“Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-849-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1547-IV-son)
19.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 13-noyabrda kiritilgan “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-849-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
1547-IV-son
