻyicha olingan maʼlumotlarni muntazam ravishda “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot tizimiga kiritish yoʻli bilan “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot bazasini yaratish. Chora-tadbirlar 2022-yil aprel Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 5. Oʻzbekiston Respublikasidagi klinik bazalar faoliyatining “Zarur klinik amaliyoti (GCP)” talablari asosida faoliyat olib borishini taʼminlash. Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tomonidan klinik bazalar faoliyatining “Zarur klinik amaliyoti (GCP)” talablari asosida faoliyat olib borilishini muvofiqlashtirish. Chora-tadbirlar 2022-yil fevral Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 6. Klinik tadqiqot bazalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. 1. “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablari bosqichma-bosqich joriy qilinadigan klinik tadqiqot bazalari roʻyxatini shakllantirish. 2. “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga javob beruvchi klinik bazalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish. Chora-tadbirlar 2022-yil mart Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 7. Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talabi asosida qisqa va uzoq muddatli prognozlarni shakllantirib borish. 1. Aholi salomatligi skriningi va diagnostika natijalaridan kelib chiqqan holda mamlakatda farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan kamida 5 yillik talab va ehtiyojni aniqlash. 2. 2022 — 2026-yillarda farmatsevtika mahsulotlari taʼminoti rejasini ularning moliyalashtirish manbalari aks ettirilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Mazkur rejani Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining internet saytlarida joylashtirish. 4. Reja natijasi boʻyicha doimiy ravishda qisqa va uzoq muddatli prognozlarni shakllantirib borish tizimini yaratish. Chora-tadbirlar 2022-yil aprel Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 8. Sogʻliqni saqlash tizimida davolash standartlarini ilm-fan va innovatsiya yutuqlariga tayangan holda takomillashtirish tizimini yaratish. 1. Sogʻliqni saqlash tizimida har bir nozologiya yoʻnalishidagi davolash standartlarining tahlilini oʻtkazish. 2. Davolash standartlarining samaradorligini oshirish maqsadida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini doimiy ravishda mazkur standartlarga tatbiq qilib borishning samarali tizimini joriy etish. Chora-tadbirlar 2022-yil aprel Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 9. Autsorsing asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni takomillashtirish. 1. Autsorsing qiluvchi tashkilotlarning buyurtmasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar quvvatlarida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni joriy etish. 2. Autsorsing qiluvchi tashkilotlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning samarali mexanizmini joriy etish. Hukumat qarori loyihasi 2022-yil may Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 10. Oʻzbekiston Respublikasida donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirishning qonuniy asoslarini yaratish. 1. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiqni bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun loyihasi 2022-yil aprel Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 11. Oʻzbekiston Respublikasida tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilishni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish cheklanmagan muddatga amalga oshirishni oshirishning qonuniy asoslarini yaratish. 1. Tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilishni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish cheklanmagan muddatga amalga oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun loyihasi 2022-yil aprel Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 12. Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalari klinik tadqiqotlarining sogʻlom koʻngillilarda oʻtkazilishining qonuniy asoslarini yaratish. 1. Dori vositalari klinik tadqiqotlarining sogʻlom koʻngillilarda ham oʻtkazilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun loyihasi 2022-yil aprel Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 13. Farmatsevtika texnik universitetining belgilangan muddatlarda faoliyatini boshlashini taʼminlash. 1. Farmatsevtika texnik universiteti faoliyatining boshlanish muddati, moliyalashtirish manbalari va xarajatlari, taʼlim yoʻnalishlari hamda vaqtinchalik joylashuv masalasini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Hukumat qarori loyihasi 2022-yil fevral Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) 14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligida “Farmakopeya markazi”ni tashkil etish. 1. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tarkibidagi Farmakopeya qoʻmitasini Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Farmakopeya markazi” Davlat unitar korxonasi shaklida qayta tashkil etish. Hukumat qarori loyihasi 2022-yil mart Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5707-son Farmoni 4-bandining birinchi xatboshisida “2022-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari “2024-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5229-son Farmoni 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2647-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 2 — 5, 8 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 6-bandning uchinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3137-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “davlat” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha litsenziyalovchi organlar qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixonalarning yagona manzillar reyestri va xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning reyestridagi maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar portaliga doimiy ravishda kiritib borsin”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4574-son qarorida:
a) 1-bandda “Qibray tumanida” soʻzlari “Zangiota tumanida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning birinchi xatboshisi “jamgʻarmasi” soʻzidan keyin “va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 9-bandda:
ikkinchi xatboshida “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “Qibray tumanida” soʻzlari “Zangiota tumanida” hamda “43,75 gektar” soʻzlari “130 gektar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
