Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (455-son)
29.09.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona nazoratini kuchaytirish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqib ketishlari va yuk olib oʻtishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ilovadagi “Bekobod” soʻzi “Bekobod tumani” soʻzlari bilan almashtirilgan holda unga oʻzgartirish kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-sentabr,
455-son
