Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (752-son)
Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (752-son)
15.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-dekabr,
752-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-bandning ikkinchi xatboshi, 4-bandning birinchi xatboshisi va 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻsimliklar karantini” soʻzlaridan keyin “va himoyasi” soʻzlari qoʻshilsin;
163-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning 1-bandida:
“1v” kichik bandga “oʻsimliklar karantini” soʻzlaridan keyin “va himoyasi” soʻzlari qoʻshilsin;
“1g” kichik bandga “Oʻsimliklar karantini” soʻzlaridan keyin “va himoyasi” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7 va 8-bandlarining ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 4-bandi va 6-bandining “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
15-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning yettinchi xatboshisidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatida:
65-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“65. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”;
66-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi 986-son qarorining 6-bandidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatida:
“4. Agentliklar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 8-band qoʻshilsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”;
“7. Inspeksiyalar” boʻlimining 1-bandi va “8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimi”ning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qarorining 16-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va Oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
26-banddagi “hududiy oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
33-banddagi “oʻsimliklar karantini hududiy davlat inspeksiyalarining” soʻzlari “hududiy boshqarmalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-banddagi “oʻsimliklar karantini hududiy davlat inspeksiyalarining” soʻzlari “hududiy boshqarmalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-banddagi “hududiy oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari” soʻzlari “hududiy boshqarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-banddagi “oʻsimliklar karantini hududiy davlat inspeksiyalari” soʻzlari “hududiy boshqarmalar” soʻzlari bilan hamda “oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga” soʻzlari “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
43-banddagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining” soʻzlari “Hududiy boshqarmalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
”;
b) 2-ilovada (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matndagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “hududiy oʻsimliklar karantini inspeksiyalari” soʻzlari “hududiy oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Inspeksiyasiga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan hamda 2-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
”.
v) 3-ilovada (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
3-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar)” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
15-bandning oltinchi xatboshisidagi “Inspeksiyaning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
matndagi tegishli kelishikdagi “hududiy inspeksiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “hududiy boshqarma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3, 3a va 3b-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Izoh.Ushbu fitosanitariya sertifikati berilgan yukka tegishli boʻlgan har qanday moliyaviy javobgarlik Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi yoki uning xodimi hamda vakillari zimmasiga yuklatilmaydi.
Primechaniye. Nikakix finansovix obyazatelstv v otnoshenii nastoyashego sertifikata i gruza ne nalagayetsya na slujbu po karantinu rasteniy ili na kogo-libo iz yeye inspektorov ili predstaviteley.
Note. No financial liability with respect to any cargo for which this phytosanitary certificate is issued shall attach to Agency of Plant Quarantine and Protection of the Republic of Uzbekistan or to any its officers and representatives.
Izoh. Ushbu fitosanitariya sertifikati berilgan yukka tegishli boʻlgan har qanday moliyaviy javobgarlik Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi yoki uning xodimi hamda vakillari zimmasiga yuklatilmaydi.
Primechaniye. Nikakix finansovix obyazatelstv v otnoshenii nastoyashego sertifikata i gruza ne nalagayetsya na slujbu po karantinu rasteniy ili na kogo-libo iz yeye inspektorov ili predstaviteley.
Note. No financial liability with respect to any cargo for which this phytosanitary certificate is issued shall attach to Agency of Plant Protection and Quarantine of the Republic of Uzbekistan or to any its officers and representatives.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasi orqali ayrim oʻtkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-fevraldagi 133-son qarorining 2-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 258-son qarorida:
a) 1-bandning oʻninchi xatoboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 9-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida nizomning 27-bandi “11” kichik bandidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbarining topshirigʻiga binoan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomda:
9-banddagi “Hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining tuman filiallari” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimlari mutaxassislari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar jamlanib, tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, tumanlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga hamda viloyatlar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) taqdim etiladi.
