“1282-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanish
Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-734-son) · Sana: 30.11.2021 · Amalda
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 1283-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi”;
4) 135-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi”;
5) 1351-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari” degan soʻzlar “ikkidan bir qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 170-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
