Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-52-son)
15.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat koʻrsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va eksport hajmini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-yanvardan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:
a) fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli, moyli va sholi ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi.
b) meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kredit ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini soʻndirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
v) “mahalla yettiligi”ning tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan hamda elektron onlayn-auksion savdolari orqali dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlarga — mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridi uchun yillik 14 foiz stavkada (shundan 2 foizi bank marjasi), 6 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi.
Bunda qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.
2. Mazkur qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Jamgʻarmaga 1,4 trln soʻm budjet ssudasi ajratiladi.
Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan kelgusi yillar hosilini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning Jamgʻarmaga ajratib borilishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:
a) meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xoʻjaliklariga — eksport shartnomasi mavjud boʻlib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sugʻurtalash xizmatidan foydalanganda toʻlangan sugʻurta mukofotining 50 foizi, biroq sugʻurta pulining 1 foizdan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sugʻurta puli xavf-xatardan sugʻurta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foizidan kam boʻlishi mumkin emas;
b) meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari orqali kompensatsiya qilinadi. Bunda, meva-sabzavotchilik klasterlariga oʻziga biriktirilgan mahsulot yetishtiruvchilar uchun bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish tavsiya etiladi;
v) mazkur bandda koʻzda tutilgan kompensatsiya xarajatlari Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
4. Mazkur qarorning 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan preferensiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tadbirlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ularni xarid qiluvchi tashkilot hamda tijorat banki oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga ega boʻlgan, shuningdek, ushbu shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev) mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazish uchun 2022-yil 1-fevralga qadar texnik imkoniyatlarni yaratsin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligining (Xodjayev) “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan Jahon bankining 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash boʻyicha kichik agrologistika markazlarini “Agroservis operator” DUK tomonidan qurib, istisno tariqasida tijorat banki ishtirokisiz 10 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) Moliya vazirligi (Ishmetov) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Jahon banki bilan kelishilgan holda kichik agrologistika markazlarini “tayyor holda topshirish” shartlari asosida qurib, foydalanishga topshirish tartibini tasdiqlasin.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Energetika vazirligi (A.S. Sultonov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov), Transport vazirligi (I.R. Maxkamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar), qayta ishlash korxonalari va agrologistika markazlari uchun zarur boʻlgan tashqi muhandislik (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, avtomobil yoʻllari) tarmoqlarini taʼmirlash va qurish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirib, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish va mavjudlarini taʼmirlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 100 mln AQSH dollarigacha boʻlgan qarz mablagʻlarini 2024-yil yakuniga qadar jalb qilish choralarini koʻrsin.
7. Quyidagilar:
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etishning hamda klasterlar tomonidan 2022-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oylar boʻyicha taqsimoti prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda amalga oshiriladigan sovitkichli sigʻimlar tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, xodimlar umumiy cheklangan soni 4 — 6 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlarini hamda xodimlar umumiy cheklangan soni 2-3 nafar shtat birligidan iborat tumanlar (Quvasoy shahar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislarini (keyingi oʻrinlarda — loyiha ofislari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
9. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari hamda loyiha ofislariga:
iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bogʻlarni (uzumzorlarni) aniqlash, ularning oʻrnida intensiv bogʻlar (uzumzorlar) barpo etish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash;
intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash va ochiq tanlovga chiqarishga amaliy jihatdan koʻmaklashish;
ajratilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi loyihalarni ishlab chiqish;
meva va uzum yetishtirish, ularni saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etishga koʻmaklashish vazifalari yuklatilsin.
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari hamda loyiha ofislariga qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida haq evaziga xizmat koʻrsatish huquqi berilsin.
10. Belgilansinki:
Agentlik markaziy apparati uchun talab etiladigan qoʻshimcha shtat birliklari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari hamda loyiha ofislarining shtat birliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi;
Agentlik, uning hududiy boʻlimlari va loyiha ofislarining xodimlariga tegishincha Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
Agentlik direktoriga Agentlikning jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish huquqi berilsin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligida innovatsion biomahsulotlarni sinovdan oʻtkazish xizmatlari tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
meva-sabzavotchilik tumanlarini qayta koʻrib chiqib, har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiya) faoliyatini barqaror rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni;
ishlab chiqaruvchi — klaster — tayyorlovchi korxona — qayta ishlovchi va eksportyorni uzviy bogʻlovchi tizimni joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Agentlik (H.M. Karimov), Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.M. Boboyev) uch oy muddatda:
xalqaro moliya institutlari, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimida Respublika bogʻbonlar maktabi faoliyatini rivojlantirsin;
xalqaro moliya institutlari hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida Sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli ekinlar, gul hamda dorivor oʻsimliklarni intensiv usulda yetishtirish maktabini tashkil etsin.
14. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ikki oy muddatda meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sugʻurtalash xizmatidan foydalanganda sugʻurta mukofoti uchun toʻlovning hamda xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov)ga:
uch oy muddatda respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni eksport qilishga moʻljallangan logistika markazlarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida tashkil etish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish manzilli dasturini shakllantirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishda zarur ruxsatnoma, sertifikatlar va bojxona hujjatlarining rasmiylashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklatilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari, Agentlik va uning hududiy boʻlimlari (loyiha ofislari)ning tegishliligi boʻyicha shtat jadvallarini tasdiqlab (oʻzgartirib), oʻrnatilgan tartibda moliya organlarida roʻyxatga qoʻyilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori X.M. Karimov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-dekabr,
PQ-52-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 1-ILOVA
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etishning hamda klasterlar tomonidan 2022-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oylar boʻyicha taqsimoti
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Jami tashkil etiladigan klasterlar soni Klasterlarni tashkil etish (oylar boʻyicha) Mavjud quvvatlar Amalga oshiriladigan loyihalar Loyihalarni amalga oshirish (oylar boʻyicha) soni quvvati, tonna qiymati, mln soʻm sentabr noyabr dekabr yanvar fevral mart soni tonna soni quvvati, tonna qiymati, mln soʻm soni quvvati, tonna qiymati, mln soʻm soni quvvati, tonna qiymati, mln soʻm 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 9 4 5 7 5 500 22 386 3 3 000 12 036 4 2 500 10 350 2. Andijon viloyati 7 6 200 5 350 2 1 700 1 750 1 500 1 000 4 4 000 2 600 3. Buxoro viloyati 11 6 5 3 4 100 6 12 200 44 050 2 4 000 22 700 2 1 200 7 000 2 7 000 14 350 4. Jizzax viloyati 2 2 1 4 000 1 900 1 4 000 1 900 5. Qashqadaryo viloyati 4 4 100 15 220 2 1 300 1 020 2 2 800 14 200 6. Navoiy viloyati 5 3 2 1 2 200 1 1 000 53 500 1 1 000 53 500 7. Namangan viloyati 3 14 100 503 000 1 2 500 8 400 2 11 600 494 600 8. Samarqand viloyati 5 18 500 74 800 2 4 500 59 300 3 14 000 15 500 9. Surxondaryo viloyati 3 2 1 1 1 500 14 67 000 445 670 7 28 000 196 170 3 26 000 103 000 4 13 000 146 500 10. Sirdaryo viloyati 1 1 3 9 000 5 000 1 8 000 1 000 2 1 000 4 000 11. Toshkent viloyati 13 10 3 4 76 000 10 67 000 137 440 4 44 000 91 800 1 1 000 9 240 5 22 000 36 400 12. Fargʻona viloyati 5 3 400 29 000 3 2 400 3 000 2 1 000 26 000 13. Xorazm viloyati 3 3 600 23 050 2 2 100 19 950 1 1 500 3 100 Jami: 44 11 22 11 9 83 800 69 215 600 1 360 366 31 106 500 472 526 7 28 700 120 240 31 80 400 767 600
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan sovitkichli sigʻimlar tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarorida:
a) 1-band, 3-bandning birinchi xatboshisi, 4-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bogʻdorchilik” soʻzlari “intensiv meva-sabzavotchilik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv meva-sabzavotchilik, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, intensiv usulda yetishtiriladigan meva-sabzavot, uzum mahsulotlari turlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“meva-sabzavotchilik, uzumchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etish, shuningdek, ushbu sohalarda “daladan rastagacha” tamoyili asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatini rivojlantirish”;
oʻninchi xatboshidagi “bogʻdorchilik” soʻzlari “intensiv meva-sabzavotchilik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandda:
oltinchi xatboshidagi “bogʻdorchilik” soʻzlari “intensiv meva-sabzavotchilik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar (loyiha ofislari)ning hamda “Agroservis operator” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar toʻlash”;
oʻninchi xatboshidagi “bogʻdorchilik” soʻzi “intensiv meva-sabzavotchilik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarorining 10-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “20 gektar” soʻzlari “10 gektar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
