“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3031-1-son)
27.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3031-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi hamda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/2-son “Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3031, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3031/1441-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-oktabr,
25/3-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi B. BEGALOV
2021-yil 25-oktabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2021-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 27-oktabrdagi 25/3-son qaroriga ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning muqaddimasidagi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) muqaddimadagi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-banddagi “1 — 46-ilovalarida” degan soʻzlar “1 — 50-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-bandda:
beshinchi xatboshidagi “har oy hisobot oyidan keyingi oyning 4-sanasiga qadar” degan soʻzlar “har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamentiga” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidan “taqdim etiladi.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur Qoidalarning 47-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar, 48-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 4-sanasiga qadar hamda 49-50-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamentiga taqdim etiladi.”;
4) 37-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
5) Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 — 5-ilovalariga muvofiq tahrirda 47 — 50-ilovalar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga 37-ILOVA
13-valyuta-shakl
Rezident yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochilgan bank hisobvaraqlari hamda ularning harakati
T/r Mijoz nomi Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) Chet eldagi bank nomi Bank identifikatsiyasi kodi (BIK) yoki CODE (SWIFT) Chel eldagi bank joylashgan mamlakat kodi* Chet eldagi bank joylashgan mamlakat nomi Chet eldagi bankning toʻliq manzili 1 2 3 4 5 6 7 8
Jadvalning davomi
T/r Mijoz nomi Chet eldagi bankda ochilgan hisobvaraq Chet eldagi bankda ochilgan hisobvaraq valyuta kodi** Chet el bankida hisobvaraq ochilgan sana Chet elda hisobvaraq ochish uchun asos boʻluvchi hujjat Chet el bankida hisobvaraq yopilgan sana Hisobvaraq holati belgisi 9 10 11 12 13 14
Jadvalning davomi
T/r Mijoz nomi Hisobot davri boshiga hisobvaraqdagi qoldiq summa Davr (oy) Chet el bank hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlari Chet el bank hisobvaragʻidan pul mablagʻlari oʻtkazmasi Hisobot davri oxiriga hisobvaraqdagi qoldiq summa summa toʻlovchining davlati toʻlov maqsadi summa qabul qiluvchining davlati toʻlov maqsadi 15 16 17 18 19 20 21 22 23
Izoh: har bir hisobvaraq uchun alohida jadval toʻldiriladi”.
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga 47-ILOVA
21-valyuta-shakl
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha valyuta mablagʻlari harakati*
T/r Toifasi Koʻrsatkich 1. Sana va vaqt 2. Bank kodi 3. Bank filiali kodi 4. Simvollar nazorat summasi 5. Valyuta operatsiyasi haqidagi maʼlumot boʻlimi 6. Operatsiyaning unikal tizimdagi raqami 7. Operatsiya belgisi 8. Qaytish belgisi 9. Operatsiyaning valyuta kodi 10. Operatsiya summasi 11. Operatsiya kodi 12. Operatsiya detallari 13. Mijoz (nazorat qilinadigan hisobvaraqlar) haqidagi maʼlumot boʻlimi 14. Operatsiyani amalga oshiruvchi bank filiali kodi 15. Mijozning hisobvaragʻi 16. Hisobvaraq ochish sanasi 17. Mijoz nomi 18. Mijozning rezidentligi 19. Mijozning davlati kodi 20. Operatsiya amalga oshirilgan hudud kodi 21. Mijozning STIRi 22. Mijozning iqtisodiy faoliyat turi kodi (OKED) 23. Hisobvaraq egasining statusi (holati) 24. Korrespondent (nazorat qilinadigan hisobvaraq) haqidagi maʼlumot boʻlimi 25. Bank filialining kodi 26. Korrespondentning hisobvaragʻi 27. Korrespondentning nomi 28. Korrespondent joylashgan davlat kodi 29. Korrespondentning STIRi 30. Operatsiya sanasi 31. Mijozlar turi 32. Korrespondentning rezidentligi 33. Korrespondentning turlari 34. Korrespondentning iqtisodiy faoliyat turi kodi (OKED) 35. Toʻlovni amalga oshiruvchi mijoz hisobvaragʻi 36. Toʻlovni amalga oshiruvchi bank filiali kodi 37. Mablagʻlarni qabul qiluvchi chet elda joylashgan bankning davlati 38. Mablagʻlarni soʻnggi qabul qiluvchining hisobvaragʻi 39. Mablagʻlarni soʻnggi qabul qiluvchining bank filiali kodi 40. Mablagʻlarni toʻlovchi chet eldagi bankning davlati 41. Kontraktning TSOYEATdagi identifikatsiya raqami (IDR) 42. Mijoz joylashgan hudud kodi 43. Mijoz joylashgan tuman kodi 44. Korrespondent joylashgan hudud kodi 45. Korrespondent joylashgan tuman kodi 46. Mijozning mulkchilik shakli 47. Korrespondentning mulkchilik shakli 48. Eksport boʻyicha hisob-kitoblar shakli 49. Import boʻyicha hisob-kitoblar shakli 50. Import boʻyicha toʻlovlarning manbai 51. Chet eldagi hamkorning banki joylashgan davlat kodi 52. Chet eldagi hamkor joylashgan davlat kodi 53. Grant mablagʻlari maqsadining belgisi 54. Izoh
Izoh:
* hisobot shakli avtomatlashtirilgan holda tegishli dasturiy taʼminot orqali taqdim etiladi”.
