Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-728-son) · Sana: 15.11.2021 · Amalda
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymati oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra belgilanadi.
Elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan yer uchastkasining boshlangʻich narxi uning elektron onlayn-auksionga qoʻyilish paytidagi bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkasining boshlangʻich narxi mazkur koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatini inobatga olgan holda belgilanadi.
Zakalat miqdori va qadam narxi boshlangʻich narxdan foizlarda va pulda ifodalangan tarzda belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5729966
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 28-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymati Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-728-son). neolex.uz/uz/laws/law-5729969/28 (lex.uz/docs/-5729966)