Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-85-son)
14.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagida “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida umumiy quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlanganligi;
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) gʻolib deb topilganligi;
v) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nur Sherabad Solar PV” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 2-avgustda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 260 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 2-avgustda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) hamda 2022-yil 25-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanganligi va ularga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 45,6 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng Loyiha kompaniyasi ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv maʼqullansin.
Imzolangan oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning asosiy koʻrsatkichlariga, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun oʻrnatilgan tarif miqdori hamda loyiha bilan bogʻliq boshqa parametrlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim va unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuvda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSH dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor, Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
6. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
7. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, xorijiy kreditorlar loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan tavakkalchilikni boshqarish talablariga muvofiq, quyidagi huquqlar berilsin:
kredit olish, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan xorijiy valyutada kredit tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
9. Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish hamda bino va inshootlar poydevorlarini loyihalash normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim qoidalariga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qoʻyilsin.
10. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasini hamda fotoelektr stansiyasi faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer maydonlarining, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan:
fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga berilishini taʼminlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
101. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining fotoelektr stansiyasi, podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joylashtirish uchun ajratilgan Surxondaryo viloyati Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlaridagi mazkur qarorga ilovaga muvofiq 642,99 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Surxondaryo viloyati hokimligi 2023-yil 1-yanvarga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
102. Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
11 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
12. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
13. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-yanvar,
PQ-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-85-son qaroriga ILOVA
“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida umumiy quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Hudud nomi Kontur raqami Jami yer uchastkasi (gektar) Shundan: Tuproq ball boniteti Sugʻoriladigan ekin yerlar Yaylov yerlar Fotoelektr stansiyasi va podstansiya qurish uchun Sherobod tumani “Tallashqon” massivi 803q 2,00 1,90 baholanmagan 804q 3,60 3,40 baholanmagan 805q 15,30 14,80 baholanmagan 806q 10,70 10,10 baholanmagan 808q 3,70 3,50 baholanmagan 805a q 1,20 1,10 baholanmagan 810q 40,96 40,40 baholanmagan 811q 9,45 8,90 baholanmagan 812q 3,80 3,60 baholanmagan 813q 1,60 1,50 baholanmagan 810a q 6,70 5,90 baholanmagan 816q 1,4 1,30 baholanmagan 817q 0,85 baholanmagan 821q 30,9 30,9 baholanmagan 847q 14,5 13,94 baholanmagan 781q 84,17 83,10 baholanmagan 858q 52,91 50,46 baholanmagan 788q 23,75 23,22 baholanmagan 786q 2,05 1,82 baholanmagan 786a q 1,39 1,26 baholanmagan 794q 2,85 2,66 baholanmagan 796q 7,19 0,61 baholanmagan 799q 13,36 13,36 baholanmagan 829q 1,61 1,49 baholanmagan 830q 8,33 8,33 baholanmagan 823q 11,84 11,23 baholanmagan 824q 11,39 11,25 baholanmagan 839a q 94,76 92,76 baholanmagan 844q 6,49 6,27 baholanmagan 843a q 6,42 6,14 baholanmagan 859a q 7,83 7,56 baholanmagan 874q 40,30 39,80 baholanmagan 872q 26,27 25,80 baholanmagan 873q 1,80 1,70 baholanmagan 876q 3,50 3,50 baholanmagan 870q 4,17 3,92 baholanmagan 867q 6,72 6,40 baholanmagan 864q 1,85 1,71 baholanmagan 863a q 3,09 2,90 baholanmagan 863q 11,74 11,38 baholanmagan 862a q 4,45 4,22 baholanmagan 838a q 2,34 2,22 baholanmagan 862q 8,01 7,68 baholanmagan 822q 1,98 1,88 baholanmagan 838q 11,16 10,93 baholanmagan 778q 3,07 2,85 baholanmagan 884q 2,28 2,20 baholanmagan 814q 11,0 11,0 baholanmagan 706q 4,29 baholanmagan Jami 631,02 602,85 Havo elektr uzatish tarmoqlari qurish uchun Sherobod tumani “Oʻzbekiston” massivi 712q 0,9 0,9 53 715q 722q 54 723q 52 726q 51 728a q 51 728q 51 786q 52 788q 52 789q 52 781q 52 Hudud boʻyicha jami 0,9 0,9 Sherobod tumani “V. Qodirov” massivi 909q 2,3 2,3 53 912q 52 915q 51 912q 51 949q 51 96q 51 963k q 52 963q 53 966q 53 972q 52 972a q 52 983q 51 986q 51 986a q 51 989q 53 998q 51 1001q 51 1010q 51 1013q 51 2029q 55 1029a q 55 650q 55 609q 55 Hudud boʻyicha jami 2,3 2,3 Sherobod tumani “Tallashqon” massivi 703q 1,6 1,6 51 705q 51 642q 51 648q 52 644q 52 517q 52 512q 52 510q 48 531q 51 532q 52 535q 51 535b q 51 543q 52 543b q 51 564q 50 559q 48 560q 48 Hudud boʻyicha jami 1,6 1,6 Sherobod tumani “E. Berdiyev” massivi 1086a q 2,0 2,0 50 1178q 49 1110q 49 1118q 49 1118a q 49 1130q 49 1123q 51 1046q 51 1044q 51 1043q 49 989q 51 995q 50 961q 52 991q 51 962q 51 968q 51 966q 51 968q 51 Hudud boʻyicha jami 2,0 2,0 Qiziriq tumani “Oxunboboyev” massivi 714q 0,25 0,25 55,2 738q 51,6 746q 68,8 749q 68,8 Hudud boʻyicha jami 0,25 0,25 Qiziriq tumani “Yangi yul” massivi 754q 2,1 2,1 40,2 757q 40,2 785q 40,2 788q 40,2 789q 40,2 790q 47,2 828q 47,2 823q 47,2 848q 52,6 839q 50 841q 50 842q 50 908q 52,6 911q 49,5 915q 45,5 916q 48,2 917q 48,2 945q 53,7 949q 53,7 969q 53,7 971q 53,7 973q 53,7 996q 42,5 1000q 42,5 1030q 48,2 1033q 44,2 1049q 48,2 1052q 48,2 1051q 48,2 1066q baholanmagan Hudud boʻyicha jami 2,1 2,1 Jarqoʻrgʻon tumani “T. Shoburov” massivi 175q 5,0 5,0 baholanmagan 183q 6,30 6,30 baholanmagan 181q 1,50 1,50 baholanmagan 182a q 1,0 1,0 baholanmagan 182q 1,80 1,80 baholanmagan 138q 1,50 1,50 baholanmagan 138a q 1,10 1,10 baholanmagan 221q 2,82 2,82 baholanmagan 149a q 0,30 0,30 baholanmagan 162a q 1,15 1,15 baholanmagan 163q 0,30 0,30 baholanmagan 158q 0,87 0,87 baholanmagan Hudud boʻyicha jami 23,64 23,64 Jarqoʻrgʻon tumani Jarqoʻrgʻon shahri b/k 7,35 7,35 baholanmagan Hudud boʻyicha jami 7,35 7,35 Jami 40,14 9,15 30,99 Loyiha boʻyicha jami 671,16 9,15 633,84
