24-modda. Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar nashrni tavsiflovchi va uni rasmiylashtirish, isteʼmolchilarni xabardor qilish, unga bibliografik ishlov berish va uni statistik hisobga olish uchun moʻljallangan maʼlumotlar yigʻindisidir.
Chiqariladigan barcha turdagi noshirlik mahsulotida noshirlik faoliyati sohasidagi xalqaro va milliy standartlarga, texnik reglamentlarga (milliy standartlarga) muvofiq nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Nashrning chiqarilishiga doir maʼlumotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
noshirlik mahsulotining xalqaro standart raqami;
bosh muharrirning va muallifning (hammualliflarning, tuzuvchilarning, tarjimonlarning) familiyasi, ismi, otasining ismi;
nashrning nomi;
tarjima yoki qayta bosish qaysi nashr asosida amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar;
tasniflash indekslari;
mualliflik huquqini himoya qilish belgisi;
nashr chiqarilgan joy;
nashriyotning nomi;
nashr chiqarilgan yil;
adadi;
bosma tabogʻining va hisobga olish-noshirlik tabogʻining hajmi;
nashrni terishga berilgan va bosishga ruxsat etilgan sanalar haqidagi maʼlumotlar;
qogʻoz bichimi, taboq ulushi;
asosiy matnning foydalanilgan shrift garniturasi;
buyurtma raqami;
noshirlik mahsulotini tayyorlovchi haqidagi axborot va uning pochta manzili.
