6-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari
2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-742-son) · Sana: 30.12.2021 · Amalda
2022-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2022-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qatʼi nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
