Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning ishlab chiqarish meʼyorlarini belgilash toʻgʻrisida (791-son)
30.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qaroriga muvofiq hamda oʻrmon xoʻjaligi sohasida ishlovchi xodimlarning ishlab chiqarish meʼyorlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmonchilik yoʻnalishidagi xodimlarning soni meʼyorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmon boʻlimlari va oʻrmon uchastkalarini tashkil etish uchun talab etiladigan yer maydonining meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida boshqa yoʻnalishdagi xodimlarning soni meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari va xizmatchilarining shtat birliklari meʼyorlari 4-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarining shtat birliklari meʼyorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat oʻrmon xoʻjaliklari shtat birliklari sonini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirish 2022-yil 1-yanvardan amalga kiritiladigan shtat jadvallarida aks ettiriladi.
Bunda budjet hisobidan qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar 2022-2023-yillarda bosqichma-bosqich moliyalashtiriladi.
3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning Andijon filiali:
xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
ilmiy va rahbar xodimlari ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga hamda boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining ish haqi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-dekabr,
791-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmonchilik yoʻnalishidagi xodimlarning soni
MEʼYORLARI
Mutaxassislar lavozimiIshchi va xodimlar soni(birlik)Oʻrmonchilik yoʻnalishi boʻyichaOʻrmonshunos* (oʻrmonbegi)Togʻ (6500 gektargacha)1Choʻl (250000 gektargacha)1Vodiy (1500 gektargacha)1Toʻqay (1500 gektargacha)1Oʻrmon ustasi*Togʻ (6500 gektargacha)2Choʻl (250000 gektargacha)1Vodiy (1500 gektargacha)2Toʻqay (1500 gektargacha)1Yeger*Togʻ (6500 gektargacha)1Choʻl (250000 gektargacha)1Vodiy (1500 gektargacha)1Toʻqay (1500 gektargacha)1Oʻrmonchi* (qoʻriqchi)Togʻ (1500 gektarga)1Choʻl (3000 gektarga)1Vodiy (300 gektarga)1Toʻqay (300 gektarga)1Yordamchi ishchi** (Ishchi)Togʻ (1500 gektarga)2,8Choʻl (2000 gektarga)2,6Vodiy (10 gektarga)0,84Toʻqay (500 gektarga)2,6
* Shtat birliklarini saqlash budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
** Shtat birliklarini saqlashning 30 (oʻttiz) foizi budjet mablagʻlari hisobidan, 70 (yetmish) foizi budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Izoh.
Yordamchi ishchilarning meʼyorlari togʻ va choʻl hududlarida aholidan 50 km va undan ortiq uzoqlikda joylashgan hollarda 10 barobarga kam hisoblanadi.
Oʻrmonchi va yordamchi ishchilarning meʼyorlari togʻ va choʻl hududlarida aholidan 50 km va undan ortiq uzoqlikda joylashgan hamda davlat oʻrmon va oʻrmon ov xoʻjaligi balansida 500 ming gektardan ziyod maydon boʻlganda 30 barobarga kam hisoblanadi.
Oʻrmon ustasi lavozimi oʻrmon bilan qoplangan maydonlarga, yeger lavozimi ov qilishga ajratilgan maydonlarga nisbatan hisoblanadi.
Meʼyorlar belgilangan maydonlardan 25 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,25 barobarga, 50 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,5 barobarga, 0,75 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,75 barobarga kam hisoblanadi.
Ushbu meʼyorlar Toshkent viloyatidagi Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bogi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklariga tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmon boʻlimlari va oʻrmon uchastkalarini tashkil etish uchun talab etiladigan yer maydonlarining
MEʼYORLARI
T/r Nomi Oʻlchov birligi Oʻrmon fondi uchastkasining yer toifasi va joylashish zonasi Togʻ Choʻl Vodiy Toʻqay aholiga yaqin aholidan uzoq 1. Oʻrmon boʻlimi gektargacha 6500 25000 250000 1500 1500 2. Oʻrmon uchastkasi gektargacha 1500 5000 50000 300 300
Izoh.
Ushbu meʼyorlarni qoʻllashda davlat oʻrmon xoʻjaliklarning oʻrmon boʻlimi hududlari orasidagi masofa 15 km dan va oʻrmon uchastkalari hududlari orasidagi masofa 7 km dan kam boʻlmasligi lozim.
Davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari ushbu meʼyordan ortiq boʻlganda “Oʻrmon boʻlimi” va “Oʻrmon uchastkalari” mazkur meʼyordan kelib chiqib tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida boshqa yoʻnalishdagi xodimlarning soni
MEʼYORLARI
Oʻrmon barpo etish, koʻchat yetishtirish va urugʻchilik yoʻnalishi boʻyicha* Mutaxassislar lavozimi Ishchi va xodimlar soni (birlik) Agronom — ekin maydoni oʻlchami boʻyicha 75 gektargacha 0,15 75 — 150 gektargacha 0,25 150 — 225 gektargacha 0,33 225 gektardan yuqori 0,33 shtat birligiga 225 gektardan yuqori boʻlgan har 75 gektar uchun 0,15 shtat birligi qoʻshiladi Urugʻchilik boʻyicha agronom 1 (har bir urugʻchilikka ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarida) Garaj mexanigi 1 10 — 25 tagacha texnika birligiga (yuk mashinalari, yengil avtomobillar, mexanizm va boshqa texnikalar bilan birga) Ovchilik, chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha* Veterinariya vrachi Chorvachilik, ovchilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik yoʻnalishi mavjud xoʻjaliklarda 1 Zootexnik 30 shartli boshgacha 1 Mexanik (Chorvachilik) 1 10 — 25 tagacha texnika birligiga (sut sogʻish uskunalari hamda ozuqa tayyorlash va tarqatish mexanizmlari bilan birga) Baliqchilik yoʻnalishi boʻyicha* Baliqchi zootexnik 25 gektargacha 0,25 25 — 50 gektargacha 0,5 50 gektardan yuqori 0,5 shtat birligiga 50 gektardan yuqori boʻlgan har 25 gektar uchun 0,25 shtat birligi qoʻshiladi Oʻrmonchilik va oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish yoʻnalishi boʻyicha* Qishloq xoʻjaligi ekin turlari nomi Sugʻorish ishlarida 1 gektar hisobiga ishchi soni Agrotexnik tadbirlarda 1 gektar hisobiga ishchilar soni Daraxt va buta koʻchatlari yetishtirish 3,61 3,61 Paxta yetishtirish 0,33 0,5 Boshoqli don yetishtirish 0,1 0,1 Kartoshka yetishtirish 0,17 1,61 Sabzavot yetishtirishda 0,14 1,96 Poliz mahsulotlari yetishtirish 0,07 1,55 Meva yetishtirish 0,04 0,7 Uzum yetishtirish 0,04 1,0 Ozuqa ekinlari yetishtirish 0,08 0,08 Koʻchatchilik yoʻnalishi boʻyicha* Agrotexnik tadbirlar nomi 1 gektarga ishchilar soni, birlik Koʻchatxonani parvarishlash ishlari 2,8 Daraxt qalamchalari tayyorlash ishlari 0,4 Buta qalamchalarini tayyorlash 0,1 Daraxt va buta qalamchalarini saqlash 0,01 Koʻchatlarga shakl berish 0,3 Jami 3,61 Chorvachilik, asalarichilik, parrandachilik va baliqchilik yoʻnalishlari boʻyicha* Chorva va parranda nomi Oʻlchov birligi 1 ishchi uchun belgilangan meʼyor Yirik shoxli qoramol (goʻsht uchun) bosh 30 Yirik shoxli qoramol (sut uchun) bosh 40 Ot bosh 20 Tuya bosh 15 Qoʻy bosh 200 Joʻja bosh 1000 Tovuq, kurka bosh 600 Quyon bosh 200 Asalari oila 100 Baliq gektar 4,5
* Mazkur shtat birliklari tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan saqlanadi.
Izoh.
Mazkur meʼyorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda qoʻl kuchi bilan bajariladigan ishlarga jalb qilinadigan ishchilar hisobga olingan (yigim-terim davrida jalb qilinadigan ishchilar bundan mustasno).
Mazkur shtat birliklari koʻchatchilik, oʻrmon barpo etish, saqlash, qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida saqlanganda budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Meʼyorlarda belgilangan maydonlar 25 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,25 barobarga 0,50 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,5 barobarga, 0,75 foizga kam boʻlganda shtat birligi 0,75 foiz kam hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari va xizmatchilarining shtat birliklari
MEʼYORLARI
T/rLavozimlar nomiLavozimlarni joriy etish uchun meʼyorlarMeʼyoriy hisob(birlik)Boshqaruv xodimlari1.Direktor*Har bir tashkilotda12.Bosh oʻrmon inspektori (bosh oʻrmonbegi)*Oʻrmonzori mavjud har bir tashkilotda13.Direktor oʻrinbosari — chegara, tartib va kadrlar ishlari boʻyicha*Har bir qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hamda ovchilik (xizmat) qurollari mavjud tashkilotda14.Direktor oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi ishlari boʻyicha (bosh agronom)**Har bir qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash yoʻnalishidagi tashkilotda15.Bosh ovshunos*Har bir oʻrmon-ovchilik tashkilotida16.Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari*Har bir milliy tabiat bogʻlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba yoʻnalishidagi tashkilotda17.Bosh buxgalter*Har bir tashkilotda18.Bosh muhandis (mexanik)**Har bir 25 va undan ortiq birlikdagi oʻziyurar texnikalar mavjud boʻlgan tashkilotda19.Ilmiy kotib*Har bir milliy tabiat bogʻlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba yoʻnalishidagi tashkilotda110.Kadrlar boʻlimi boshligʻi*Har bir oʻrtacha yillik ishchilar soni 200 kishidan ortiq tashkilotda111.Maxsus ishlar boʻyicha muhandis* (maxsus boʻlim xodimi)Har bir qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hamda ovchilik qurollari mavjud tashkilotda112.Oʻsimliklarni biologik usulda himoya qilish laboratoriyasi mudiri**Har bir biolaboratoriyasi mavjud boʻlgan tashkilotda113.Oʻrmon pitomnigi boshligʻi (koʻchatxona boshligʻi)**Har bir oʻrmon pitomnigi (koʻchatxona) boʻlgan tashkilotda1Mutaxassislar14.Iqtisodchi*Har bir tashkilotda115.Yurist**Har bir tashkilotda116.Bosh mutaxassis**Har bir tashkilotda soha boʻyichaXoʻjalikning iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib17.Yetakchi mutaxassis**Har bir tashkilotda soha boʻyichaXoʻjalikning iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib18.Mutaxassis**Har bir tashkilotda soha boʻyichaXoʻjalikning iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib19.Kadrlar boʻyicha mutaxassis*Har bir oʻrtacha yillik ishchilar soni 30 kishidan ortiq va 200 kishidan kam tashkilotda120.Referent**Har bir tashkilotda soha boʻyichaXoʻjalikning iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha muhandis*Har bir oʻrtacha yillik ishchilar soni 50 kishidan ortiq tashkilotda122.Oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha muhandis*Har bir tashkilotda123.Davlat inspektori (oʻrmon inspektori)*Xar bir oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliliklari xamda milliy tabiat bogʻlarida124.Buxgalter**Har bir oʻrtacha yillik ishchilar soni 50 kishidan ortiq tashkilotda125.Shartnomalar boʻyicha mutaxassis**Har bir tashkilotda126.Mexanik-muhandis**Har bir 5 tadan ortiq oʻziyurar moslama mavjud boʻlgan tashkilotda127.Oʻrmonni saqlash va himoya qilish boʻyicha muhandis*5 ming gektargacha0,55 mingdan — 10 ming gektargacha0,7510 ming gektardan ortiq128.Oʻrmonlarni tiklash boʻyicha muhandis*Har bir oʻrmon ekinzorlari, oʻrmon urugʻlari plantatsiyalari va himoya qilinadigan oʻrmonzorlarning maydoni 5 gektardan ortiq tashkilotda129.Laborant**Har bir laboratoriyasi mavjud boʻlgan tashkilotda630.Veterinariya feldsheri**Har bir chorvachilik, ovchilik, baliqchilik, parrandachilik va asalarichilik yoʻnalishi mavjud boʻlgan tashkilotda131.Melioratsiya boʻyicha muhandis*Har bir sugʻoriladigan yerlari mavjud boʻlgan tashkilotda132.Eko va agroturizm boʻyicha mutaxassis**Har bir ekoturizm sohasi mavjud boʻlgan tashkilotda133.Agronom (provizor)**Har bir dorivorchilikka ixtisoslashgan tashkilotda134.Yongʻinning oldini olish boʻyicha muhandis*Har bir oʻrmonzori mavjud boʻlgan tashkilotda1Ishlab chiqarish xodimlari35.Sex boshligʻi**Har bir xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish sohasi mavjud boʻlgan (har bir sex uchun) tashkilotda136.Sex ustasi**Har bir xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish sohasi mavjud boʻlgan (har bir sex uchun) tashkilotda137.Yordamchi ishchi**Har bir xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish sohasi mavjud boʻlgan (har bir sexning dastgohi uchun) tashkilotda238.Oʻrmon uchastka mudirining yordamchisi** (oʻrmonbegi yordamchisi)Har bir 2 va undan ortiq uchastkasi mavjud boʻlgan oʻrmonzorlari boʻlgan boʻlimlarda139.Sex boshligʻi oʻrinbosari**Har bir uchastkada 2 va undan ortiq boʻlinma mavjud boʻlgan tashkilotda140.Biolog**Har bir tashkilotda141.Zoolog**Har bir tashkilotda1
* Shtat birliklarini saqlash budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
** Shtat birliklarini saqlash budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Izoh. Texnik va yordamchi xodimlar soni belgilangan tartibda meʼyoriy hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarining shtat birliklari
MEʼYORLARI
T/r Mutaxassislar lavozimi Ishchi va xodimlar soni (birlik) 1. Direktor 1 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1 3. Seleksiya, urugʻchilik va koʻchatchilik boʻlimi (ilmiy yoʻnalish boʻyicha) 2 4. Agrotexnika va oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi (ilmiy yoʻnalish boʻyicha) 2 5. Ilmiy ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish boʻlimi 2 6. Bosh oʻrmonbegi 1 7. Oʻrmon pitomnigi (koʻchatxona) boshligʻi 1 8. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiyot boʻlimi 2 9. Kadrlar ishlari boʻyicha mutaxassis 1 10. Oʻrmonchi 2 11. Yordamchi ishchilar 10
Izoh.
Texnik va yordamchi xodimlar soni belgilangan tartibda meʼyoriy hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Ilmiy-texnika loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida ilmiy va texnik xodimlar jalb qilinishi mumkin.
