Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (3299-1-son)
14.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3299-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 27-apreldagi 26-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3299, 2021-yil 7-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3299/0438-son) bilan tasdiqlangan Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-dekabr,
80-son
Kelishildi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2021-yil 23-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari V. TURABOV
2021-yil 22-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 80-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Tuman va shahar hokimliklari tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib boradi.”.
2. Mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 16-ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalarga ILOVA
“Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha
MAʼLUMOT
____________________ tuman (shahar) ____________ (oy) 20__ yil 1-jadval T/r Koʻrsatkich nomi Summa (ming soʻm) 1. Yil boshiga qoldiq 2. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar* 3. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar** 3.1. Tadbirlarni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarga bajarilgan ishlar uchun toʻlangan mablagʻlar 3.2. Tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan, biroq pudratchi tashkilotlarga toʻlab berilmagan qoldiq mablagʻlar 4. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidagi qoldiq mablagʻlar 2-jadval T/r Bajarilgan tadbirlar nomi Moliyalashtirilgan takliflar soni koʻrsatkichlar oʻlchov birligi miqdori sarflangan mablagʻlar 1. Hududiy ichki yoʻllar umumiy uzunligi 2. Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash soni 3. Maktabgacha taʼlim muassasalarini taʼmirlash va jihozlash soni 4. Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash soni 5. Boshqa ijtimoiy soha muassasalarini taʼmirlash va jihozlash soni 6. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash umumiy uzunligi 7. Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish chiroqlar soni 8. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlar soni 9. Boshqa tadbirlar soni jami X X
Izoh:
* Ushbu qatorda mazkur maʼlumotning 1-ilovasidagi Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga haqiqatda oʻtkazilgan mablagʻlar ustunining Jami ajratiladigan mablagʻlar qatoridagi mablagʻlar aks ettiriladi.
** Ushbu qatorda mazkur maʼlumotning 2-ilovasidagi Ajratilgan mablagʻlar ustunining jami qatoridagi mablagʻlar aks ettiriladi.
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotga 1-ILOVA
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirilishi yuzasidan
MAʼLUMOT
___________________tuman (shahar) ____________ (oy) 20__ yil T/r Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga haqiqatda oʻtkazilgan mablagʻlar Farqi Izoh 1-chorak 2-chorak 3-chorak 4-chorak 1. Tuman (shahar) budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi miqdorida ajratiladigan mablagʻlar 2. Tuman (shahar) budjetining qoʻshimcha manbalarining 30 foizi miqdorida ajratiladigan mablagʻlar 2.1. Shu jumladan erkin qoldiq mablagʻlari 2.2. daromadlarning hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismi 2.3. davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar 2.4. elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar 2.5. budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar 3. Jami ajratiladigan mablagʻlar
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotga 2-ILOVA
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan
MAʼLUMOT
_____________________tuman (shahar) ______________ (oy) 20__ yil T/r Tadbirning xos raqami (ID) Jami toʻplangan ovozlar soni shundan Tadbirning qisqacha mazmuni (sohasi) Tadbirning moliyalashtirilishi (ming soʻm) onlayn ovozlar oflayn ovozlar SMS orqali Tadbirni moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq Tadbirning fuqaro tomonidan kiritilgan dastlabki qiymati Tadbirni amalga oshirish qiymati* Ajratilgan mablagʻlar Bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilgan mablagʻlar Qoldiq mablagʻlar 1. 2. 3. ... Jami:
Izoh:
* Tadbirni amalga oshirish qiymati ustunida loyiha-smeta hujjatlariga asosan pudratchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomada tadbirni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan qiymat aks ettiriladi.”.