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga 48-ILOVA
1-valyuta-shakl
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r Toifasi Koʻrsatkich A band Shartnoma toʻgʻrisida maʼlumot № Bank nomi A.1 Shartnoma unikal raqami* A.2 Shartnomaning avvalgi unikal raqami A.3 Qarzdorlik boʻyicha asosiy qarzning hisobvaragʻi (bank balansidagi qarzdorliklar boʻyicha toʻldiriladi) A.4 Qarzdorlik boʻyicha foizlar hisobvaragʻi (bank balansidagi qarzdorliklar boʻyicha toʻldiriladi) A.5 Tashqi qarzdorlik turi** A.6 Qarz beruvchi nomi A.7 Qarz beruvchining turi*** A.8 Qarz beruvchining davlati A.9 Qarz oluvchining nomi A.10 Qarz oluvchining turi**** A.11 Institutsional sektor***** A.12 Iqtisodiyot sektori****** A.13 Qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi munosabat******* A.14 Davlat sektoriga aloqadorligi******** A.15 Hudud (viloyat) nomi A.16 Qarz oluvchining iqtisodiy faoliyat turi kodi (OKED) A.17 Qarz oluvchining STIRi A.18 Kredit shartnomasining raqami A.19 Kredit shartnomasining tuzilgan sanasi A.20 Shartnomadagi valyuta summasi A.20.1 Summasi A.20.2 Valyuta kodi A.21 Foiz stavkasi A.22 Mablagʻlarni jalb qilishning boshlangʻich (tarixiy) muddati (oyda) A.23 Mablagʻlarning jalb qilish muddati (oyda) A.24 Soʻndirish valyutasi A.24.1 Asosiy qarzning soʻndirish valyutasi A.24.2 Foizlarning soʻndirish valyutasi A.25 Qarz (kredit) shartnomasining maqsadi A.26 Valyuta operatsiyasini hisobga olish haqidagi hujjatning sanasi va raqami A.27 Shartnomaning umumiy summasi B band Yil boshiga qoldiq B.1 20__ yil boshiga asosiy qarz qoldigʻi B.2 20__ yil boshiga foizlar qoldigʻi S band Hisobot oyi davomidagi operatsiyalar C.1 Tushumlar C.1.1 Hisobot oyidagi tushumlar C.2 Asosiy qarzning soʻndirilishi C.2.1 Hisobot oyida asosiy qarzning soʻndirilishi C.2.1.1 Qarzdorning oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan C.2.1.2 Kredit mablagʻlari hisobidan C.2.1.3 Bankning xorijiy valyutasi hisobidan (konvertatsiya) C.3 Asosiy qarzning qayta koʻrib chiqilishi (restrukturizatsiya) C.3.1 Hisobot oyida asosiy qarzning qayta koʻrib chiqilishi C.4 Foizlarning kapitallashuvi hisobiga asosiy qarzning oʻsishi C.4.1 Hisobot oyida foizlarning kapitallashuvi hisobiga asosiy qarzning oʻsishi C.5 Asosiy qarzni kechirilishi (voz kechilishi) C.5.1 Hisobot oyida asosiy qarzni kechirilishi (voz kechilishi) C.6 Asosiy qarz boʻyicha boshqa oʻzgarishlar (saldo) C.6.1 Hisobot oyida asosiy qarz boʻyicha boshqa oʻzgarishlar (saldo) C.7 Hisoblangan foizlar C.7.1 Hisobot oyida hisoblangan foizlar C.8 Foizlar soʻndirilishi C.8.1 Hisobot oyida foizlar soʻndirilishi C.8.1.1 Qarzdorning oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan C.8.1.2 Kredit mablagʻlari hisobidan C.8.1.3 Bankning xorijiy valyutasi hisobidan (konvertatsiya) C.9 Foizlarning