Chiroqchi tumani “Chiljivut”, “Xumo”, “Umakay”, “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida yangi mahalla fuqarolar yigʻinlarini tuzish toʻgʻrisida (VI-44-8-4-66-K/21-son)
08.10.2021
Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining
qarori
“Chiljivut” mahalla fuqarolar yigʻinining 2020-yil 25-dekabrdagi 12/05-sonli, “Xumo” mahalla fuqarolar yigʻnining 2020-yil 4-dekabrdagi 12/12-sonli, “Umakay” mahalla fuqarolar yigʻnining 2020-yil 14-martdagi 3/1-sonli, “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yigʻnining 2020-yil noyabrdagi 11-sonli bayonnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qaroriga muvofiq Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tumandagi “Chiljivut”, “Xumo”, “Umakay”, va “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida yangi mahalla fuqarolar yigʻinlari tuzilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasiga asosan yangi tuzilayotgan mahallalarga “Xalqabod”, “Iftixor”, “Quchqorbuloq”, va “Dustlik” nomi berilsin.
3. Chiroqchi hokimi oʻrinbosari (Sh. Chorshanbiyev), tuman Statistika boʻlimi boshligʻi (N. Nazarov), tuman Davlat xizmatlari markazi (B. Togʻayev) va boshqa tegishli mutasaddilar bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (Sh. Chorshanbiyev), tuman IIB boshligʻi (A. Beshimqulov) bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan yangi tuzilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga oʻzgartirishlar kiritish;
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga dumaloq muhr va tamgʻa yasash; mahalla fuqarolar yigʻinlariga INN raqami ochish uchun ruxsatnoma berish;
mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirish choralarini koʻrsin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosarlari (U. Abdiraximov, Sh. Chorshanbiyev) bilan birgalikda:
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga nomi yozilgan koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida oʻrnatish;
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarini maʼmuriy bino va kerakli jihozlar bilan taʼminlash vazifasi topshirilsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (Sh. Maxmatqulov) yangi mahalla fuqarolar yigʻinlari tashkil etilayotganligi munosabati bilan mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi, raisning obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha hamda oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimiga qoʻshimcha shtat birliklari kiritsin.
7. Tuman hokimi oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi (Sh. Chorshanbiyev), tuman Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (T. Safarov)ga yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining talablari asosida mahalla hududida, koʻchalarda vakillar yigʻilishlari oʻtkazilib, saylov yigʻilishiga vakillar normasi asosida vakillar saylash, mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ni saylovini oʻtkazish uchun kamida 3 nafardan munosib kadrlar zaxirasini shakllantirib, tuman hokimiga taklif kiritish vazifasi yuklatilsin.
8. Tuman “Chiroqchi” gazetasi tahririyati (H. Egamberdiyev) mazkur qarorni gazetada rasmiy eʼlon qilsin hamda tuman hokimligi Axborot xizmati xokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
9. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. DJURAYEV
Chiroqchi t.,
2021-yil 8-oktabr,
VI-44-8-4-66-K/21-son
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 8-oktabrdagi VI-44-8-4-66-K/21-son qaroriga 1-ILOVA
Chiroqchi tuman “Qumdaryo” MFYning 2021-yil 1-iyul xolatiga koʻra aholi va xonadonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r MFY nomi 01.01.2021-yil jami aholi soni Boʻlingandan keyin aholi soni Shundan 02 yosh bolali oilalar 14 yosh bolali oilalar Kam taʼminlangan 1. Qumdaryo 10 080 7 080 484 779 90 2. Doʻst 3 000 205 317 35 Jami 10 080 689 1 096 125
Chiroqchi tuman “Chiljivut” MFYning 2021-yil 1-iyul xolatiga koʻra aholi va xonadonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r MFY nomi 01.01.2021-yil jami aholi soni Boʻlingandan keyin aholi soni Shundan 02 yosh bolali oilalar 14 yosh bolali oilalar Kam taʼminlangan 1. Chiljivut 5 658 3 147 141 242 90 2. Xalqobod 2 511 128 169 25 Jami 5 658 269 411 115
Chiroqchi tuman “Xumo” MFYning 2021-yil 1-iyul xolatiga koʻra aholi va xonadonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r MFY nomi 01.01.2021-yil jami aholi soni Boʻlingandan keyin aholi soni Shundan 02 yosh bolali oilalar 14 yosh bolali oilalar Kam taʼminlangan 1. Xumo 7 029 3 670 349 894 131 2. Iftixor 3 359 373 998 153 Jami 7 029 722 1 892 284
Chiroqchi tuman “Umakay” MFYning 2021-yil 1-iyul xolatiga koʻra aholi va xonadonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r MFY nomi 01.01.2021-yil jami aholi soni Boʻlingandan keyin aholi soni Shundan 02 yosh bolali oilalar 14 yosh bolali oilalar Kam taʼminlangan 1. Umakay 5 685 3 248 165 552 50 2. Qoʻchqor buloq 2 437 140 398 33 Jami 5 685 305 950 83
