“28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-729-son) · Sana: 18.11.2021 · Amalda
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida boʻladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning oʻzining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sogʻligʻiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yoʻq qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bu qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarni ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bila turib yolgʻon axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-420-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 23-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
