Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-9-son)
12.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga muvofiq, shuningdek, iqtisodiyotning barcha sohalari, shu jumladan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda Germaniya taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — KfW) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik kelishuviga asosan KfW tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun yillik 2 foizli stavkada, 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 30 yil muddatga kredit ajratish boʻyicha qarz va grant bitimlari imzolanganligi;
b) Loyihaning umumiy qiymati 29,8 mln yevro boʻlib, shundan:
26,8 mln yevro KfWning kreditini tashkil etishi;
3,0 mln yevro Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq konsultatsiya xizmatlari uchun KfW grantini tashkil etishi belgilanganligi;
v) Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (2021 — 2026-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga subsidiar qarz mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida va yevroda taqdim etiladi. Chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursi oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʻqotishlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasining asosiy koʻrsatkichlari va mablagʻlardan foydalanish jadvali 1-ilovaga muvofiq;
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida KfW kreditini va uning foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Germaniya taraqqiyot banki ishtirokidagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda KfW bilan kelishgan holda bir oy muddatda Loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarni tanlab olish mezonlarini va beriladigan kreditni moliyalashning muddatlari va shartlari (valyuta xatarini hisobga olgan holda), subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda KfW kreditidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
5. Moliya vazirligi KfW qarz mablagʻlarini Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga:
Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida qayta kreditlashda Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam boʻlmagan stavkada;
yevroda qayta kreditlashda jalb qilinayotgan kredit stavkasining 25 foizidan oshmaydigan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi marjasi bilan taqdim etsin.
6. Qishloq xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek, KfW va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hisobot hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishni oʻz vaqtida tashkillashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligining KfW grant mablagʻlari hisobidan Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari loyihalarining samarali amalga oshirilishini doimiy oʻrganib borish, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar (konsultatsiyalar) berish, ularning muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam berish va boshqa doimiy monitoring olib borish ishlarini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish uchun KfW tartib-taomillariga muvofiq tashkil etiladigan tanlovga koʻra shartnoma asosida yollanadigan konsultantlar tomonidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Moliya vaziriga Qishloq xoʻjaligi vazirligi va loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar oʻrtasidagi qayta kreditlash bitimlarini va qishloq xoʻjaligi vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan KfW bilan qarz va grant bitimlariga asosan Loyihani amalga oshirish yuzasidan alohida bitimni imzolash vakolati berilsin. Bunda, zarur hollarda ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat etiladi.
9. Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va KfW oʻrtasidagi qarz va grant bitimlariga yuridik xulosalar bersin.
10. Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, KfW kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklansin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga hisobot kiritib borsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari S.U. Umurzakov, J.A. Qoʻchqorov va Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-noyabr,
PQ-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-noyabrdagi PQ-9-son qaroriga 1-ILOVA
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasining asosiy koʻrsatkichlari va mablagʻlardan foydalanish jadvali
ming yevro T/r Koʻrsatkich nomi Jami* KfW krediti kreditni qoplash manbalari: KfW granti Davlat budjeti loyiha ishtirokchilari 1. Loyihaning umumiy qiymati * 29 800 26 800 3 000 2. Jami kapital qoʻyilmalar summasi 29 800 26 800 3 000 Shu jumladan: 2.1. Ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar kredit liniyalari 26 700 26 700 26 700 2.2. Xalqaro audit xizmati 100 100 100 2.3. Konsultatsion xizmatlari 3 000 3 000
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi. Zarurat boʻlgan taqdirda qishloq xoʻjaligi vaziriga iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-noyabrdagi PQ-9-son qaroriga 2-ILOVA
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida KfW kreditini va uning foiz toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi, ming yevro — 26 800 Kredit muddati, yil — 30 Imtiyozli muddat, yil — 10 Foiz stavkasi — 2% Majburiyat boʻyicha komissiya — 0,25 foiz oʻzlashtirilmagan qarz qismi boʻyicha yevro Toʻlov sanasi Foiz summasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov Jami toʻlanadigan summa 15.05.2021 — — 15.11.2021 1 000 1 000 15.05.2022 46 500 46 500 15.11.2022 106 500 106 500 15.05.2023 168 000 168 000 15.11.2023 220 000 220 000 15.05.2024 258 000 258 000 15.11.2024 268 000 268 000 15.05.2025 268 000 268 000 15.11.2025 268 000 268 000 15.05.2026 268 000 268 000 15.11.2026 268 000 268 000 15.05.2027 268 000 268 000 15.11.2027 268 000 268 000 15.05.2028 268 000 268 000 15.11.2028 268 000 268 000 15.05.2029 268 000 268 000 15.11.2029 268 000 268 000 15.05.2030 268 000 268 000 15.11.2030 268 000 268 000 15.05.2031 268 000 669 000 937 000 15.11.2031 261 310 669 000 930 310 15.05.2032 254 620 669 000 923 620 15.11.2032 247 930 669 000 916 930 15.05.2033 241 240 669 000 910 240 15.11.2033 234 550 669 000 903 550 15.05.2034 227 860 669 000 896 860 15.11.2034 221 170 669 000 890 170 15.05.2035 214 480 669 000 883 480 15.11.2035 207 790 669 000 876 790 15.05.2036 201 100 669 000 870 100 15.11.2036 194 410 669 000 863 410 15.05.2037 187 720 669 000 856 720 15.11.2037 181 030 669 000 850 030 15.05.2038 