Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarning ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish haqida (KQ-286-IV-son)
09.12.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-25-sonli Farmoni (keyingi oʻrinlarda — Farmon) bilan Orolboʻyi mintaqasida mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar koʻrsatish sohalarida tadbirkorlik faoliyatini, oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, kichik sanoat zonalarini tashkil etish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksport hajmi oshirilishini yangi sifat bosqichiga olib chiqish bilan bogʻliq qator imtiyozlar belgilandi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi tadbirkorlik subyektlari uchun foyda va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, aylanmadan olinadigan hamda ijtimoiy soliq, shuningdek, mol-mulk, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari boʻyicha imtiyozlar berildi.
Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tadbirkorlik subyektlari uchun foyda va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar hamda bojxona bojidan ozod qilish bilan bogʻliq imtiyozlar berilishi nazarda tutildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
har chorakda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni Oliy Majlis Senatiga kiritib borsin;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan chora-tadbirlar uchun 2022-yil va undan keyingi yillar boʻyicha tasdiqlanadigan xarajatlar parametrlarida zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga har chorakda chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligining axborotini eshitib borish tavsiya etilsin.
4. Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi:
belgilangan chora-tadbirlarning masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirsin;
har chorakda joyiga chiqqan holda chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan oʻrganishlar olib borsin va aniqlangan kamchiliklar hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrsin, har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishining uzluksiz nazoratini taʼminlasin;
tasdiqlangan reja asosida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi rahbarlarining axborotini eshitib borsin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritib borsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 9-dekabr,
KQ-286-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 9-dekabrdagi KQ-286-IV-sonli qaroriga ILOVA
Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish
REJASI
T\r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijromuddati Masʼul ijrochilar 1. Amalga oshiriladigan ishlar va erishiladigan natijalarni ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta, Internet jahon axborot tarmogʻi) keng yoritib borish 1. Chora-tadbirl�rning amalga oshirilishi va ularning natijadorligini keng yoritish boʻyicha Senatning media-rejasini ishlab chiqish. 2022-yil yanvar Oliy Majlis Senati devonining Axborot xizmati, senatorlar 2. Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni rivojlantirish va erishilayotgan natijalar boʻyicha senatorlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar va davra suhbatlari oʻtkazish, intervyular berish, joylardan koʻrsatuvlar tayyorlash, shuningdek, maqolalar chop etishni taʼminlash. media reja asosida 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlardan imtiyozlar berilishini amalga oshirish choralarini koʻrish 1. Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar koʻrsatish sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun soliqlardan imtiyozlar berilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi 3. Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari hamda yangidan barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlardan, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va davlat bojlaridan imtiyozlar berilishini amalga oshirish choralarini koʻrish 1. Tuproqqalʼa, Yangiariq �a Yangibozor tumanlarida yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari hamda yangidan barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlardan, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va bojlardan imtiyozlar berilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 4. Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari boʻyicha imtiyozlar berilishini amalga oshirish choralarini koʻrish 1. Qiymati 50 mlrd soʻmdan 200 mlrd soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini, ular uchun zarur boʻladigan t?shqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda ularga Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 5. Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrish 1. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan 98 ta mahalla bilan tanishib chiqish. 2. Mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlarining olib borilishi va ularning moliyalashtirilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 3. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 4. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi 6. Temir yoʻl transportida yuk tashish boʻyicha imtiyozlar berilishini amalga oshirish choralarini koʻrish 1. Tadbirkorlik subyektlarining yuk tashish xarajatlarini qoplab berishning amalga oshirilishini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish choralarini koʻrish 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 45 ta va Xorazm viloyatida 40 ta yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Oʻr�anish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritish uchun tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yildan boshlab har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 8. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining axborotini eshitish 1. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2022-yil iyul Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yil avgust 3. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining axborotini eshitish. 2022-yil avgust 9. Chora-tadbirlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasida bajarilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining axborotini eshitish 1. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2022-yil noyabr Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2022-yil dekabr 3. Chora-tadbirlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasida bajarilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining axborotini eshitish. 2022-yil dekabr 10. Chora-tadbirlarning Xorazm viloyatida bajarilishi yuzasidan Xorazm viloyati hokimining axborotini eshitish 1. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2023-yil mart Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2023-yil aprel 3. Chora-tadbirlarning Xorazm viloyatida bajarilishi yuzasidan Xorazm viloyati hokimining axborotini eshitish. 2023-yil aprel 11. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining axborotini eshitish 1. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2023-yil iyul Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 2. Oʻrganish natijalarini tahlil qilish, yoʻ� qoʻyilgan kamchiliklar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. 2023-yil avgust 3. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining axborotini eshitish. 2023-yil avgust 12. Chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha monitoringni joriy etish 1. Masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha joylarda uzluksiz monitoring olib borilishini tashkil etish. 2. Chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotni Oliy Majlis Senatiga kiritib borish. har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Vazirlar Mahkamasi 13. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan oʻrganish va monitoring olib borish natijalari boʻyicha axborot berish 1. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan joylarga chiqib oʻrganish va monitoring olib borish natijalarini umumlashtirish va axborot tayyorlash. 2. Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritish. Oliy Majlis Senati Kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi 14. Chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan parlament soʻrovlarini yuborish 1. Oliy Majlis Senatining qoʻmitalari tomonidan zarur hollarda chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan parlament soʻrovlarini tayyorlash. 2. Parlament soʻrovini Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida koʻrib chiqish. Oliy Majlis Senatining yalpi majlislarida koʻrib chiqiladi Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari
