Viloyat hokimining oʻz kuchini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida (185/35-VI-son)
25.05.2021
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6075-son Farmoni va viloyat adliya boshqarmasining 2021-yil 16-apreldagi 20-8/1/140-sonli xatiga asoslanib, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qildi:
1. Viloyat hokimining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
viloyat hokimining 2013-yil 24-yanvardagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 34-son;
2019-yil 16-yanvardagi “Buxoro viloyatida yoʻlovchilar tashish avtomobil transporti uchun tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi 13-son qarori.
2. Viloyat hokimligi apparati matbuot xizmati (O. Joʻrayev) ushbu qarorni “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan etiboran kuchga kirishi belgilansin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. ZARIPOV
Buxoro sh.,
2021-yil 25-may,
185/35-VI-son
