Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-24-son)
23.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda daromadlarini koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-noyabr,
PF-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PF-24-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoniga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga 5-ILOVA
2021-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylarni sotib olish
PARAMETRLARI*
T/r Hududlar nomi Sotib olinadigan kvartiralarning umumiy soni Respublika boʻyicha jami 1 000 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 66 2. Andijon viloyati 54 3. Buxoro viloyati 45 4. Jizzax viloyati 83 5. Qashqadaryo viloyati 81 6. Navoiy viloyati 82 7. Namangan viloyati 50 8. Samarqand viloyati 87 9. Surxondaryo viloyati 81 10. Sirdaryo viloyati 57 11. Toshkent viloyati 95 12. Fargʻona viloyati 84 13. Xorazm viloyati 40 14. Toshkent shahri 95
* 2021-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylarni sotib olish parametrlariga, zarur hollarda Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarori 6-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “otasidan ayrilgan, yolgʻiz onasi” soʻzlari “ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
