26-modda. Xalqaro hamkorlik
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
yangi texnologiyalarni joriy etish orqali nashriyot-matbaa majmuasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, buning uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish;
mamlakatda ishlab chiqarilgan noshirlik mahsulotini xorijda tarqatish tarmogʻini va tegishincha chet el noshirlik mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasida tarqatish tarmogʻini yaratish;
noshirlik faoliyati sohasida birgalikda kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish hamda oʻzaro tajriba almashish;
noshirlik faoliyati sohasida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, yarmarkalar (koʻrgazmalar) va boshqa tadbirlar oʻtkazish.