qayta koʻrib chiqilishi (restrukturizatsiya) C.9.1 Hisobot oyida foizlarning qayta koʻrib chiqilishi (restrukturizatsiya) C.10 Foizlarning kapita�lashuvi C.10.1 Hisobot oyida foizlarning kapitallashuvi C.11 Foizlarni kechirilishi (voz kechilishi) C.11.1 Hisobot oyida foizlarning kechirilishi (voz kechilishi) C.12 Foizlar boʻyicha boshqa oʻzgarishlar (saldo) C.12.1 Hisobot oyida foizlar boʻyicha boshqa oʻzgarishlar (saldo) D band Oy oxiridagi qoldiq D.1 Asosiy qarz qoldigʻi D.1.1 Hisobot sanasiga D.1.2 Hisobot sanasidan oldingi oy uchun D.2 Foizlar qoldigʻi (hisoblangan, lekin toʻlanmagan qarzdorlik) D.2.1 Hisobot sanasiga D.2.2 Hisobot sanasidan oldingi oy uchun Shu jumladan kechiktirilgan qarzdorlik D.1.1.1 Asosiy qarz boʻyicha D.2.1.1 Foizlar boʻyicha E.1 band Izoh (asosiy qarz va foizlarda boshqa oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda toʻldiriladi) F band Asosiy qarz toʻlovlari boʻyicha prognoz koʻrsatkich F.1 Oʻz vaqtida toʻlanmagan (kechiktirilgan) mablagʻlar F.2 Jami joriy yil uchun F.2.1 I chorak F.2.2 II chorak F.2.3 III chorak F.2.4 IV chorak F.3 Shundan konvertatsiya hisobidan F.4 Jami “joriy yil + 1 yil” uchun F.4.1 I chorak F.4.2 II chorak F.4.3 III chorak F.4.4 IV chorak F.5 Jami “joriy yil + 2 yil” uchun F.5.1 I yarim yillik F.5.2 II yarim yillik F.6 “Joriy yil + 3 yil” uchun F.7 “Joriy yil + 4 yil” uchun F.8 “Joriy yil + 5 yil” uchun F.9 “Joriy yil + 6 yil” uchun F.10 “Joriy yil + 7 yil” uchun F.11 “Joriy yil + 8 yil”dan keyingi davr uchun G band Foiz toʻlovlari boʻyicha prognoz koʻrsatkich Foiz toʻlovlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarning umumiy miqdori G.1 Oʻz vaqtida toʻlanmagan (kechiktirilgan) mablagʻlar G.2 Jami joriy yil uchun G.2.1 I chorak G.2.2 II chorak G.2.3 III chorak G.2.4 IV chorak G.3 Shundan konvertatsiya hisobidan G.4 Jami “joriy yil + 1 yil” uchun G.4.1 I chorak G.4.2 II chorak G.4.3 III chorak G.4.4 IV chorak G.5 Jami “joriy yil + 2 yil” uchun G.5.1 I yarim yillik G.5.2 II yarim yillik G.6 “Joriy yil + 3 yil” uchun G.7 “Joriy yil + 4 yil” uchun G.8 “Joriy yil + 5 yil” uchun G.9 “Joriy yil + 6 yil” uchun G.10 “Joriy yil + 7 yil” uchun G.11 “Joriy yil + 8 yil”dan keyingi davr uchun
Izohlar:
* Shartnomaning unikal raqami 22 ta raqamdan iborat
1. Shartnomaning yili (4 raqam); 2. Qarzdorning STIRi (9 raqam); 3. Aktiv va majburiyat belgisi (1-aktiv, 2-majburiyat) (1 raqam); 4. Shartnomaning tartib raqami (5 raqam); 5. Transhning tartib raqami (3 raqam).
** Tashqi qarzdorlik turi
1. Qarz qimmatli qogʻozlari; 2. Kreditlar; 3. Qarzlar; 4. Tovar koʻrinishidagi kreditlar; 5. Moliyaviy lizing; 6. Boshqalar.
*** Qarz beruvchining turi
1. Xorijiy banklar; 2. Xorijiy bosh kompaniyalar va filiallar; 3. Boshqalar; 4. Xalqaro tashkilotlar; 5. Nobank moliyaviy tashkilotlar.
