Chiroqchi tumani “Torjilgʻa”, “Uymavut”, “Olmazor”, “Mustaqillik”, “Chiyal” “Arabbandi” va “Mirzatup” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida yangi mahalla fuqarolar yigʻinlarini tuzish toʻgʻrisida (VI-57-23-4-66-K/21-son)
13.12.2021
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining
qarori
“Torjilgʻa” mahalla fuqarolar yigʻinining 2020-yil 28-yanvardagi 8-sonli, “Uymavut” mahalla fuqarolar yigʻnining 2020-yil 7-maydagi 5/2-sonli, “Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻnining 2021-yil 1-apreldagi 4/1-sonli, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻnining 2021-yil 25-yanvardagi 1-sonli, “Chiyal” mahalla fuqarolar yigʻnining 2021-yil 30-apreldagi 4/1-sonli, “Arabbandi” mahalla fuqarolar yigʻnining 2018-yil 22-dekabrdagi 12/1-sonli va “Mirzatup” mahalla fuqarolar yigʻnining 2020-yil 2-fevraldagi 1/2-sonli bayonnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qaroriga muvofiq xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tumandagi “Torjilgʻa”, “Uymavut”, “Olmazor”, “Mustaqillik”, “Chiyal”, “Arabbandi” va “Mirzatup” mahalla fuqarolar yigʻinlaridan yangi mahallalar tuzilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasiga asosan yangi tuzilayotgan mahallalarga “Yashiltepa”, “Manguyurt”, “Obu-hayot”, “Bolsuvar”, “Davr” va “Farovon kelajak” nomi berilsin.
3. Chiroqchi hokimi oʻrinbosari (Sh. Chorshanbiyev), tuman Statistika boʻlimi boshligʻi (N. Nazarov), tuman Davlat xizmatlari markazi (B. Togʻayev) va boshqa tegishli mutasaddilar bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (Sh. Chorshanbiyev), tuman IIB boshligʻi (A. Beshimqulov) bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan yangi tuzilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga oʻzgartirishlar kiritish;
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga dumaloq muhr va tamgʻa yasash; mahalla fuqarolar yigʻinlariga STIR raqami ochish uchun ruxsatnoma berish;
mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirish choralarini koʻrsin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosarlari (U. Abdiraximov, Sh. Chorshanbiyev) bilan birgalikda:
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga nomi yozilgan koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida oʻrnatish;
yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarini maʼmuriy bino va kerakli jihozlar bilan taʼminlash vazifasi topshirilsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (Sh. Maxmatqulov) yangi mahalla fuqarolar yigʻinlari tashkil etilayotganligi munosabati bilan mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi, raisning obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha hamda oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimiga qoʻshimcha shtat birliklari kiritsin.
7. Tuman hokimi oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi (Sh. Chorshanbiyev), tuman Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (T. Safarov)ga yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining talablari asosida mahalla hududida, koʻchalarda vakillar yigʻilishlari oʻtkazilib, saylov yigʻilishiga vakillar normasi asosida vakillar saylash, mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ni saylovini oʻtkazish uchun kamida 3 nafardan munosib kadrlar zaxirasini shakllantirib, tuman hokimiga taklif kiritish vazifasi yuklatilsin.
8. Tuman “Chiroqchi” gazetasi tahririyati (H. Egamberdiyev) mazkur qarorni gazetada rasmiy eʼlon qilsin hamda tuman hokimligi Axborot xizmati xokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
9. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash Raisi X. DJURAYEV
Chiroqchi t.,
2021-yil 13-dekabr,
VI-57-23-4-66-K/21-son
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 1-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r Boʻlinayotgan “Olmazor” MFY jami aholi soni Boʻlingan “Olmazor” MFYga qolgan aholi soni Yangi tashkil topgan “Obi hayot” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Boʻlinayotgan “Olmazor” MFY jami oila soni Boʻlingan “Olmazor” MFYga qolgan oila soni Yangi tashkil topgan “Obi hayot” F.oʻ.oʻ.b.o oila soni 1. 9 636 6 550 3 086 1 636 1 124 512
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 2-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r Boʻlinayotgan “Chiyal” MFY jami aholi soni Boʻlingan “Chiyal” MFYga qolgan aholi soni Yangi tashkil topgan “Davr” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Boʻlinayotgan “Chiyal” MFY jami oila soni Boʻlingan “Chiyal” MFYga qolgan oila soni Yangi tashkil topgan “Davr” F.oʻ.oʻ.b.o oila soni 1. 7 424 3 610 3 814 1 450 705 745
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 3-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r Boʻlinayotgan “Uymovut” MFY jami aholi soni Boʻlingan “Uymovut” MFYga qolgan aholi soni Yangi tashkil topgan “Mangu yurt” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Boʻlinayotgan “Uymovut” MFY jami oila soni Boʻlingan “Uymovut” MFYga qolgan oila soni Yangi tashkil topgan “Mangu yurt” F.oʻ.oʻ.b.o oila soni 1. 7006 3270 3736 1432 655 777
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 4-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r MFY nomi Aholi soni jami Yangi tashkil topgan “Farovon kelajak” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Oila soni jami Yangi tashkil topgan “Farovon kelajak” F.oʻ.oʻ.b.o oila soni 1. Arabbandi MFY 6 444 1 821 1 218 342 2. Mirzatup MFY 7 348 825 1 687 177 3. Yangi tashkil etilgan “Farovon kelajak” MFY 2 706 519
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 5-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r Boʻlinayotgan “Torjilgʻa” MFY jami aholi soni Boʻlingan “Torjilgʻa” MFYga qolgan aholi soni Yangi tashkil topgan “Yashiltepa” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Boʻlinayotgan “Torjilgʻa” MFY jami oila soni Boʻlingan “Torjilgʻa” MFYga qolgan oila soni Yangi tashkil topgan “Yashiltepa” F.oʻ.oʻ.b.o oila soni 1. 8 140 5 140 3 000 1 236 696 540
Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2021-yil 13-dekabrdagi VI-57-23-4-66-K/21-son qaroriga 6-ILOVA
Boʻlinayotgan va yangi tashkil etilayotgan F.oʻ.oʻ.b.o.ning aholi va xonadonlar soni toʻgʻrisida
T/r Boʻlinayotgan “Mustaqillik” MFY jami aholi soni Boʻlingan “Mustaqillik” MFYga qolgan aholi soni Yangi tashkil topgan “Bolsuvar” F.oʻ.oʻ.b.o aholi soni Boʻlinayotgan “Mustaqillik” MFY jami oila soni Boʻlingan “Mustaqillik” MFYga qolgan oila soni Yangi tashkil topgan “Bolsuvar” F.oʻ.oʻ.b.o. oila soni 1. 7 048 4 298 2 750 1 150 680 470
