“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi QL-376-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”) (1462-IV-son)
02.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-376-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-noyabr,
1462-IV-son
