“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-827-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1446-IV-son)
01.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-827-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 30-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-827-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-noyabrya,
1446-IV-son
