Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida (49-son)
28.01.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm boʻlimi hamda ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimi tugatilib, ular negizida ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi tuzilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-yanvar,
49-son
