Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida (3335-son)
26.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3335]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan minimal talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TASHKENBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-noyabr,
27-mh-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOSHKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-noyabr,
38-2021-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri J. XODJAYEV
2021-yil 30-oktabr
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2021-yil 27-oktabr
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2021-yil 27-oktabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
2021-yil 29-oktabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2021-yil 28-oktabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2021-yil 27-oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2021-yil 5-noyabr
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari M. KAMILOV
2021-yil 28-oktabr
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktor K. SANAKULOV
2021-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2021-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi B. NORQOBILOV
2021-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. ISLOMOV
2021-yil 27-oktabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2021-yil 31-oktabr
Turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari U. AZAMOV
2021-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 27-mh va 38-2021-son qaroriga ILOVA
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
T/rYangi bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun talablarKoʻrsatkichlarModdiy-texnika bazaga qoʻyiladigan talablar1.Bino va inshootlar boʻyichaa)taʼlim sohalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotining hududidagi har bir taʼlim oluvchi uchun ishchi maydon oʻlchamitexnika va muhandislik11,2 — 19,4 m2 pedagogika8,7 — 14,5 m2 farmatsevtika11,2 — 19,4 m2 iqtisodiyot va huquq7,9 — 13,1 m2 tibbiyot12,3 — 22,0 m2 qishloq xoʻjaligi11,2 — 19,4 m2 zooveterinariya11,4 — 20,5 m2 madaniyat15,0 — 26,0 m2 sanʼat va arxitektura20,0 — 33,8 m2 b)oʻquv xonalaridagi har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchamioʻquv auditoriyalarida2,2 m2 kompyuter zalida (sinfida)4 m2 chet tili xonasida2,4 m2 umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalarida4 m2 texnik va maxsus laboratoriyalarda6 m2 alohida kabinalarga ajratilgan fonozallarda3 m2 oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalarida2,4 m2 kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlari bajarish zallarida (arxitektura-qurilish va badiiy yoʻnalishlarda)3,6 m2 (6 m2) axborot-resurs markazi0,6 m2 2.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyichaa)kompyuter texnikalari sonihar 6 nafar talaba uchun 1 donadanb)Internet jahon axborot tarmogʻi (WiFi tizimi) mavjudligi20 mbit/sek tezlikda3.Malaka talablarida belgilangan amaliy malaka va koʻnikmalarning shakllanishi uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari, jihozlari, inventarlar, texnikalar va xom ashyolaroʻquv dasturiga koʻra mashgʻulotlar soniga mutanosib ravishda4.Yongʻin xavfsizligi boʻyichayongʻin xavfsizligi nazorati organining ijobiy xulosasi5.Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyichaOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlarining ijobiy xulosasiProfessor-oʻqituvchilar taʼminotiga qoʻyiladigan talablar6.Professor-oʻqituvchilar shtat birliklari sonia)kunduzgi va kechki taʼlim shaklidahar 16 nafar talabaga 1 shtat birligi*b)sirtqi taʼlim shaklidahar 20 nafar talabaga 1 shtat birligi*7.Professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyichaa)asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydiganlar ulushi40 foizb)bakalavriat yoʻnalishida ilmiy darajalilar ulushi35 foizv)magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi100 foiz8.Professor-oʻqituvchi tayanch maʼlumotining (mutaxassisligi yoki ixtisosligining) muvofiqligi boʻyichadars beradigan faniga mos boʻlishi zarurOʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan talablar9.Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi boʻyichadavlat taʼlim standarti, kasb standarti, mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga muvofiq boʻlishi10.Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun oʻquv reja mavjudligi boʻyichaoʻquv fanlari, kreditlar miqdori, mashgʻulot turlari, muddatlari koʻrsatilgan va fanlarning uzviyligi taʼminlangan boʻlishi11.Oʻquv rejadagi har bir fanning oʻquv dasturlari mavjudligi boʻyichadavlat taʼlim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, koʻnikma va kompetensiyalarning talabalarda toʻliq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada boʻlishi12.Oʻquv rejadagi kreditlar miqdori boʻyichaa)bakalavriat yoʻnalishidabir oʻquv yiliga 60 kredit**b)magistratura mutaxassisligidabir oʻquv yiliga 60 kredit**13.Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi boʻyichaa)bakalavriat yoʻnalishida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligihar 6 nafar talabaga 1 donadanb)magistratura mutaxassisligida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligihar 2 nafar talabaga 1 donadanv)laboratoriya ishlari va kurs loyihalari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligihar bir talabaga 1 donadang)oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning elektron shakli bilan taʼminlanganligidarsliklar, oʻquv va oʻquv uslubiy qoʻllanmalarning elektron shakli mavjud boʻlishi***14.Talabalar bilimini baholash mezonlari, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha shartnoma va dasturlarning mavjudligi boʻyichaustavga muvofiq tasdiqlangan boʻlishi
Izoh:
* taʼlim sohalarining oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek oliy taʼlim tashkiloti kengashlarining qarorlariga muvofiq, zarur hollarda, mazkur nisbatlar 50 foizgacha oʻzgartirilishi mumkin;
** bakalavriatda oʻqish muddati 3 yil boʻlganda 180 kredit, 4 yil boʻlganda 240 kredit, 5 yil boʻlganda 300 kredit, 6 yil boʻlganda 360 kredit, magistraturada oʻqish muddati 1 yil boʻlganda 60 kredit, 2 yil boʻlganda 120 kredit, 3 yil boʻlganda 180 kredit toʻplanishi talab etiladi;
*** oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning elektron shakli mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda axborot-resurs markazlariga joylashtiriladi;
mazkur minimal talablar boʻyicha talabalar soni:
a) sirtqi taʼlim shakli boʻyicha jami talabalarning toʻrtdan bir qismiga nisbatan;
b) kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha taʼlim jarayoni bir nechta smenalarda tashkil etilgan hollarda talabalar soni eng koʻp boʻlgan smenaga nisbatan hisoblanadi;
Misol uchun: kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim jarayoni ikki smenali tashkil etilganda, birinchi smenada 500 nafar, ikkinchi smenada 400 nafar, sirtqi taʼlim shaklida 200 nafar talaba tahsil olayotgan boʻlsa, minimal talablar jami 550 nafar talabaga nisbatan inobatga olinadi;
mazkur minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, shuningdek diniy, harbiy va harbiylashtirilgan oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
