“Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (800-son)
31.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qarori ijrosini taʼminlash hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirish, shu asosida yangi ekologik toza generatsiya quvvatlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Vazirlar Mahkamasining “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi 44-son qaroriga asosan:
qiymati ekvivalentda 36,03 million yevroga teng “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslanuvi tasdiqlanganligi, unda Rossiya Federatsiyasi “VEB.RF” davlat taraqqiyot korporatsiyasining (keyingi oʻrinlarda — “VEB.RF”) 28,3 million yevro miqdorida imtiyozli krediti berilishi nazarda tutilganligi;
investitsiya loyihasini moliyalashtirish maqsadida “VEB.RF” va “Turonbank” ATB oʻrtasida kredit liniyasini ochish shartnomasi, shuningdek, “Turonbank” ATB va “Oʻzbekgidroenergo” AJ oʻrtasida kredit shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — kredit kelishuvlari) imzolanganligi;
investitsiya loyihasini “tayyor holda topshirish” sharti asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan Rossiya Federatsiyasining “Silovie mashini — ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 33,3 million yevroga teng shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) imzolanganligi;
b) “Gidroproyekt” AJ tomonidan umumiy qiymati ekvivalentda 16,3 million yevroga teng “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanuvi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJning kredit kelishuvlari shartlari doirasida “Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasiga almashtirish hamda kredit kelishuvlari va shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. “Turonbank” ATBga investitsiya loyihasi doirasida imzolangan kredit kelishuvlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlarni kiritish tavsiya etilsin.
4. Moliya vaziriga mazkur qarordan kelib chiqib:
“Turonbank” ATBning “VEB.RF” oldidagi majburiyatlari boʻyicha “VEB.RF” uchun maqbul shaklda;
“VEB.RF”ning qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan “Oʻzbekgidroenergo” AJning “Turonbank” ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha investitsiya loyihasi doirasida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatiga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
5. Adliya vazirligi, zaruratga koʻra, “Turonbank” ATBning “VEB.RF” oldidagi majburiyatlariga oid Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati boʻyicha “VEB.RF” bilan tuzilgan kredit liniyasini ochish shartnomasida koʻzda tutilgan shaklga muvofiq yuridik xulosa bersin.
6. Andijon viloyati hokimligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi qarorning ushbu bandiga asosan ajratilgan yer uchastkasini “Oʻzbekgidroenergo” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi 44-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-dekabr,
800-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 800-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi 44-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISHLAR
1. Qarorning nomidagi va 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Dargʻom kanalida Bogʻishamol 2-kichik GES qurilishi” soʻzlari “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. 1-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Samarqand viloyatida “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi” va Andijon viloyatida “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) amalga oshirish doirasida”;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) umumiy qiymati ekvivalentda 33,4 mln yevroga teng investitsiya loyihalarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslanuvi belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi”;
3. 2-bandda:
a) ikkinchi xatboshidagi “28,3 mln yevro” soʻzlari “26,1 mln yevro” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “7,7 mln yevro” soʻzlari “7,3 mln yevro” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1-bandning “a” kichik bandidagi, 2-bandning birinchi xatboshisidagi, 3-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshlaridagi, 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “investitsiya loyihasi” soʻzlari “investitsiya loyihalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5. 4-bandning uchinchi xatboshsidagi “investitsiya loyihasi” soʻzlari “Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi” va Andijon viloyatida “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi” va “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
T/r Komponentning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbalari: “VEB.RF” krediti Oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati* ekv. ming yevro 33 386,6 26 115,9 7 270,7 2. Jami kapital qoʻyilmalar summasi, shu jumladan: ekv. ming yevro 33 386,6 26 115,9 7 270,7 2.1. mashina va uskunalar ming yevro 21 340,1 17 908,6 3 431,5 chet el valyutasida ming yevro 21 340,1 17 908,6 3 431,5 milliy valyutada ekv. ming yevro 2.2. qurilish-montaj ishlari ming yevro 9 393,3 7 893,1 1 500,2 chet el valyutasida ming yevro 9 393,3 7 893,1 1 500,2 milliy valyutada ekv. ming yevro 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar** ekv. ming yevro 692,4 692,4 chet el valyutasida ming yevro 522,5 522,5 milliy valyutada ekv. ming yevro 169,9 169,9 2.4. boshqa xarajatlar ekv. ming yevro 1 960,8 314,3 1 646,5 chet el valyutasida ming yevro 379,4 314,3 65,1 milliy valyutada ekv. ming yevro 1 581,4 1 581,4
Izoh.* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar imzolanishi natijasiga koʻra aniqlanadi.
** Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar kredit oʻzlashtirilishining amaldagi sanasi va summasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi”.
7. 1a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi” va “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
ming yevro T/r Loyiha nomi Loyiha quvvati, MVt Amalga oshirish muddati Loyihaning umumiy qiymati Shu jumladan: Shartnoma qiymati * qurilish-montaj ishlari investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar boshqa xarajatlar uskunalar qiymati Jami Shu jumladan: VEB.RF kredit oʻz mablagʻlari 1. Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi 6,40 2020-yil I kv. — 2022-yil IV kv. 17 123,7 5 180,7 342,1 906,8 10 694,1 15 874,8 13 493,6 2 381,2 2. Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi * 6,90 2021-yil III kv. — 2023-yil IV kv. 16 262,9 4 212,6 350,3 1 054,0 10 646,0 15 238,0 12 622,4 2 615,6 JAMI 13,30 33 386,6 9 393,3 692,4 1 960,8 21 340,1 31 112,8 26 115,9 4 996,9
Izoh.
*Loyihaning yakuniy qiymati tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma imzolanishi natijasiga koʻra aniqlanadi”.
8. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dargʻom kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi” va “Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 kichik GES qurilishi” investitsiya loyihalari doirasida jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlash
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 26 115,9 ming yevro Qarz muddati 10 yil shu jumladan, imtiyozli muddat 3 yil Foiz stavkasi 1,85% yillik Qayta moliyalashtiruvchi bank marjasi 0,20% yillik Kafolat uchun komissiya 0,10% yillik Majburiyat uchun komissiya 0,25% qarz miqdorining ishlatilmagan qismidan Tashkillashtirish uchun bir martalik komissiya 0,25% ming yevro Toʻlov sanasi** Asosiy qarz toʻlovi Foizlar summasi, bank marjasi bilan birga* Tashkillashtirish uchun komissiya summasi* Kafolat uchun komissiya summasi* Majburiyat uchun komissiya summasi* Jami toʻlanadigan summa 2021-yil 1-avgust 364,7 65,3 17,8 50,1 497,9 2023-yil 1-sentabr 1 865,4 271,4 13,2 2 150,0 2024-yil 1-mart 1 865,4 247,9 12,1 2 125,4 2024-yil 1-sentabr 1 865,4 231,3 11,3 2 108,0 2025-yil 1-mart 1 865,4 208,6 10,2 2 084,2 2025-yil 1-sentabr 1 865,4 192,8 9,4 2 067,6 2026-yil 1-mart 1 865,4 170,7 8,3 2 044,4 2026-yil 1-sentabr 1 865,4 154,2 7,5 2 027,2 2027-yil 1-mart 1 865,4 132,7 6,5 2 004,6 2027-yil 1-sentabr 1 865,4 115,7 5,6 1 986,7 2028-yil 1-mart 1 865,4 95,3 4,7 1 965,4 2028-yil 1-sentabr 1 865,4 77,1 3,8 1 946,3 2029-yil 1-mart 1 865,4 56,9 2,8 1 925,1 2029-yil 1-sentabr 1 865,4 38,6 1,9 1 905,9 2030-yil 1-mart 1 865,4 19,0 0,9 1 885,3 JAMI 26 115,9 2 376,8 65,3 115,9 50,1 28 724,1
Izoh.
* Qarzni haqiqatda oʻzlashtirish sanasiga bogʻliq holda foiz va komissiya toʻlovlari summalariga aniqlik kiritiladi.
** Toʻlov sanasiga loyihani moliyalashtirish boʻyicha imzolangan moliyaviy shartnoma shartlariga asosan aniqlik kiritiladi”.
