“455-modda. Yigʻimlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-741-son) · Sana: 29.12.2021 · Amalda
Yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim;
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar, jumladan:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim”;
65) 4551-modda chiqarib tashlansin;
66) 456 — 458-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
