Vazirlar Mahkamasining “budjetga toʻlovlar mexanizmini takomillashtirish va toʻlov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (473-son)
11.10.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qaroriga ilovani oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-oktabr,
473-son
