14-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda joriy etilgan favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Favqulodda holat toʻgʻrisida (O‘RQ-737-son) · Sana: 15.12.2021 · Amalda
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat joriy etilayotgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasida koʻrsatilgan favqulodda choralarga va vaqtinchalik cheklovlarga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni bilan quyidagi qoʻshimcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
aholini xavfsiz hududlarga vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki koʻchma turar joylar majburiy ravishda berilgan holda evakuatsiya qilish;
karantin joriy etish, sanitariya-epidemiyaga qarshi, veterinariya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
davlat zaxiralarini jalb etish, mulkchilik shakllaridan va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, tashkilotlarning resurslarini safarbar etish, ularning ish rejimini oʻzgartirish, mazkur tashkilotlarni favqulodda holat sharoitlarida zarur boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini favqulodda holat sharoitlarida zarur boʻlgan boshqacha tarzda oʻzgartirish;
avariya-qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash zarurati bilan bogʻliq boʻlgan alohida hollarda mazkur ishlarni amalga oshirish uchun mehnatga layoqatli aholini, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga majburiy ravishda rioya etgan holda jalb etish.
