32-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish asoslari
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmagan boʻlsa;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
yer uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va yerdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati boʻlmaganda;
erdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past boʻlganda;
yerlarning ekologik holati yomonlashganda;
yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼlon qilinganda;
ijara haqi belgilangan muddatlarda muttasil toʻlanmay kelinganda;
fermer xoʻjaligi yer olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida xoʻjalik-ishlab chiqarish faoliyatiga kirishmagan boʻlsa;
fermer xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilganda;
shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan yerni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda.
