452-modda. Soliq stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-741-son) · Sana: 29.12.2021 · Amalda
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xomashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadi. Sement ishlab chiqarish uchun faqat koʻmirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qaʼri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
