“9-modda. Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-743-son) · Sana: 11.01.2022 · Amalda
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati tizimini:
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari;
tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlari;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti deb yuritiladi);
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va viloyatlardagi chigirtkaga va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari;
“Biosifat” respublika markazi;
oʻsimliklar karantini boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punkti tashkil etadi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organidir.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga boʻysunadi.
Tumanlar va shaharlarning oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari, oʻsimliklar karantini boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punkti tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga boʻysunadi.