174 340 669 000 843 340 15.11.2038 167 650 669 000 836 650 15.05.2039 160 960 669 000 829 960 15.11.2039 154 270 669 000 823 270 15.05.2040 147 580 669 000 816 580 15.11.2040 140 890 669 000 809 890 15.05.2041 134 200 671 000 805 200 15.11.2041 127 490 671 000 798 490 15.05.2042 120 780 671 000 791 780 15.11.2042 114 070 671 000 785 070 15.05.2043 107 360 671 000 778 360 15.11.2043 100 650 671 000 771 650 15.05.2044 93 940 671 000 764 940 15.11.2044 87 230 671 000 758 230 15.05.2045 80 520 671 000 751 520 15.11.2045 73 810 671 000 744 810 15.05.2046 67 100 671 000 738 100 15.11.2046 60 390 671 000 731 390 15.05.2047 53 680 671 000 724 680 15.11.2047 46 970 671 000 717 970 15.05.2048 40 260 671 000 711 260 15.11.2048 33 550 671 000 704 550 15.05.2049 26 840 671 000 697 840 15.11.2049 20 130 671 000 691 130 15.05.2050 13 420 671 000 684 420 15.11.2050 6 710 671 000 677 710 Jami 9 782 000 26 800 000 36 582 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-noyabrdagi PQ-9-son qaroriga 3-ILOVA
Germaniya taraqqiyot banki ishtirokidagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish yuzasidan
YOʻL XARITASI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddat Masʼul ijrochilar 1. “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarni tanlab olish mezonlarini va beriladigan kredit muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda KfW kreditidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. KfW kreditidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqishda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish: moliyaviy tashkilotning moliyaviy faoliyati natijalariga; moliyaviy tashkilotning umumiy portfelining sifatiga; ijtimoiy va ekologik boshqaruv tizimining mavjudligiga. 2021-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank 2. Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan Loyiha doirasidagi qarz va grant bitimlarini, qayta kreditlash bitimlarini va Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan qarz va grant bitimlariga asosan Loyihani amalga oshirish yuzasidan alohida bitimni imzolash. Loyiha doirasidagi qarz va grant bitimlarini imzolash. Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar oʻrtasida qayta kreditlash bitimlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Qarz va grant bitimlariga asosan loyihani amalga oshirish yuzasidan alohida bitimni imzolash. 2021-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar 3. Oʻzbekiston Respublikasi va KfW oʻrtasidagi qarz va grant bitimlariga yuridik xulosalar berish. Belgilangan tartibda yuridik xulosalar berish. 2021-yil noyabr Adliya vazirligi 4. Kredit liniyasini boshqarish, KfW kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring yuritish hisobot berib borish. Kredit liniyasini boshqarish, KfW kreditini oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring yuritish hisobot berib borish. Doimiy ravishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga hisobot kiritib borish hamda rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borish. Subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga hisobot kiritib borish hamda rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borish. Har chorakda 5. Iqtisodiyotning barcha sohalariga, shu jumladan meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa yoʻnalishlardagi barcha tadbirkorlar uchun kreditlar taqdim etish. Hududlarda subloyihalarni shakllantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tumanlar ixtisoslashuvi va loyihalarga boʻlgan mavjud ehtiyojni inobatga olish, loyihalarni “mahallabay” ishlash tizimi doirasida qoloq mahallalarda amalga oshirishga ustuvorlik qaratish hamda loyihalar amalga oshiriladigan yoʻnalishlarda namunaviy boʻlishini taʼminlash. Loyihani amalga oshirish davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar KfW talablariga javob beradigan hamda iqtisodiy samaradorlikka asoslangan maqbul loyihalarni tanlab olish. Loyihani amalga oshirish davomida KfW talablariga asosan tashabbuskorlarning subloyiha hujjatlarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish davomida Moliyaviy tashkilotlar tomonidan maʼqullangan subloyihalar hujjatlarini KfW va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etish. Loyihani amalga oshirish davomida KfW talablariga asosan subloyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. Loyihani amalga oshirish davomida Loyihalar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. Loyihani amalga oshirish davomida 6. KfW grant mablagʻlari hisobidan Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari loyihalarining samarali amalga oshirilishini doimiy oʻrganib borish, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar (konsultatsiyalar) berish, ularning muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam berish va boshqa doimiy monitoring olib borish ishlarini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish uchun KfW tartib-taomillariga muvofiq tashkil etiladigan tanlovga koʻra shartnoma asosida yollanadigan konsultantlar tomonidan amalga oshirish. Subloyihalar biznes-rejalarini ishlab chiqish. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari loyihalarining samarali amalga oshirilishini doimiy oʻrganib borish. Subloyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar (marketing ishlarini amalga oshirish va konsultatsiyalar) berish va ularning muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam berish. Subloyihalarning doimiy monitoringini olib borish. Moliyaviy tashkilotlar xodimlarini oʻzlarining talabidan kelib chiqqan holda oʻqitish orqali malakasini oshirish. Loyiha amalga oshirilishida masʼul boʻlgan vazirlik va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish. Moliyaviy tashkilotlarni ishlab chiqilgan mezonlar asosida tanlab olish. Moliyaviy tashkilotlarning faoliyatini doimiy tahlil qilib borish va moliyaviy tashkilotlar tomonidan pullarning qaytarilishi hisobotini yuritish. Subloyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini doimiy oʻrganib borish va ushbu oʻrganishlar natijasidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik subyektlarining malakasini oshirish. Loyiha doirasida tadbirkor ayollar va yoshlarni faollashtirish yuzasidan ishlarni amalga oshirish. Loyihaning boshqaruvini amalga oshirish. Loyihaning umumiy monitoringini va hisobotlarini yuritish. Doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tender asosida tanlab olinadigan konsalting kompaniyalar
