12-modda. Noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi noshirlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
noshirlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
noshirlik faoliyatini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
noshirlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
noshirlik faoliyati sohasida davlat reyestrini yuritadi;
noshirlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
noshirlik faoliyati subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda uslubiy va maslahat yordamini koʻrsatadi;
noshirlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
noshirlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi, xalqaro tashkilotlarning mazkur yoʻnalishdagi ishlarida ishtirok etadi;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
noshirlik faoliyati sohasidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, noshirlik faoliyatining subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
