29-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatishning huquqiy oqibatlari
Favqulodda holat toʻgʻrisida (O‘RQ-737-son) · Sana: 15.12.2021 · Amalda
Favqulodda holat rejimini taʼminlash maqsadida qabul qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlarini vaqtincha cheklash bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hudud komendantining buyruqlari va farmoyishlarining amal qilishi favqulodda holatning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatiladi.
Favqulodda holatning amal qilishini tugatish favqulodda holat rejimini buzish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishni yuritishning tugatilishiga va maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turilgan shaxslarning yoki mazkur huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilgan shaxslarning darhol ozod etilishiga sabab boʻladi.
