“Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida (719-son)
29.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda bank tizimiga strategik investorlar jalb etilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrida arzon uy-joylarni qurish koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligining 100 foiz muassisligida tashkil etilgan “Poytaxt bank” AJning ustav kapitalini shakllantirishga mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 100 mlrd soʻm ajratilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq banklardagi davlat aksiyalari paketini sotish belgilanganligi;
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini investorlarga sotish xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ommaviy savdolar orqali amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi.
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlarni belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-noyabr,
719-son
