Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “Yoshlar bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (1519-IV-son)
16.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “Yoshlar bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini va uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-noyabr,
1519-IV-son