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalishi prognozi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy boshqarmalar tomonidan har yili noyabr oyining 20-kunigacha tumanlar boʻyicha jamlanib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etiladi”;
13-banddagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati” soʻzlari “Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har yili yanvar oyining 15-kunigacha qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish xavfini kuzatish va bartaraf etish boʻyicha tavsiyanomalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga hamda hududiy boshqarmalarga amaliyotda foydalanish uchun yuboriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
1-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining tumanlar filiallari” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan hamda “Amalga oshiriladigan ishlar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari” soʻzlari bilan hamda “Amalga oshiriladigan ishlar” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati” soʻzlari “Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati” soʻzlari “Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan hamda “Amalga oshiriladigan ishlar” ustunidagi “hududiy “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlariga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga” soʻzlari bilan va “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga 3-ilovada:
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 7. Lavozimi boʻyicha — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida” 2018-yil 15-sentabrdagi 734-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Inspeksiyaga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) ilovada (Oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom):
2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Davlat-xususiy sheriklikka nomzodlarni tanlash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining vakillaridan iborat tarkibda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xususiy sheriklarga nomzodlarni tanlab olish uchun tuziladigan organ”;
matndagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Tarkibiga Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari kiradigan Komissiya kamida ikkita ishtirokchidan arizalar tushganda tanlov oʻtkazadi”;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya boshligʻining” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha hududiy inspeksiya” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-banddagi “hududiy inspeksiyalarga” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga 2-ilova 18, 19 va 20-pozitsiyalarining “Vakolatli organning nomi” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandidagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 12-bandining “6” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 489-son qarori 16-bandining birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyundagi 510-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari tuprogʻini har yili umumiy maydonning kamida 25 foizi hisobidan kelib chiqib tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish imkonini beruvchi maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalar tashkil etilishini taʼminlasin”;
5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:”;
6 va 7-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada (Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
4-banddagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandda:
birinchi xatboshidagi “buyurtmachisi — “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “oʻtkazuvchisi — Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “bajaruvchi” soʻzi “yerdan foydalanuvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “yer kadastri hujjatlariga” soʻzlari “elektron axborot tizimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “besh” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan ushbu ishlarni oʻtkazish uchun tegishli shartnomani tuzadi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Qishloq xoʻjalik ekinlariga mineral oʻgʻitlar kiritilgan dalalardan birlashtirilgan tuproq namunalarini olish ishlari mineral oʻgʻit kiritilgandan 45 kundan keyin amalga oshiriladi.”;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish tarhi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda, yer uchastkasi konturlari chegarasi va ishchi maydonchalar chegaralarini tushirishda asos boʻlib xizmat qiladi”;
21-bandga “tuproq namunalarini olish” soʻzlaridan keyin “konvert yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari yerdan foydalanuvchilarga yuk xatlari orqali topshiriladi”;
37-banddagi “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshliqlari” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi boshliqlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada (Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish tartibi sxemasi):
1) I bosqich pozitsiyasida:
“Ijrochilar” ustunidagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (buyurtmachi)” soʻzlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining uchinchi xatboshisidagi “bajaruvchi bilan shartnoma tuzadi” soʻzlari “va yerdan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzadi” soʻzlari bilan va oltinchi xatboshidagi “yer kadastri hujjatlariga kiritilishini taʼminlaydi” soʻzlari “elektron axborot tizimiga kiritadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) III bosqich pozitsiyasida:
“Ijrochilar” ustunidagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (buyurtmachi)” soʻzlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “besh” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “besh” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin;
3) IV bosqich pozitsiyasida:
“Ijrochilar” ustunidagi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (buyurtmachi)” soʻzlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va uning tuman boʻlimlariga, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlariga” soʻzlari “yerdan foydalanuvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) V bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 9-pozitsiyasi “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Fitosanitar xavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qoʻllash va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matndagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui uchun zaxipa kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tiziminn yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi 172-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-martdagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning 1-bosqich “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qarorining 14-bandidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qarorida:
a) 1-ilovada (Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
2-bandning yettinchi xatboshisiga “Oʻsimliklar karantini” soʻzlaridan keyin “va himoyasi” soʻzlari qoʻshilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matndagi tegishli kelishikdagi “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada (Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
matndagi tegishli kelishikdagi “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qarorining 4-bandidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qaroriga 5-ilovaning 6-pozitsiyasi “Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovada (Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidaga nizom):
2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti”;
4-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman boʻlimlari) tomonidan yuritiladi”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandning oltinchi xatboshidagi “hududiy inspeksiyalar” soʻzlari “hududiy boshqarmalar va tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
32-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Oʻrnatilgan karantin cheklovlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman boʻlimlari tomonidan nazoratga olinadi”;
Nizomga ilovada (Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish sxemasi) 1 va 2-bosqichlar “Masʼullar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari” soʻzlari bilan, 2-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkam asining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi 110-son qaroriga ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 8. Lavozimi boʻyicha — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”.
37. Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 4-martdagi 121-son qarorida:
6-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:”.
38. Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-avgustdagi 499-son qarorida:
1-ilovaning 3-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 4-pozitsiyasi “Ilmiy-tadqiqot natijalarining isteʼmolchisi” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 81-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 735-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi 136-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi 274-son qaroriga ilovaning 12-bandi.