Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (698-son)
19.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-noyabr,
698-son
