“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-276-IV-son)
23.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mart kuni qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 23-aprel,
SQ-276-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 23-apreldagi SQ-276-IV-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati 2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquq i y hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Adliya vazirligi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati II. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 3. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 3.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati 3.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 4. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 4.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati 4.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
