Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori) (682-son)
15.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq:
Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutiga yuridik shaxs maqomi berilganligi, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilanganligi;
ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari tugatilib, ularning shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi Malaka oshirish institutiga oʻtkazilganligi;
Malaka oshirish instituti tugatilayotgan oʻquv markazining Toshkent shahar, Bektemir tumani, H. Boyqaro koʻchasi, 27 A-uy manzilidagi binosiga joylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
