36-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq xoʻjalik aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Fermer xoʻjaligining va uning aʼzolarining, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
602-I-son
