Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (126-son)
18.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“e) foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-may,
126-son
