“298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-741-son) · Sana: 29.12.2021 · Amalda
Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad (zarar) deb eʼtirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining yigirma oltinchi va yigirma yettinchi qismlariga hamda 307-moddasining yettinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv boʻyicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra toʻplangan qoʻshimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.
Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu Kodeksning 45-bobiga muvofiq soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladigan mol-mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
34) 305-moddaning oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.
Ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi”;
35) 306 va 307-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