**** Qarz oluvchining turi
1. Bank; 2. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi mavjud korxona; 3. Boshqalar.
***** Institutsional sektor
1. Markaziy bank; 2. Hukumat; 3. Bank sektori; 4. Nobank moliyaviy tashkilotlar; 5. Nomoliyaviy korporatsiyalar, uy xoʻjaliklari va uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi notijorat tashkilotlar.
****** Iqtisodiyot sektori
1. Neftgaz va energetika; 2. Telekommunikatsiya; 3. Banklar; 4. Toʻqimachilik; 5. Nobank moliyaviy tashkilotlar; 6. Boshqalar.
******* Qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi munosabat
1. Qarz beruvchi toʻgʻridan toʻgʻri investor (bevosita yoki bilvosita) — qarz oluvchi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya jalb qilgan korxona;
2. Qarz beruvchi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya jalb qilgan korxona — qarz oluvchi toʻgʻridan toʻgʻri investor (bevosita yoki bilvosita);
3. Qarz beruvchi va qarz oluvchi — bir-biriga aloqador korxonalar;
4. Boshqalar (qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar bilan bogʻliq munosabat mavjud emas).
******** Davlat sektoriga aloqadorligi
1. Davlat ulushi mavjud emas; 2. Davlat ulushi toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita 50 foizdan ortiq; 3. Davlat ulushi toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita 50 foizdan kam; 4. Davlat ulushi toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita 50 foizga teng.”.
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga 49-ILOVA
7-valyuta-shakl
Norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida joylashtirilgan depozitlari*
T/r Bank nomi Yuridik shaxs-norezidentning nomi yoki jismoniy shaxs-norezidentning F.I.Sh. Norezident turi (1-vakolatxona, 2-doimiy muassasa, 3-tovar xomashyo birjalaridan mahsulot yoki ochiq elektron savdolardan aksiyalar sotib olgan norezidentlar, 4-jismoniy shaxslar, 5-boshqa yuridik shaxslar) Depozit asosiy summasining hisobvaragʻi Depozit boʻyicha foizlar hisobvaragʻi Depozit turi (1-muddatli, 2-garovli, 3-omonat, 4-talab qilib olinguncha) 1 2 3 4 5 6 7
Jadvalning davomi
T/r Omonat-chining davlati Omonatning foiz stavkasi Depozit muddati (oyda) Valyuta kodi Hisobot davri boshiga qoldiq summa Hisobot davrida depozitning amaldagi joylashtirilishi Hisobot davrida depozitning amaldagi qaytarilishi Hisobot davri oxiriga qoldiq summa 8 9 10 11 12 13 14 15
Jadvalning davomi
T/r Depozitning asosiy summasini qaytarish grafigi (oyda) Darhol (talab qilib olinguncha) 3 oygacha 3 oydan 6 oygacha 6 oydan 9 oygacha 9 oydan 12 oygacha 12 oydan 18 oygacha 18 oydan 24 oygacha 24 oydan ortiq 16 17 18 19 20 21 22 23
Jadvalning davomi
T/r Hisobot davriga hisoblangan lekin toʻlanmagan foizlar qoldiq summasi Hisobot davrida hisoblangan foizlar summasi Hisobot davrida toʻlangan foizlar summasi Hisobot oxiriga hisoblangan lekin toʻlanmagan foizlar qoldiq summasi 24 25 26 27
Jadvalning davomi
T/r Depozit boʻyicha foiz toʻlovlari grafigi (oyda) Izoh Darhol (muddati oʻtgan foizlar summasi) 3 oygacha 3 oydan 6 oygacha 6 oydan 9 oygacha 9 oydan 12 oygacha 12 oydan 18 oygacha 18 oydan 24 oygacha 24 oydan ortiq 28 29 30 31 32 33 34 35 36
Izoh:
* Chet el banklarining Loro-hisobvaraqlari hamda depozitlarda 100 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlgan miqdordagi mablagʻlar hisobga olinmagan holda”.
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga 50-ILOVA
28-valyuta-shakl
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi aktivlarning joylashtirilishi
T/r Bank nomi Hamkor moliya institutining nomi Mamlakat nomi Valyuta kodi Aktiv turi Hisobot davriga joylashtirilgan aktivlar summasi 1 2 3 4 5 6 7
Jadvalning davomi
T/r Foiz stavkasi (%) Hisoblangan foizlar summasi Aktivlarning joylashtirish sanasi Aktivlarning qaytarish sanasi Izoh joriy yil boshidan shu jumladan, hisobot davrida 8 9 10 11 12 13
”.
